Hujayralarda dnk va rnkning ahamiyati



Yüklə 52 Kb.
səhifə5/6
tarix07.01.2024
ölçüsü52 Kb.
#205763
1   2   3   4   5   6
Kirish

RNKning xususiyatlari
Ribonuklein kislota (RNK) DNKdan farqli oʻlaroq, odatda bir zanjirli tuzilishga ega. RNK zanjiri tarkibidagi nukleotid toʻrt xil azotli asosdan bittasini (A, U, G yoki S), riboza (beshta uglerodli uglevod) va fosfat guruhini oʻz ichiga oladi. Bu yerda biz RNKning toʻrtta asosiy tipi bilan tanishib chiqamiz: informatsion RNK (iRNA), ribosomal RNK (rRNA), transport RNK (tRNA) va regulyator RNK.
Informatsion RNK (iRNK)
Informatsion RNK ( iRNA ) oqsil kodlovchi gen va uning oqsil mahsuloti oʻrtasidagi oraliq molekula hisoblanadi. Agar hujayra maʼlum bir oqsilni ishlab chiqarishi kerak boʻlsa, oqsil kodlovchi gen “aktivlanadi”, yaʼni RNK-polimeraza fermenti DNKga bogʻlanadi va shu genning DNK ketma-ketligi asosida RNK nusxasi yoki transkript hosil qiladi. Masalan, DNKning kodlovchi ketma-ketligi 5’-AATTGSGS-3’ boʻlsa, undan hosil boʻlgan RNK ketma-ketligi 5’-AAUUGSGS-3’ boʻladi.
Hosil boʻlgan iRNK molekulasi aminokislotalarni bir-biriga ulash orqali oqsil ishlab chiqaruvchi uskuna hisoblangan ribosoma bilan bogʻlanadi. Ribosoma iRNKdagi spetsifik ketma-ketlikni oʻqish orqali shu mʼlumotga asosan oqsil sintez qiladi. iRNK uchta nukleotiddan iborat (kodon deb ataluvchi) guruhlarda “oʻqiladi” va har kodon oʻqilganda zanjirga bitta aminokislota qoʻshiladi.

iRNKga bogʻlangan ribosoma (oqsil va rRNKdan iborat) va oʻsib borayotgan zanjirga yangi aminokislotalarni keltirayotgan tRNK tasvirlangan rasm. tRNK bogʻlanadi va zanjirga aminokislota qoʻshiladi, bu jarayon iRNK ketma-ketligiga asoslangan holda amalga oshiriladi.
Grafik material OpenStax Biologyʼdan olindi.
Ribosomal RNK (rRNK) va transport RNK (tRNK)
Ribosomal RNK (rRNK) ribosomalarning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi, bu iRNKning toʻgʻri nuqtaga bogʻlanishi va shu orqali uning ketma-ketligi toʻgʻri oʻqilishini taʼminlaydi. Ayrim rRNK molekulalari ferment vazifasini bajaradi, yaʼni kimyoviy reaksiya borishini tezlashtiradi (katalizlaydi). Bu holatda oqsil hosil qiluvchi aminokislotalarni bogʻlovchi bogʻning hosil boʻlishini tezlashtiradi. Ferment vazifasini bajaruvchi RNKlar ribozimlar deb ataladi.

Yüklə 52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin