Mavzu:Darsni rejalashtirish va o’quvchining unga tayorgarligi.O’qitish materiallarini bayon qilish shakllari.Suxbat so’zlab berish o’rta umumta’lim o’quv yurtlarida maru’za xususiyatlari.
Reja:
1.Darsni rejalashtirish va o’qituvchining unga tayyorarligi.
2.O’qish materiallarini bayon qilish shakllari.
3.Suxbat so’zlab berish,o’rta umumta’lim va o’rtamaxsus ta’lim o’quv yurtlarida ma’ruza xususiyatlari.
4.Xulosa.
Hozirgi zamon o‘qituvchisining darsga tayyorgarligi
O’quvchilarning muhim tarkibga ega bo’lgan va sinf deb atalgan guruhi
aniq maqsadni ko’zlab belgilangan vaqtda o’qituvchi rahbarligida o’quv
jarayonining tashkil etilishi dars deb ataladi.
Dars jarayoni samaradorligi o’qituvchining darsga puxta tayyorlanishi
bilan belgilanadi. E’tiborsizlik bilan rejalashtirilgan va puxta tayyorlanmagan,
o’quvchilar imkoniyatlari bilan uyg’unlashmagan dars samarasiz bo’lishi
mumkin. Shuning uchun birinchi navbatda har qanday o’qituvchi darsga puxta
tayyorgarlik ko’rishi lozim.
Darsga tayyorlanish bu - bir butun dars loyihasini tizimli ketma-ketligini
ishlab chiqish bo’lib, ayni paytda pirovard natijasini ta’minlaydigan o’quvtarbiya jarayonidir.
O’qituvchining darsga tayyorgarligi quyidagicha olib boriladi:
1. O’qituvchining o’z fani yuzasidan umumiy tayyorgarligi.
2. O’qituvchining har bir darsga kundalik tayyorgarligi.
O’qituvchining umumiy tayyorgarligi o’quv yili boshlanishi oldidan va
yillar davomida amalga oshiriladi. Tayyorgarlik ko’rishda quyidagilarga e’tibor
qaratiladi:
o’quv yili boshlanishiga qadar o’quv dasturini o’rganish, mavzu bo’yicha
qo’yilgai Davlat ta’lim standart talablarini o’rganib chiqish, o’quvchilar
o’zlashtirishi lozim bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalarni aniqlash kabi
vazifalarini belgilab olish;
fanga oid ilmiy, metodik va ilmiy-ommabop adabiyotlarning mazmuni
bilan tanishish;
fanga oid yangi nashr qilingan ko’rgazma materiallarni, o’quv tajriba
jihozlarni o’rganish;
ilg’or o’qituvchilarning ish tajribalarini o’rganish, tahlil qilish va o’z
ustida ishlash orqali bilimini kengaytirish;
o’z fani sohasida ma’lumotlarni to’plash, muammoli masala va
topshiriqlarni, test materiallarini jamlashdan iboratdir.
O’qituvchining umumiy tayyorgarligi uning fan bo’yicha tuzgan taqvimmavzu rejasida aks etadi. Taqvim-mavzu reja fan o’qituvchisi tomonidan
tuzilib, metod birlashma yig’ilishida muhokama qilinadi, ma’qullangandan
so’ng ma’muriyat tomonidan tasdiqlanadi.
O’qituvchiiing har bir darsga kundalik tayyorgarligi. O’qituvchining har
bir darsga sifatli tayyorlanishi darsni tashkil etish, o’quvchilarga beriladigan
bilim, ko’nikma va malakalarni qay darajada o’zlashtirilishini ta’minlaydi.
Darsga tayyorlanish algoritmi, barcha omillar, holatlarni hisobga olish va
kafolatlaydigan izchil tadbir bo’lishi zarur. Shuning uchun har bir darsga
tayyorlanishda quyidagi tavsiyalarga rioya qilishi lozim:
Darsda o’quvchi shaxsini rivojlantirish uchun avvalo, uning idrokini,
xotirasini kuchaytirish asosida o’quv materialining xotirada saqlanishini
taьminlash zarur. Darsning maqsadiga erishish uchun o’quv materiallarini
to’g’ri tanlash, bunda - o’quvchilarning bilim saviyasini hisobga olish va darsni
jihozlashga jiddiy e’tibor berish, o’quv materiallar o’quvchilarga tushunarli
bo’lishi uchun ta’limning metod va usullarini o’rinli qo’llash ham muhimdir.
Dars o’qituvchiga juda katta mas’uliyat yuklaydi. Shunga ko’ra, atroflicha
tayyorlanish tajribali o’qituvchi uchun ham yosh o’qituvchi uchun ham zarur.
O’qituvchi o’z vazifasini sifatli bajara olishi uchun o’quvchilar shaxsini har
tomonlama o’rganishi shart. O’quvchi shaxsini o’rganish oddiygiia tadbir emas,
balki ta’lim-tarbiyadan ko’zlangan maqsadga erishishning eng muhim yo’lidir.
Shuning uchun birinchi navbatda sinf jamoasining o’ziga xos
xususiyatlarini e’tiborga olish lozim:
o’quvchilarning bilimi va o’zlashtirish saviyasi;
o’quvchilarning fanga bo’lgan munosabati;
sinfning ishlash tezligi;
bilim, ko’nikma va malakalarning shakllanganligi;
har xil turdagi o’quv jarayoniga munosabati;
o’quvchilarning intizomi.
Ikkinchi navbatda esa har bir o’quvchining individual xususiyatlarini
e’tiborga olish zarur:
nerv tizimi turlarining shakllanganlik darajasi;
o’zaro fikr almashuvi;
hissiyotga beriluvchanlik;
materialni o’quvchilar tomonidan qabul qilishini boshqarish;
yomon kayfiyatni tarqatish yo’llarini bilish;
o’zining bilim va qobiliyatiga ishonish;
xar xil ta’lim vositalaridan foydalanishni bilish.
O’qituvchi oldida turgan vazifalardan biri o’quvchilarga beriladigan ta’lim
va tarbiya sifatini oshirish, uni yanada rivojlantirish va yuqori bosqichga
ko’tarish talab qilinadi. Demak, o’qituvchi har bir darsni rejalashtirganda darsni
puxta o’tkazilishini ta’minlash uchun talab darajasida dars ishlanmasini
batafsil tuzishi, aniq vaziyatni e’tiborga olib darslarni turli xil shaklda o’tkazishi
lozim.
O’qituvchi tomonidan kundalik darsga tayyorgarlik quyidagi bosqichlarda
amalga oshirilishi zarur:
taqvim-mavzu reja asosida dars mavzusini, maqsad va vazifalarni, dars
shakli va turlarini tarbiyaviy imkoniyatlarini aniqlash;
o’quvchi darsda bilib olishi va eslab qolishi zarur bo’lgan asosiy
mazmunni ajratib olish;
darsning strukturasi, turi, metodlari va o’qitish usullarini belgilab olish;
fanlararo bog’lanishni
yo’llarini belgilab olish;
aniqlash
va
undan
darsda
foydalanish
o’qituvchi va o’quvchilarning darsdagi faoliyatlarini rejalashtirish;
darsning didaktik vositalarini tanlash (rasmlar, tarqatma materiallar,
jadvallar, chizmalar va boshqalar);
o’quvchilarning darsdagi mustaqil faoliyatlari hajmini belgilab olish;
darsda olingan bilim, ko’nikma va malakalarni mustahkamlash usul va
shakllarini belgilab olish;
uy vazifasining hajmini belgilab olish;
darsni yakunlash shakllarini belgilab olish;
belgilangan talablar asosida darsning ishlanmasini yozish.