Hujayralarda dnk va rnkning ahamiyati



Yüklə 52 Kb.
səhifə1/6
tarix07.01.2024
ölçüsü52 Kb.
#205763
  1   2   3   4   5   6
Kirish


Kirish
Nuklein kislotalar, xususan, DNK hayotning davomiyligi uchun muhim makromolekula hisoblanadi. DNK ota-onadan farzandlarga irsiylanadigan axborotni oʻzida saqlaydi, qurilish uchun sarflanadigan oqsil hosil boʻlishini boshqaradi va toʻqima, hujayra hamda organizm funksiyasining bir maromda kechishini taʼminlaydi.
DNKning bu maʼlumotlarni qanday qilib tashishi hamda bu maʼlumotlarning hujayra va organizmlar tomonidan qanday qilib harakatga aylantirilishi murakkab, qiziqarli va aql bovar qilmaydigan jarayon boʻlib, uni molekulyar biologiya qismida batafsil oʻrganamiz. Bu yerda esa makromolekulyar nuqtayi nazardan nuklein kislotalar bilan tanishib chiqamiz.
Hujayralarda DNK va RNKning ahamiyati
Nuklein kislotalar nukleotid deb nomlangan birliklardan tashkil topgan makromolekula boʻlib, tabiiy ravishda ikkita turda uchraydi: dezoksiribonuklein kislota (DNK) va ribonuklein kislota (RNK). DNK bir hujayrali bakteriyalardan tortib siz va men kabi juda koʻp hujayrali sutemizuvchilarga qadar barcha tirik organizmlarda mavjud genetik material hisoblanadi. Ayrim viruslarning genetik materiali DNK emas, balki RNKdan iborat, ammo texnik jihatdan viruslar tirik organizm deb hisoblanmaydi (chunki ular xoʻjayin hujayra yordamisiz koʻpaya olmaydi).
Hujayra DNKsi
O‘simlik va hayvonlar singari eukariotlarda DNK hujayrada maxsus membrana bilan oʻralgan birikma boʻlib, u yadroda joylashadi, xuddi boshqa organellalar (masalan, oʻsimliklarning mitoxondriyasi va xloroplasti) singari. Bakteriya kabi prokariot organizmlarda DNK nukleoid deb ataluvchi maxsus hujayra hududida joylashganiga qaramay, u membrana bilan oʻralmagan.
Eukariotlarda DNK odatda xromosomalar deb nomlangan juda uzun, chiziqli qismlarga boʻlinadi, bakteriyalar kabi prokariotlarda esa xromosomalar juda kichik va koʻpincha aylana (halqa) shaklida boʻladi. Xromosoma oʻn minglab genlardan iborat boʻlishi mumkin, ularning har biri hujayra tomonidan zarur boʻlgan maʼlum mahsulotni ishlab chiqarish boʻyicha koʻrsatmalar beradi.

Yüklə 52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin