Hozirgi o‘zbek qissalari tahlili Qissa



Yüklə 33,73 Kb.
səhifə4/6
tarix27.12.2023
ölçüsü33,73 Kb.
#200629
1   2   3   4   5   6
Hozirgi o‘zbek qissalari tahlili Qissa-fayllar.org

Musavvir” qissasida ham qalamga olinadi. Ifoda ravonligiga intilish kuchli. Qissadagi musavvir siri masalasi kuchli psixologik roman kengligini ham beraoladi. Tabiiyki, bunday asar yengil ifodaga sig‘maydi. Bu yo‘l jahon tajribasida sinalgan. Bunga misol, S.Moemning “Oy va sariq chaqa” romani.
Istam Hamroevning “Tazarru” qissasi chavandoz hayotiga bag‘ishlangan. Qissada jumlalarning aynan takrori (“...bir necha yil huzur-halovatda, g‘am-tashvish nimaligini bilmay yashadi”, “...bir necha yil qanday o‘tganini ham bilmadi”), tasvir va bayondagi uzilishlar, sheva so‘zlar chigalligi, nutqning soxtaligi, tuban so‘zlarni osongina qo‘llash, intim munosabatlarning g‘ashlik beruvchi ochiq sahnalari, grammatik nuqsonlar mavjud.
Nabi Jaloliddinning “Majnun” qissasi qiziqish bilan o‘qiladi. Ammo bu qiziqish ikkinchi bor o‘qishda o‘z kuchini yo‘qotadi. Majnun holatining davomli bayonini birgina harakat, birgina so‘z bilan ifodalash imkoni matnda yaratilgan, ammo foydalanilmagan. O‘quvchi chiqarishi kerak bo‘lgan xulosani muallif aytib qo‘yadi: “Kallasi bo‘m-bo‘sh edi, biron jo‘yali o‘y kelmasdi – bu o‘ziga xush yoqardi. Albatta, u xush yoqish yoki yoqmaslik ma’nosini to‘laligicha tushunmasdi”. Ikkinchi jumlaga, bizningcha, hojat yo‘q edi.
Ijtimoiy-maishiy qissalar safida “Qishloqdagi buvijonim” (Dinora Rahmonova), “Oqtepalik o‘g‘ri” (Akbar Mirzo), “So‘nggi chora” (Akbar Mirzo) asarlarini keltirish mumkin. “Oqtepalik o‘g‘ri” qissasida qahramonlar nutqi shakllanmagan o‘rinlar ko‘p. Sakkiz yilini qamoqda o‘tkazgan qahramon havoyi adabiyot muallimidek so‘zlaydi: “Chunki xat sal bo‘lsa-da, umid baxsh etardi. Shu ruhda yozilgan edi”. Siyqa syujet qoldiqlaridan foydalaniladi: so‘nggi vaziyatlarda Yo‘ldosh merganning Esongulga qachonlardir oshiq bo‘lgani ma’lum bo‘ladi. Natijada, bu muhabbat bo‘lsa ham erish tuyuladi. “So‘nggi chora” asarida qahramonlar mantiqsiz gapiradi, xayolni loyqalatadigan ochiq sahnalar bor. Qissa yakunidagi “Biroq... Qiyomat haq gap” jumlasi nima maqsadda keltirilgani anglanmaydi.
Yumoristik yo‘nalishdagi “
Yüklə 33,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin