Hujayralarda dnk va rnkning ahamiyati



Yüklə 52 Kb.
səhifə4/6
tarix07.01.2024
ölçüsü52 Kb.
#205763
1   2   3   4   5   6
Kirish

Polinukleotid zanjirlar
Nukleotidlar ketma-ketligi yoʻnalganlikka ega boʻlgan polinukleotid zanjir tuzilishiga ega, yaʼni zanjir bir-biridan farq qiluvchi ikkita turlicha oxir (uch)larga ega. 5ʼ oxiri yoki zanjirning boshlanishida birinchi nukleotidning 5ʼ fosfat guruhi joylashadi. 3ʼ oxiri deb nomlangan boshqa tomonida esa oxirgi nukleotidning 3ʼ gidroksil guruhi joylashgan. DNK ketma-ketligi odatda 5ʼ dan 3ʼ ga tomon joylashadi. Yaʼni 5ʼ uchida joylashgan nukleotidlar birinchi keladi, 3ʼ oxirida joylashgan nukleotidlar esa zanjir oxirida keladi.
Yangi nukleotidlar DNK yoki RNK zanjiriga qoʻshilganda, zanjir 3ʼ oxiridan oʻsib boradi. Bunda zanjirga yangi qoʻshilayotgan nukleotidning 5ʼ fosfat guruhi zanjir oxirida joylashgan 3ʼ gidroksil guruhi bilan fosfodiefir bogʻini hosil qiladi.
DNKning xususiyatlari
Yuqoridagi rasmning chap qismida keltirilgani kabi, dezoksiribonuklein kislota yoki DNK zanjirlari qoʻsh spiral shaklida boʻlib, bunda ikkita zanjir bir-biriga mos (komplementar) holatda mustahkam birikkan boʻladi. Uglevod va fosfatlar spiraldan tashqarida yotadi va DNKning asosini hosil qiladi. Bu qism uglevod-fosfat asos deb ham ataladi. Azot asoslari spiral ichida joylashgan boʻlib, juftlashganda xuddi narvonning zinapoyalariga oʻxshash tuzilishni oladi. Azot asoslari oʻzaro vodorod bogʻi orqali bogʻlanadi.

DNK qoʻsh spirali tuzilishining modeli.
Rasm manbasi: Jerome Walker/Dennis Myts.
Spiralning ikkita zanjiri bir-biriga qarama-qarshi yoʻnalishga ega, yaʼni bir zanjirning 5ʼ oxiri ikkinchi (mos keluvchi) zanjirning 3ʼ oxiri bilan juftlashadi. (Bu antiparallel joylashuv deb ataladi va DNK nusxasini olishda muhim ahamiyatga ega.)
Demak, qoʻsh spiral tarkibidagi ikkita qarama-qarshi har qanday asos oʻzaro juft hosil qilishi mumkin, shundaymi? Javob: bunday boʻlishi mumkin emas. Asoslarning oʻlchami va ular tutgan funksional guruhlarga koʻra juft hosil qilish yuqori darajada spetsifik xarakterga ega: A faqat T bilan va G faqat S bilan (yuqorida keltirilgani kabi) juft hosil qiladi. Bu qoʻsh spiralning ikkita zanjiri yuqori darajada bir-biriga mos kelishi kerakligini anglatadi.
Masalan, agar bitta zanjirning ketma-ketligi 5ʼ-AATTGGSS-3ʼ ekanini bilsangiz, unga komplementar zanjir 5ʼ-TTAASSGG-5 ketma-ketlikka ega boʻlishi kerak. Bu har bir asosning oʻz juftiga mos kelishiga imkon beradi:

5ʼ-AATTGGSS-5ʼ 5ʼ-TTAASSGG-5
Ushbu ikkita zanjir bir-biriga komplementar boʻlib, oʻzlarining har bitta asoslari bilan bir-biriga ulanadi. A-T juftlari ikkita vodorod bogʻlari bilan bogʻlangan boʻlsa, G-S juftlari uchta vodorod bogʻlari bilan bogʻlanadi.
Ikkita DNK ketma-ketligi shu tarzda mos kelganda, ular bir-biriga antiparallel holatda bogʻlanadi va spiral hosil qiladi. Bu zanjirlar bir-biriga komplementar deyiladi.

DNK zanjiridagi komplementar asoslar oʻrtasida shakllangan vodorod bogʻi qoʻsh spiral tarkibidagi ikkita antiparallel zanjirlarni mustahkam ushlab turadi. Timin va adenin ikkita vodorod bogʻi orqali, sitozin va guanin esa uchta vodorod bogʻi orqali bogʻlanadi.
Grafik material OpenStax CNX Biologyʼdan oʻzgartirib olindi.

Yüklə 52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin