Hujayralarda dnk va rnkning ahamiyati


DNKdan RNKga va RNKdan oqsilga



Yüklə 52 Kb.
səhifə2/6
tarix07.01.2024
ölçüsü52 Kb.
#205763
1   2   3   4   5   6
Kirish

DNKdan RNKga va RNKdan oqsilga
Koʻpchilik genlar oqsil moddalarini kodlaydi, yaʼni ular maʼlum bir oqsilni hosil qilish uchun ishlatiladigan aminokislotalar ketma-ketligini belgilaydi. DNKdagi ushbu maʼlumot oqsil sintezi uchun ishlatilishidan oldin, avvalo, genning RNK nusxasi (transkripti) yaratilishi kerak. RNKning ushbu turi informatsion RNK (iRNK) deb ataladi. Chunki iRNK molekulasi DNK va ribosoma (iRNK ketma-ketligini oʻqib, uning asosida oqsil sintez qiluvchi uskuna) oʻrtasida maʼlumot tashuvchi vazifasini bajaradi. DNKdan RNKga va RNKdan oqsilga aylanish jarayoni molekulyar biologiyaning “markaziy dogmasi” deyiladi.
Eng muhimi, barcha genlar ham oqsil mahsulotlarini kodlamaydi. Misol uchun, ayrim genlar ribosomalarning tuzilish tarkibiy qismlari sifatida xizmat qiluvchi ribosomal RNK (rRNK) yoki transport RNK (tRNA)ni kodlaydi. tRNK beda bargi shaklidagi RNK molekulasi boʻlib, oqsil sintezi davomida aminokislotalarni ribosomaga tashib keltiradi. Yana boshqa RNK molekulalari, masalan, kichik mikroRNK (miRNA) boshqa genlar uchun regulyator vazifasini bajaradi va hozirgi davrda oqsil boʻlmagan molekulalarni kodlovchi RNKning koʻplab yangi turlari aniqlanmoqda.
Nukleotidlar
DNK va RNK polimer hisoblanadi (DNK boʻlsa, koʻpincha juda uzun polimer) va nukleotidlar deb nomlanuvchi monomerlardan tashkil topgan. Ushbu monomerlar birlashganda hosil boʻlgan zanjir polinukleotid (poli-= “koʻp”) deb ataladi.
Har bir nukleotid uch qismdan tashkil topgan: azot asosi deb nomlangan azot tutuvchi halqa, beshta uglerodli uglevod va kamida bitta fosfat guruhi. Uglevod molekulasi nukleotidda markaziy mavqega ega, uning bir uglevodiga azot asosi va boshqasiga fosfat guruhi (yoki fosfat guruhlari) birikadi. Oʻz navbatida nukleotidning har bir qismini koʻrib chiqamiz.

Uglevod (dezoksiriboza yoki riboza), fosfat guruhi va azot asosi tutgan DNK va RNK zanjiri tarkibiy qismlari keltirilgan rasm. Azot asoslaridan pirimidin asoslari (bitta halqali sitozin, DNKda timin va RNKda uratsil) va purin asoslari (ikkita halqali adenin va guanin) mavjud. Fosfat guruhi 5ʼ uglerodiga birikkan. Riboza molekulasidagi 2ʼ uglerodi gidroksil guruhi tutadi, ammo dezoksiriboza molekulasida 2ʼ uglerodda gikroksil guruhi mavjud emas (vodorod tutadi).
_Rasm manbasi “Nuklein kislotalar: Figure 1” OpenStax College, Biology (CC BY 3.0)._

Yüklə 52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin