2. Quyi Amudaryo iqtisodiy rayonining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi Iqtisodiy rayon tarkibidagi viloyatlar o‘zlarining tabiiy sharoiti va qazilma boyliklari, demografik, tabiiy geografik va resurs salohiyatining bir xil emasligi ularda iqtisodiyotning o‘ziga xos tarmoqlari shakllanishiga olib kelgan. Mamlakat mehnat taqsimotida rayon iqtisodiyoti agrarindustrial yo‘nalishga ega paxtachilik, donchilik, chorvachilik hamda oziqovqat, tog‘kon kimyosi, qurilish materiallari va to‘qimachilik, engil sanoatning ayrim tarmoqlari rivojlanganligi bilan ko‘zga tashlanadi. SHunga binoan, rayonda paxta, sholi, jun, o‘simlik yog‘i, gilam, trikotaj, non va non mahsulotlari, omuxta em, alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Bundan tashqari, rayonda xalqaro turizmni rivojlantirish uchun shart-sharoit mavjud.
Mintaqada og‘ir sanoat, xususan, yoqilg‘i-energetika, mashinasozlik va metallni qayta ishlash, qora va rangli metallurgiya sust rivojlangan. SHuningdek, kimyo, neft - kimyo, qurilish materiallari sanoat tarmoqlari oxirgi yillarda tobora rivojlanib bormoqda. Qo‘ng‘irot tumanida soda ishlab chiqaruvchi zamonaviy korxonaning qurilganligi va shuning asosida kimyogarlar shaharchasi – Elobodning barpo etilganligi iqtisodiy rayon iqtisodiyotida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Mintaqadagi Taxiyatosh IES, Tuyamo‘yin GES yagona elektr energiya ishlab chiqaruvchi manbalardan biridir. Engil sanoati tarkibida to‘qimachilik va paxta tozalash korxonalarining o‘rni katta. Qo‘shma korxonalardan Urganchdagi "Xorazm Nurtop" qo‘shma korxonasi, Buyuk Britaniya asbob-uskunalari bilan jihozlangan, "Bog‘ot tekstil" qo‘shma korxonasi, "Koka-kola" ichimligi Toshkent LTD qo‘shma korxonasi Urganch filiali, Gurlan paxta tozalash zavodlari, "Beruniy tolasi", Kegayli tumanidagi "Xalqobod momig‘i", Qo‘ng‘irot tumanidagi "Ko‘ng‘irot un zavodi", To‘rtko‘ldagi "To‘rtko‘l oq oltin", "Tortkol asaka tekstil", Nukus shahridagi "Nukus vinozavodi", "Ko‘ng‘irot soda zavodi", "KKikkikaramet" korxonalari ishlab turibdi. Bundan tashqari, Xiva gilam kombinati, Hazoraspdagi yagona shakar zavodi-Xorazmshakar” ining nafaqat mintaqada, balki respublika sanoatida alohida o‘rni bor.
Iqtisodiy rayonning ekologik – geografik o‘rni, ya’ni uning Orol dengiziga yaqinligi, ushbu mintaqada vujudga kelgan ekologik vaziyat qishloq xo‘jaligi rivojlanishga salbiy ta’sir ko‘rsatib kelmoqda. Ammo shunga qaramasdan, mintaqa agroiqlimiy shart-sharoitlarga bog‘liq holda, paxta, sholi, go‘sht, jun mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Ekologik holatining yomonligi bois, iqtisodiy rayon respublika qishloq xo‘jaligi mahsulotining atigi, 9,3 foizini beradi (2010 y.). Donli ekinlar yalpi hosili kamligiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi (289,4 ming tonna) Navoiy viloyatidan (247,2 ming tonna) keyin ikkinchi, Xorazm (333,9 ming tonna) esa uchinchi o‘rinlarni egallaydi. Bundan bug‘doyning yalpi hosili kamligi jihatdan esa, Qoraqalpog‘iston Respublikasi (196,3 ming tonna) hatto respublikada birinchi o‘rinda turadi. Binobarin, bug‘doy hosildorligi ham ushbu respublikada eng past, gektariga 29,5 sentner (o‘rtacha ko‘rsatkich-45,9). CHorvachilikda mamlakatdagi yirik shoxli qoramollardan 16,0 foizi ushbu iqtisodiy rayonda boqiladi. SHundan, sigirlar Qoraqalpog‘iston Respublikasida 254,1 ming bosh, Xorazm viloyatida esa 280,7 ming boshga etgan (2010 y). Qo‘y va echkilarning eng kam soni va salmog‘i aynan ushbu rayonga to‘g‘ri keladi. Masalan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida jami respublikadagi qo‘ylarning 4,9 foizi, Xorazm viloyatida esa 2,3 foizi to‘plangan. Bu erda Xorazm viloyatining er maydoni, yaylovlar kamligini tushunish mumkin, biroq Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi katta er maydonlari, ushbu tarmoqni rivojlantirishga imkon beradi.
Mazkur chorva mollarining mintaqada kam sonliligi tabiiyki, go‘sht, sut ishlab chiqarishda yaqqol sezilmoqda. Ayniqsa, bu Qoraqalpog‘iston Respublikasida kuzatiladi, chunki, bu hudud go‘sht (33,6 ming tonna), sut (183,6 ming tonna), tuxum (46 mln dona) ishlab chiqarish bo‘yicha respublikada (855,0; 6169,0 ming tonna, 3061,2 mln dona, 2010 y.) eng oxirgi o‘rinlarda turadi. Iqtisodiy rayon qishloq xo‘jaligi tarmoqlari tumanlar miqyosida turlicha taqsimlangan bo‘lib, ularda bu tarmoqni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yalpi hosili va hosildorligining o‘sishiga erishish mintaqa aholisini, xo‘jaligini zaruriy mahsulotlar bilan ta’minlash, turmush farovonligini oshirishning muhim omilidir.
Transport tarmog‘i iqtisodiy rayon aloqalarini olib borishda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, uning barcha turlari yaxshi rivojlangan. Jumladan, Xorazm hududi orqali o‘tgan Turkmanobod – Toshhovuz-Beynau temir yo‘li, Qoraqalpog‘iston hududidan O‘zbekistonni Rossiya bilan bog‘lovchi Taxiatosh – Beynov temir yo‘lining o‘tganligi viloyat, mintaqa ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga, Turkmaniston, Qozog‘iston, Rossiya Federatsiyasi va boshqa davlatlar bilan aloqa qilishida qulay shart-sharoitlardan biridir. SHu bilan birga keyingi yillarda qurilib ishga tushirilgan Nukus – CHimboy temir yo‘lidan Qo‘ng‘irot – Nukus – CHimboy yo‘nalishi bo‘yicha yo‘lovchilar tashishda foydalanilmoqda. Ayni vaqtda, Uchquduq – Miskin – Nukus temir
yo‘lining qurib ishga tushirilishi mamlakatimiz transport mustaqilligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Avtomobil yo‘llaridan maxsus Davlat dasturi asosida qurilgan Nukus - Beynov magistral avtomobil yo‘li mintaqa hayotida katta mazmun kasb etmoqda. Bundan tashqari, iqtisodiy rayonda suv transporti (Amudaryo, Orol dengizi), quvur, havo transporti mahalliy va xalqaro aloqalarni amalga oshirishga katta hissa qo‘shishmoqda.