Hujayralarda dnk va rnkning ahamiyati



Yüklə 52 Kb.
səhifə6/6
tarix07.01.2024
ölçüsü52 Kb.
#205763
1   2   3   4   5   6
Kirish

Transport RNK (tRNAlar) ham oqsil sintezida ishtirok etadi, ammo uning vazifasi tashish – iRNK tomonidan zanjirga qoʻshilishi belgilangan aminokislotani ribosomaga olib kelishdan iborat. Transport RNK bitta zanjirli RNKdan iborat, lekin bu zanjirning oʻzaro justlashib, juft zanjir hosil qiladigan komplementar qismlari mavjud. Asoslarning shu tartibda oʻzaro juftlashishi tRNK faoliyatining yuzaga chiqishiga imkon beruvchi uch oʻlchamli (3D) tuzilishni hosil qiladi.

tRNA tuzilishi. Umumiy molekula L ga oʻxshash shaklga ega.
Rasm manbasi: Protein Data Bank (AQSH hukumatining ishi).
Regulyator RNK (miRNK va siRNK)
Ayrim kodlovchi boʻlmagan RNKlar (oqsillarni kodlamaydigan RNKlar) boshqa genlar ekspressiyasining regulyatsiyasiga yordam beradi. Bunday RNKlarni regulyator RNK deb atash mumkin. Masalan, (microRNAmiRNAs va (small interfering RNKsiRNAs uzunligi 22 nukleotidga teng kichik regulyator RNK molekulalari. Ular maʼlum iRNA molekulalariga (qisman yoki toʻliq bir-birini toʻldiruvchi ketma-ketlik) bogʻlanadi va ularning barqarorligini kamaytiradi yoki ularning translyatsiyasini buzadi. Bu orqali hujayraga iRNk miqdorini kamaytirishga yordam beradi.
Kodlovchi boʻlmagan va regulyator RNKlardan ayrim misollar. Olimlar hali ham kodlovchi boʻlmagan RNKning yangi turlarini kashf etishmoqda.
[Regulyator RNKlar haqida batafsil]
Xulosa: DNK va RNKning xususiyatlari




DNK

RNK

Vazifasi

Genetik axborotni saqlaydi

Oqsil sintezi va genlarni boshqarishda ishtirok etadi; baʼzi viruslardagi genetik axborotni tashuvchisi

Shakari

Deoksiriboza

Riboza

Tuzilishi

Qoʻsh spiral

Odatda bir zanjirli

Azot asoslari

C, T, A, G

C, U, A, G

Yüklə 52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin