V). Bazal plazmatik membrananing maxsus tuzilmalari: burmalar, gemidesmasomalar va boshqalar.
Hujayra organellalari ikki xil bo'lib, bularga doimiy va maxsus organellalar kiradi. Hujayraning doimiy organellalar maxsus tuzilishga ega bo'lib, ma'lum bir vazifalarni bajaradilar. Bularga mitoxondriyalar, endoplazmatik to'r, ribosoma, polisoma, Goldjining kopleksi, lizasoma, mikronaycha, sentrasoma, peroksisoma va fibrillyar tuzilmalar kiradi. Organellalar tuzilishiga qarab membranali va membranasiz hujayra organellalariga bo'linadi.
Membranali hujayra organellalariga mitoxondriya, endoplazmatik to'r, plastinkasimon kompleks (Goldji kompleksi) lizasoma va peroksisomalar kiradi, chunki, ularning tuzilishida elementar biologik membrana ishtirok etadi.
Membranalar asosan oqsil, lipid va suvdan tashkil topgan bo'lib, bu hujayraning ichki tuzilmalarining membranalari oqsil va lipid tarkibining o'zgarishi bilangina farqlanmasdan, ularning tarkibiga kiruvchi molekulalarning joylashishi va ultrastrukturasi bilan ham farqlanadi. Membrananing bunday o'ziga xos tuzilishi ularning funksiyasi bilan bog'liqdir. Membranasi bo'lmagan hujayra organellalariga ribosoma, polisoma, mikronaycha, senrosoma, kiprikchalar, xivchin va fibrillyar tuzilmalar kirib, turli xil tuzilishga ega va spesifik funksialarni bajaradilar.