Har bir hujayra hujayra qobig'i (sitolemma) sitoplazma va yadrodan tashkil topgan.
Himyoviy analiz orqali hujayra takibida atmosfera va yer qobig'ida keng tarqalgan moddalar borligi aniqlangan. Odam organizmining 96%- 4 xil elementlardan: uglerod, vodorod, kislorod va azotdan tashkil topgandir. Kalsiy, fosfor, kaliy va oltingugurt esa odam tanasining-3%ni tashkil qiladi. Oz miqdorda natriy, xlor, yod, temir, magniy, mis, marganes, kobalt, ruh va boshqa mikroelementlar ham bo'ladi.
Hujayra qo'yidagi ximiyoviy komponentlardan tuzilgan. Oddiy va murakkab oqsillar, fermentlar, ёg'lar, uglevodlar (karbon suvlar, suv va neorganik tuzlar). Shunday qilib, hujayra murakkab ximiyoviy tuzilishga ega bo'lib, uning tarkibidagi moddalar doimiy harakatda bo'ladi va bu harakat uning modda almashinuvi bilan ifodalanadi
Hujayra tashqi muhitdan sitoplazmatik membrana- parda (hujayra qobig'i) bilan ajralgan bo'lib, yadrodan tashqari hujayra ichidagi tuzilmalarning hammasi sitoplazma deb nomlanadi. Eukariotik hujayralar sitoplazmasining tuzilishi va tarkibi turlicha bo'lib, hujayra organellari kiritmalar va gialoplazmalardan tashkil topgan.