Hozirgi zamon o‘qituvchisining darsga tayyorgarligi


Dars ishlanmasini tayyorlash



Yüklə 63 Kb.
səhifə2/2
tarix18.09.2022
ölçüsü63 Kb.
#63765
1   2
Kurs ishi xasan

Dars ishlanmasini tayyorlash.
Har bir dars:
ma’lum bir maqsadni amalga oshirilishiga qaratilishi va puxta
rejalashtirilgan bo’lishi;
mustahkam ma’naviy-ma’rifiy jihatdan tarbiyaviy yo’nalishga ega
bo’lishi;
amaliyot bilan bog’langan bo’lishi;
xilma-xil metod va usullardan, vositalardan keng va unumli hamda o’rinli
foydalangan holda olib borilishi;
o’quvchilarni qunt bilan ishlashlarini ta’minlaydigan bo’lishi;
mashg’ulotlar butun sinf bilan yoppasiga olib borish va o’quvchilar bilan
yakka tartibda ishlashni hisobga olgan holda amalga oshirish rejalashtirilgan
bo’lishi lozim.
Mashg’ulotlarning muvaffaqiyatli o’tishi ta’lim jarayonining to’g’ri
rejalashtirishni tashkil etish va uni amalga oshirishga bog’liqdir.
O’quv jarayonini rejalashtirishda:
dars mavzusini, maqsad va vazifalarni, turini, tarbiyaviy imkoniyatlarni
aniqlashi;
dars uchun kerakli ko’rgazmali qurollar, didaktik materiallar va zarur
jihozlarni tayyorlashi;
darsning vazifasi asosida uning har bir qismi uchun zarur bo’lgan
materiallar, faktlar, misollar, mashqlar kabilarni tanlashi;
ta’limning metod va usullarini tanlash;
o’quvchilar uchun mustaqil va uyda bajaradigan vazifalarini belgilashi;
ko’nikma va malakalarini baholashning aniq mezonlarini oldindan ishlab
chiqish, mashg’ulotga ajratilgai vaqt ichida ularni to’g’ri amalga oshirish va birbiri bilan uyg’unlashuviga e’tiborni qaratishi lozim.
Bularning barchasi dars ishlanmasida yoki darsning texnologik xaritasida
o’z ifodasini topadi. Dars ishlanmasi (darsning texnologik xaritasi) o’qituvchi
uchun tuzilish majburiy bo’lgan hujjatdir. Uni tuzishdan ko’zlangai asosiy
maqsad - o’qituvchining va o’quvchining dars jarayonidagi faoliyatini
rejalashtirish, dars mazmunini yoritib borish, ta’lim samaradorligini oshirishdan
iborat.
Xulosa shuki, dars ma’lum bir maqsadga qaratilgan, DTS talablari asosida
o’quvchilarga bilim, ko’nikma va malaka berish natijasini aniq belgilab olgan
holda o’qituvchining mahorati, o’quvchilarning tayyorgarligi darajasi asosida
rejalashtiriladi.

Yüklə 63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin