Hududlarni rivojlantirish nazariyalari


Mavzu bo‘yicha savollar va topshiriqlar



Yüklə 332,53 Kb.
səhifə30/38
tarix19.12.2023
ölçüsü332,53 Kb.
#185561
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   38
МАъруза матн (4) (3)

Mavzu bo‘yicha savollar va topshiriqlar:

  1. Mirzacho`l iqtisodiy rayoni iqtisodiyotining hududiy tarkibi qanday?

  2. Mirzacho`l iqtisodiy rayoni viloyatlarining iqtisodiy salohiyatlari qanchalik fark qiladi?



10-Mavzu. Hududlarni rivojlantirishda Janubiy iqtisodiy rayonining hududiy o`rni va ahamiyati(2soat)
Reja.
1. Janubiy iqtisodiy rayonining xududiy joylashuvi
2. Janubiy iqtisodiy rayonining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi


Janubiy-iqtisodiy rayon-o‘z tarkibiga Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarini birlashtiradi. Iqtisodiy rayon (mintaqa) umumiy maydoni 48,7 ming km2 bo‘lib, bu O‘zbekiston Respublikasi hududining 10,9 foizini tashkil qiladi. Iqtisodiy geografik o‘rni qulay, respublikaning eng janubiy hududlarida joylashgan ushbu iqtisodiy rayon qo‘shni Tojikiston, Turkmaniston davlatlari bilan, respublikaning Samarqand, Buxoro viloyatlari bilan chegaradosh. Tabiiy sharoitiga ko‘ra iqlimi boshqa viloyatlarga qaraganda issiq bo‘ladigan kunlar ko‘proq, yozi issiq va quruq, subtropik. Hududi uch tomondan tog‘lar bilan o‘ralgan: shimolda Hisor, shimoli g‘arbda Boysun va Ko‘hitang, sharqda Bobotog‘ tizmalari (eng baland nuqtasi Hisor 4643 m). Rel’efi sharqdan g‘arbga tomon pasayib boradi, katta maydonlarni tog‘lardan tashqari cho‘llar (Qarshi, Nishon, Sandiqli, Surxon-SHerobod), tekisliklar, adirlar egallaydi.
Janubiy iqtisodiy rayonda xilma –xil mineral resurslar, neft, gaz, toshko‘mir, mineral tuzlar, marmar, oltingugurt, rangli metallurgiya, energetika, kimyo, qurilish materiallari hamda shifobaxsh mineral suvlar topilgan. Asosiy neft va gaz konlari Havotog‘, Uchqizil, Ko‘kaydi Ko‘kdumaloq, Muborak, Pomuk, SHo‘rtan, Zevardi va Lalmikordadir. Toshko‘mir Boysun va SHarg‘unda, Dehqonobod, Xo‘jaikonda esa turli xil tuz konlari joylashgan. Tubagatan kaliy tuzi koni kaliy o‘g‘itlarini ishlab chiqarish sanoati rivojlantirishga munosib hissa qo‘shadi.
Suv resurslari bilan Surxondaryo, Qashqadaryo, SHeroboddaryo va ularning irmoqlari (Jondirdaryo, Oqsuv, Tanxozdaryo, Oyoqchidaryo, Qizil-daryo), Uchqizil, Qumqo‘rg‘on, Janubiy Surxon, Hisorak, Qalqamin, CHimqo‘rg‘on, Qamashi, Pachkamar suv omborlari, Katta Hisor, Amu-Zang, Hazorbog‘, Qarshi magistral, Mirishkor, Eski anhor va boshqa kanallari mintaqani ta’minlaydi. Ushbu suv manbalari iqtisodiy rayon sug‘orma dehqonchiligining rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Iqtisodiy rayon rekreatsiya va turizmni rivojlantirish imkoniyatlari bor. Jumladan, Surxondaryodagi Omonxona, Uchqizil, Xo‘jaikon, Qashqadaryodagi Miroqi dam olish sihatgohlari, tarixiy yodgorliklar (Oqsaroy va b.), eski Nasaf qoldiqlari, g‘orlar va boshq.
Janubiy mintaqada 4997,4 ming kishi yoki mamlakatning 16,9 foiz aholisi yashaydi, aholi hudud bo‘ylab notekis joylashgan, zichligi kv.km joyga o‘rtacha 102,6 kishidan iborat (2012 y.), shundan Surxondaryoda 110,4 kishidan, Qashqadaryo viloyatida esa o‘rtacha kv.km joyga 97,1 kishidan to‘g‘ri keladi. Aholisining 55,6 foizi Qashqadaryo viloyatida, qolgan qismi Surxondaryoda istiqomat qiladi. Har ikkala viloyat respublikada aholining tabiiy ko‘payishi eng yuqoriligi bilan ajralib turadi. Bu esa viloyatlarda aholini ish bilan ta’minlash, ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish zaruratini qo‘yadi.

Yüklə 332,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin