Hududlarni rivojlantirish nazariyalari


Mirzacho`l iqtisodiy rayonining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi



Yüklə 332,53 Kb.
səhifə29/38
tarix19.12.2023
ölçüsü332,53 Kb.
#185561
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   38
МАъруза матн (4) (3)

2. Mirzacho`l iqtisodiy rayonining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi. Sanoati turli tarmoqlarga ixtisoslashganligi bilan respublikada ko‘zga tashlanadi. Ayniqsa, iqtisodiy rayonda akkumulyatorlar, mebel, plastmassa buyumlar, ipak gazlama, trikotaj kiyimkechaklar, temirbeton buyumlar, turli xil qurilish materiallari, paxta moyi, un, kiyimkechak, oziqovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan qator korxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda.
YOqilg‘i-energetika majmuida yoqilg‘i resurslari boshqa iqtisodiy rayonlardan, aniqrog‘i SHo‘rtan gaz konidan keltiriladi. Respublikamizdagi eng yirik Sirdaryo IESining qurilishi munosabati bilan bu erda SHirin shahri barpo bo‘ldi. IESning qurilishi qishloq xo‘jaligi bilan bir vaqtda sanoatning rivojlanishiga ham ijobiy ta’sir etdi. Asosiy sanoat mahsulot hajmida elektr energetika tarmog‘ining ulushi 66,6 foizga tengdir. Sanoatning bu tarmog‘i Jizzax viloyatida Sirdaryo viloyatidan farq qilgan holda, umuman rivojlanmagan, kerakli mahsulot va xom ashyo asosan boshqa mintaqalardan keltiriladi.
Tog‘kon sanoatida rangli metallar, shu jumladan qo‘ytoshdan 1937 yildan beri volfram–molibden rudalarni, Marjonbuloq konlaridan oltin (1980 yil) va qo‘ytoshda volostanit, marmar, granit, ohak, Forish rayonidagi qo‘rg‘oshin, rux qazib olinadigan Uchquloch, Banoz konlari mavjud. Kimyo va mashinasozlik sohasida irrigatsiya va melioratsiya maqsadlarida ishlatiladigan (Jizzax plastmassa quvurlar zavodi) polietilen plyonkalar, quvur va termoplastdan ishlangan quvur qismlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. "Jizzax akkumulyator zavodi" ochiq turdagi aksionerlik jamiyati akkumulyator ishkori chiqaradi.
Sirdaryo viloyatida asosiy sanoat ishlab chiqarish so‘nggi 4050 yil davomida shakllangan. 50yillarda Mirzacho‘lni majmuali o‘zlashtirish maqsadida uning qurilish bazasi yaratildi va paxta tozalash sanoati, oziqovqat hamda elektr energetika rivojlanib bordi. Viloyat sanoatining hozirgi kundagi ahvoli birmuncha past bo‘lib, u bu jihatdan faqatgina Jizzax viloyatidan oldinda turadi, xolos. Engil sanoat asosan viloyat paxta xom ashyosiga tayangan holda rivojlanib kelmoqda. Dehqonobod, Boyovut, Dashtobod, Uchtepa, Do‘stlik, Zarbdor, Zafarobod, Mirzaobod, Farg‘ona va Guliston paxta tozalash zavodlari shular jumlasiga kiradi. Mazkur zavodlar iqtisodiy rayondagi etishtirilgan paxtani to‘la qayta ishlash quvvatiga egadir. Oziqovqat sanoatining korxonalari deyarli barcha shahar va tumanlarda mavjud bo‘lib, bunga Sirdaryo, Guliston sut zavodlari, "Jizzaxdonmaxsulotlari" un, omuxta em, non va non mahsulotlari, qandolat, makaron mahsulotlari ishlab chiqaradigan va qator yog‘pishloq zavodi, yog‘ekstraksiya, qandolat fabrikasi va boshqalarni kiritish mumkin.
YUqoridagi tarmoqlardan tashqari mashinasozlik va metalni qayta ishlash tarmog‘i ham shakllanmoqda. Asosan Toshkent qishloq xo‘jaligi mashinasozligi zavodining Sirdaryo filiali, Guliston ta’mirlashtexnika zavodlari, refrijeratorvagonlarni ta’mirlash zavodlari shular jumlasidandir. YAngier qurilish materiallari va konstruksiyalari kombinati tarkibida temirbeton mahsulotlari, temirbeton quvurlari zavodlari va sexlari mavjud. Sirdaryoda ham temirbeton mahsulotlari ishlab chiqariladi, bu erda uysozlik kombinati barpo etilgan.
Sirdaryo viloyatida qazilma boyliklar, etarlicha ishchi kuchi bo‘lmaganligi bois og‘ir sanoat tarmoqlari sust rivojlangan, ammo kelajakda to‘qimachilik, mashinasozlik, farmatsevtika va qurilish sanoatini rivojlantirish uchun qulay imkoniyatlar bor.
Qishloq xo‘jaligida tog‘, tog‘ oldi va adir zonalarida lalmikor dehqonchilik (bug‘doy, no‘xat, poliz ekinlari, bog‘dorchilik) va obikor dehqonchilik qilinadi. Qishloq xo‘jaligi tarmoqlaridan chorvachilik, ya’ni qo‘ychilik va parrandachilik yo‘lga qo‘yilgan. Iqtisodiy rayonning Baxmal, Zomin, Forish va G‘allaorol tumanlaridagi chorvachilik tarmog‘i sutgo‘sht va go‘sht etishtirishga ixtisoslashgan bo‘lsa, Jizzax, G‘allaorol hamda Zafarobod tumanlari sanoatlashgan parrandachilikka, parranda go‘shti va tuxum etishtirishga mo‘ljallangan.
Hozirgi vaqtda viloyatda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, bozor infrastrukturasini barpo etish, aholining ishsiz qolgan qatlamini ish bilan ta’minlash, oziqovqat, qurilish, engil sanoat tarmoqlarida kichik va o‘rta tadbirkorlikni rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Dehqonchilikning etakchi tarmog‘i–paxtachilik bo‘lsada, keyingi yillarda uning ekin maydonlari anchaga qisqardi. Hozirgi vaqtda Sirdaryo viloyati barcha ekin maydonlarining 53,1 foiziga paxta ekilmoqda.
Poliz va sabzavot mahsulotlarini etishtirish ham muhim qishloq xo‘jaligi tarmoqlari bo‘lib, viloyat bu jihatdan mintaqalar ichida etakchilardan hisoblanadi. Iqtisodiy rayonda transportning ba’zi turlari, ya’ni temir yo‘l, avtomobil, havo transporti mavjud. Ammo asosiy transport turi avtomobil bo‘lib, u barcha rayonlarni birbiri bilan bog‘laydi. Respublikaning boshqa viloyatlari bilan aloqa qilishda ushbu rayon hududini kesib o‘tgan Katta O‘zbek traktining ahamiyati katta. Mintaqa hududidan Toshkent-Samarqand shaharlarini bog‘laydigan temir yo‘llar (217 km) o‘tgan. Ushbu transport turi mazkur rayon ijtimoiyiqtisodiy rivojlanishida muhim o‘rin tutadi. Bundan tashqari, mamlakat ahamiyatiga ega bo‘lgan gaz quvurlari, elektr uzatish shaxobchalari (Sirdaryo IESdan) ning o‘tganligi hudud iqtisodiyotini rivojlantirishda alohida ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiy rayonning ijtimoiyiqtisodiy rivojlanishida, infrastruktura aloqalarini yaxshilashda transportning barcha turlarini imkoniyat darajasida yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiqdir.
Mintaqadan Toshkentni, mamlakatimiz janubiy va markaziy rayonlarini Farg‘ona vodiysi bilan bog‘laydigan Toshkent-Sirdaryo-Guliston-Xovos-Farg‘ona vodiysi, Toshkent-Sirdaryo-Jizzax-Samarqand-Qarshi-Termiz temir yo‘llari o‘tadi. Bundan tashqari, mintaqada ichki aloqalarini ta’minlashga xizmat qiluvchi transport tizimi ham rivojlanmoqda. Bu o‘rinda Sirdaryo-Gagarin-Do‘stlik-Paxtakor-Jizzax temir yo‘li hamda viloyatlarni Toshkent bilan bog‘lovchi temir yo‘lning elektrlashtirilganligi katta ahamiyatga ega.

Yüklə 332,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin