Hozirgi o‘zbek qissalari tahlili Qissa



Yüklə 33,73 Kb.
səhifə6/6
tarix27.12.2023
ölçüsü33,73 Kb.
#200629
1   2   3   4   5   6
Hozirgi o‘zbek qissalari tahlili Qissa-fayllar.org

Unutilgan odam” tugallanmagan qissasi, Oydin Nisoning “Hayot daraxti” qissalari chop etilgan. “Hayot daraxti” qissasi hislarni erkinlashtirish, tuyg‘ularni tarbiyalash yo‘lidan boradi. Ulg‘ayish yo‘qotishlar ekanligi bola sezgilarida aks etadi. O‘smirning ko‘z yoshi bilan boyimoqchi bo‘lgan sharpa, to‘pori o‘tkinchi, birinchi bo‘lib gapirishni istaydigan odam, sahrodagi odam bilan uchrashuvlari Kichkina shahzodaning (Antuan de Sent-Ekzyuperi) uchrashuvlarini yodga soladi.
Zulfira Misbaxning “So‘fito‘rg‘ay” hujjatli qissasini yilning eng yaxshi qissalaridan biri deyish mumkin. Milliy adabiyot har qachon o‘zini yangilashga ehtiyoj sezadi. Qissa sof milliy ruhda yozilmagan bo‘lsa ham, inson irodasi va hayo, odobga bo‘lgan ixlosini kamsitmaydi. Milliy qahramonlar masalasiga biroz boshqacharoq yondashishni talab qiladi. Qissa qahramonlari o‘ta erkin yashovchanlikka ega. Asardagi onaning “Telba”ni o‘qib, o‘zing ham telba bo‘lib qolma tag‘in! Dyuma, Balzak, Mopassanlar bor-ku! Yoshligimda faqat frantsuz romanlarini o‘qiganman”, deya bolalari bilan kitoblar haqida shunday gaplashaoladigan o‘zbek ayollarini orzu qilaman. “Yo‘g‘-e, o‘sha chuchmal asarlarga vaqt sarflash zarilmi? Hiyla, xiyonat, alg‘ov-dalg‘ovdan boshqa hech nima yo‘q ularda. Axir, men ruhi baland rus adabiyoti bilan ulg‘aydim-ku”. Mana shunday javob beradigan maktab bolalarini ham orzu qilishim rost.
Nosir Zohidning “Qasos”, Nargiza Anorboevaning “Gohi shodlik, gohi g‘am” qissalari ham o‘tgan yilda e’lon qilingan.
2012 yil qissachiligining umumiy manzarasini qissalarning mavzu va yo‘nalishlari ham belgilaydi. Yil davomida maishiy, detektiv, sarguzasht, ilmiy-fantastik, yumoristik, tarixiy-biografik, ijtimoiy-psixologik, hujjatli, sentimental qissalar nashr etildi.
Xullas, o‘tgan yilgi o‘zbek qissalari, o‘z mavzular ko‘lami, uslubi, obrazlar nuqtai nazaridan zamonaviy nasrimizning ajralmas bir qismi va qissachiligimiz tadrijida muayyan bir bosqich bo‘lib qoladi.
Sharq yulduzi” jurnali, 2013 yil, 3-son.
http://fayllar.org
Yüklə 33,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin