4.2§. Silliq endoplazmatik to’r
Silliq endoplazmatik to’r membranali vakuolyar tizimning bir qismini tashkil qiladi. Morfologik jihatdan, kichik vakuolalar, naychalar kanalchalar kabi membrana bilan qoplangan, bir-biri bilan o’ralib ketgan to’rsimon strukturalardan iborat.
Donador endoplazmatik to’r farqi bularning membrana sirtida ribosomalar bo’lmaydi, shu bois, tekis, silliq bo’lib ko’rinadi.
v
190 rasm Chensov
Siiliq endoplazmatik to’r vakuola pufakchalari va kanalchalarining diametri o’rtacha 50-100 nm o’lchamda bo’ladi. Silliq endoplazmatik to’rning ko’rinishi, turli hujayralarda har xil, hatto bitta hujayraning har tomonida turlicha ko’rinishda shakllanadi. Silliq endoplazmatik to’r, hujayraning zonasiga bog’liq holda ko’proq to’planadi. Masalan, ichak epiteliysi hujayralarining apikal yuqori qismida ko’p miqdorda bo’lishi kuzatilgan. Jigar hujayralarida esa glikogen to’planadigan qismida ko’proq hajmda bo’lishini kuzatish mumkin.
Silliq endoplazmatik to’rning paydo bo’lishi bu donador endoplazmatik to’r bilan bog’liqdir. Bir nechta tadqiqotlarda, to’xtovsiz ravishda donador endoplazmatik to’rning silliq endoplazmatik to’rga aylanishi kuzatilgan. Ko’pincha donador endoplazmatik to’rning sisternalari o’zida mavjud ribosomalarni tark etib silliq endoplazmatik to’rga aylanishi mumkin.
191 rasm
Bunday hollarda donador endoplazmatik to’r sisternalari notekis bo’linib silliq endoplazmatik to’rning kichik kanalchalar yoki naychalarni hosil qiladi. Nihoyat bu qismda yangidan oqsil va lipidlarni sintezlaydigan va transport qiladigan pufakchalar shakllanadi. Shuning uchun ham silliq endoplazmatik to’r, donador endoplazmatik to’rga nisbatan ikkilamchi hisoblanadi. Ko’pincha, biokimyoviy morfologik va radiografiya tadqiqotlari natijalarining ilmiy xulosalariga muvofiq, donador endoplazmatik to’r hajmi sintez qiladigan membranalar hisobiga katta bo’lib, ribosomalarning tark etilishi va qolgan membranalardan silliq endoplazmatik to’r hosil bo’lishi qayd etgan. Masalan, radiaktiv moddalarni fraksiyalangan silliq va donador endoplazmatik to’r membranalarida qo’llagan holatdagi tadqiqotlarda oldin donador endoplazmatik to’r keyinchalik biroz vaqtdan so’ng, silliq endoplazmatik to’r shakllanganligi kuzatilgan.
Bu ikki komponentning kelib chiqishi, topografik joylashuvi yaqin va o’xshash bo’lishiga qaramasdan, ular funksional jihatdan bir-biridan keskin farq qiladi.
Silliq endoplazmatik to’rda ribosomalar bo’lmasligi uchun o’z-o’zidan oqsil sintez qobiliyati mavjud emas. Silliq endoplazmatik to’rning funksiyasi bevosita hujayra ichidagi polisaxaridlar va metabolistik lipidlar bilan bog’liqdir.
Ichak epiteliysida yog’lar so’rilishi jarayoni o’rganilganda, silliq endoplazmatik to’rning apikal qismida glitserin va lipidlar sintezi kuzatilgan. O’z navbatida sintezlangan glitserin va lipidlar yog’ kislotasi hamda monoglitserinlarga aylanib, silliq endoplazmatik kanalchalarida granulalar hosil qilib, Golji apparatiga o’tkazilib, navbatdagi lipid va lipoproteidlarni hosil qiladi va Golji apparatining vakuolalari orqali ajratilib chiqariladi. Jigar hujayralarida lipidlarning juda kichik tomchilarini, oqsillar kompleksi bilan silliq endoplazmatik to’rning Golji apparati zonasida uchratish mumkin. Agar tajribadagi sichqonlarga murakkab yog’ hosil qiluvchi moddalarni iste’molga berilganda, birinchi bo’lib, lipid tomchilari hujayrasidagi silliq endoplazmatik to’rda uchrashi keyinchalik donador endoplazmatik to’rda uchrashi o’rganilgan.
Silliq endoplazmatik to’r steroid sekretsiya qiluvchi hujayralarda katta hajmda uchraydi. Steroid sintezlovchi fermentlar fraksiya qilinganda, silliq endoplazmatik to’r uchrashi qayd etilgan. Urug’don hujayralaridagi silliq endoplazmatik to’r steroid gormonlarining sinteziga qatnashuvchi fermentlarga boy bo’lishi kuzatilgan.
Silliq endoplazmatik to’r gialoplazmada glikogen to’plovchi qismlari (hayvon va zamburug’larda hujayraning ichki zahira polisaxaridlar) bilan topografik jihatdan keskin bog’liq bo’lib, o’z navbatida uglevodlarning metabolizmini ta’minlashda ishtirok etadi. Jigar va muskul tolasining hujayralari endoplazmatik to’rning donasiz sisternalarida glikogen to’planib, silliq endoplazmatik to’rning pufakcha va kanalchalarini hosil qiladi. Silliq endoplazmatik to’rning bu zonasi glikogen sarflanishiga bog’liq holda o’zgarib turishi mumkin.
192 rasm chensov dan
J igar hujayralarining patologik jarayonlarida silliq endoplazmatik to’r kattalashgan bo’ladi. Har xil kanserogen yoki zaharli moddalar, gormonal preparatlarni ko’proq dozada qabul qilinganda jigar hujayralarida sitoplazma o’z holatini yo’qotadi va oksifil zona paydo bo’ladi. Elektron mikroskop yordamida o’rganilganda, bu zonada silliq endoplazmatik to’r to’planib qolganligi ko’rilgan. Bu zonalarda har xil zararli moddalarning degradatsiya jarayonida bir qator parchalovchi fermentlar, jumladan, eng muhim bo’lgan oqsil, sitoxrom P-450 to’plangan bo’ladi. Bu oqsil membranaga tushgan turli, xavfli patogen , suvda erimaydigan uglevodorodlar yoki zaharli lipid moddalarining birikishida ishtirok etadi. Bu yerda boshqa fermentlar ham qo’shilib, metabolitlar yoki zaharli lipid eritmalarini hosil qilinib, siydik orqali tashqariga chiqarib yuboriladi. Holati buzilgan silliq endoplazmatik to’r avtofagosom lizosomalar yordamida o’zining normal holatiga qaytadi ya’ni holatini tiklab oladi.
Ko’ndalang targ’il tolali muskullarda, silliq endoplazmatik to’r (sarkoplazmatik retikulum) kanalchalari yoki vakuolalari miofibrillalarni o’rab turadi.
v
194—rasm
Bunda silliq endoplazmatik to’r kalsiy ionlarini deponlab, maxsus funksiya bajaradi. ATF ishtirokida u aktiv yutiladi va kalsiy ionlari to’plaib qoladi. Bu o’z navbatida muskul tolasining bo’shashiga olib keladi. Kalsiy oqsili sarkoplazmatik retikulum membranalarining integral oqsillari deyiladi.
Yuksak o’simlik hujayralarida ham silliq endoplazmatik to’r uchraydi va terpen, steroid va lipidlarning sintezida ishtirok etadi.
Dostları ilə paylaş: |