Hududgazta’minot” aj boshqaruv raisi o‘rinbosari T. Turdiyevga



Yüklə 16,35 Kb.
tarix13.09.2023
ölçüsü16,35 Kb.
#143179

Hududgazta’minot” AJ Boshqaruv raisi o‘rinbosari T.Turdiyevga


“Hududgazta’minot” AJ tomonidan 2023-yil 10-may kungi 03-10-14-sonli tezkor topshirig‘i ijrosi yuzasidan quyidagi ishlar amalga oshirilganligini ma’lum qilamiz:


- “Hududgaz Farg‘ona” GTF tasarrufidagi 8 ta Gaz to‘ldirish shahobchalarining barcha ishchi-xodimlari ishtirokida “Hududgaz Samarqand” GTFga qarashli Paxtachi gaz to‘ldirish shahobchasida 2023-yil 9-may kuni sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa tanqidiy muhokama etildi;
- Jamiyatning 02.11.2021-yildagi 315-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan HGTH 28897598 - 08:2021 “Hududgazta’minot” AJ gaz to‘ldirish stansiyalari va gaz to‘ldirish punktlari uchun sanoat xavfsizligi qoidalari” hamda gaz to‘ldirish inshootlarini ishlatish bo‘yicha doimiy texnologik reglament talablariga qat’iy rioya etgan holda ishlar tashkil etildi va ijrosi qat’iy nazoratga olindi;
- Suyultirilgan gazni qabul qilish, saqlash va maishiy gaz ballonlarini to‘ldirish jarayonlarida gaz uskunalaridan xavfsiz foydalanish qoidalari talablariga rioya etilishini tashkillashtirildi va sharoit yaratish ta’minlandi;
- Sisternadagi qulfli armaturaning sozligi tashqi ko‘rik bilan tekshirildi;
- SUGni sisternadan rezervuarlarga to‘kishga, SUGni quyish texnologik operatsiyalari bilan bog‘liq bo‘lgan zulfinlarni to‘g‘ri ochilishi va yopilishi tekshirilganidan so‘ng ruxsat berilishi nazoratga olindi;
- SUGni sisternadan to‘kish jarayonida ishchi-xodimlarni maxsus bosh-kiyim, va himoya ko‘zoynagida bajarilishi yuzasidan nazorat kuchaytirildi;
- SUGni to‘kish ishlari tugaganidan so‘ng, sisternadagi va nazorat jo‘mraklari tiqinlar bilan berkitilishi va sovunli emulsiya bilan germetikligi tekshirildi;
- SUGni to‘kib olishga tayyorlash va to‘kib olish, to‘kish-quyish ishlari inshoot boshlig‘i rahbarligida, sanoat xavfsizligi muhandisi ishtirokida to‘kish-quyish, rezervuar parki operatorlari, nasos-kompressor bo‘linmasi xodimi va operatorlar tomonidan bajarilishi uchun, inshoot boshlig‘i mas’ulligi yana bir bor eslatib o‘tildi;
- SUGni to‘kish-quyishni olib borishdan oldin barcha zulfin, jo‘mraklarni to‘g‘ri ochilganligi, to‘kish-quyish qurilmalari sozligi, shlanglarning mahkam va zich qilib ulanganligini tekshirilmoqda;
- SUGni temir yo‘l va avtomobil sisternalaridan to‘kish, avtomobil sisternalariga quyish ishlarini bajaruvchi xodimlar soni kamida 3 (uch) nafar bo‘lishi, ular ishlarini inshoot boshlig‘i rahbarligida bajarish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi;
- Sisternadan rezervuarga (yoki rezervuardan sisternaga) SUGni to‘kish (yoki quyish)ga xizmat ko‘rsatuvchi xodim mazkur jarayon bilan bog‘liq zulfinlarni to‘g‘ri ochilgani va yopilganini, ikkinchi marotaba tekshirib ishonch hosil qilganidan so‘ng inshoot boshlig‘i tomonidan ruxsat etilshi bo‘yicha tushuntirildi;
- SUGni to‘kib olish paytida sisterna yaqinida ishga taalluqli bo‘lmagan kishilarning bo‘lishi qat’iy taqiqlandi;
- Xavfli ishlab chiqarish obyektlari (haydovchilar, inshootning barcha xodimlari, chilangar-ta’minotchilar)da faoliyat olib borayotgan barcha xodimlarni mansab yo‘riqnomasi, xizmat vazifalari, mehnat muhofazasi, sanoat, texnika va yong‘in xavfsizligi bo‘yicha navbatdan tashqari yo‘riqnomadan o‘tkazildi hamda hodimlarni Mehnat muhofazasi bo‘yicha shaxsiy varaqalariga qayd etildi;
- Inshootlardagi barcha qurilmalarning sinovdan o‘tkazilgani qayta ko‘rib chiqildi va sinov muddati o‘tgan qurilmalardan bo‘yicha Jamiyatga xat yuborildi;
- Inshootlarda ish vaqtidan tashqari, soat 18-00 dan keyin vagon-sisterna va avtotranport vositlarida zavodlardan kelgan suyultirilgan gazni sig‘imlarga bo‘shatish qat’iyan taqiqlandi.
Filial direktorining birinchi o‘rinbosari –
Bosh muhandis Z.Pozilov

Ijrochi: MM, SX, FHOO va IChN bo‘limi


Tel: 73-229-04-21
Yüklə 16,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin