Dissimilyatsiya. Og`zaki nutqda tovushlar doimo bir-biriga o`xshay bermasdan, ba`zan uning aksi bo`ladi. Ayrim paytda talaffuzda ikki o`xshash tovush bir joyda yoki bir so`zda kelgan vaqtda ulardan biri noo`xshash tovushga aylanib ham qoladi. Bunday hodisa dissimilyatsiya kabi progressiv va regressiv bo`ladi.
Keyingi tovush noo`xshash tovushga aylansa, progressiv dissimilyatsiya yuz beradi: zarar-zaral, zarur-zaril, birorta-bironta, muyassar-muyastar, kissa-kista kabi.
Oldingi tovush o`zgarsa, regressiv dissimilyatsiya yuz beradi: malol-maral, koridor-kalidor, ittifoq-intifoq kabi.
Dissimilyatsiya hodisasi odatda juda kam uchraydi. Hatto assimilyatsiyaning regressiv turiga nisbatan ham ancha kam qo`llanadi.
Metateza. Og`zaki nutqda ba`zan yonma-yon kelgan undosh tovushlarning o`rni almashishi mumkin. Nutqdagi bunday jarayon metateza deyiladi: r-y:daryo-dayro:m-g`:yomg`ir-yogmir, b-r:tebratmoq-tarbatmoq:m-l:yamlamoq-yalmamoq: h-v:ahvol-avhol:p-r:tuproq-turpoq,r-g:o`rganmoq-o`granmoq: g`-r:to`g`ramoq-to`rg`amoq,n-m: aylanmoq-aynalmoq va boshqalar.
Proteza. So`z boshida bitta unlining orttirilishi proteza hodisasi sanaladi. Odatda, aksariyat sonor r tovushidan oldin o` va unlilari orttiriladi: ro`mol-o`ramol, ro`za-o`raza, rayhon-rahon, rozi-rozi, rais-rais, rang-rang, ro`zg`or-o`razg`or kabi.
Ayrim holatda so`z boshida sirg`aluvchi va portlovchi ikki undosh qator kelganda i unlisi orttirilishi mumkin: shkaf-ishkaf, spravka-ispravka, stol-istol, stul-istul, shtraf-ishtaraf, stantsiya-istansa. Epenteza. So`z boshida, o`rtasida va oxirida ikki undosh qator kelganda, ular orasida i, ba`zan u va a unlisi orttiriladi: fikr-fikir, hukm-hukum, doklad-dakalad, klass-kilass. Epeteza so`z oxirida bir o`rinda kelgan ikki undoshdan so`ng a tovushining qo`shilish hodisasidir: disk-diska, bank-banka, tank-tanka, kios-kioska, otpusk-otpuska kabi.