CMYK rang moduli. CMYK rang moduli subtraktiv modulga tegishli bo‘lib, u nashrni chop etishga tayyorlashda qo‘llaniladi. CMYKrang komponentlari sifatida, asosan oq rangdan ayirish natijasida hosil bo‘lgan quyidagi ranglar xizmat qiladi:
havorang (cyan) = oq — qizil = yashil + ko‘k; — to‘q qizil {magenta) = oq
yashil = qizil + ko‘k; — sariq (yellow) = oq — ko‘k = qizil + yashil.
Bu metod original tasvirni chop etishda ranglarning tabiiy qabul qilinishiga mos keladi. Havorang, to‘q qizil va sariq ranglar qo‘shimcha hisoblanadi, chunki ular asosiy ranglarni to‘ldiradi. Amalda qo‘shimcha ranglarni bir-biriga qo‘shgan bilan qora rangni bermaydi. Shuning uchun rangli modulga yana bir komponent — qora rang kiritilgan.
Natijada rangli modul abbreviaturasida to‘rtinchi harf paydo bo‘ldi: CMYK (Cyan,Magenta,Yellow,Black).Kompyuter tasvirini poligrafik uskunada chop etish uchun ranglarni CMYK moduli komponentlariga mos keluvchi tarkiblarga ajratish kerak. Bu jarayon ranglarni ajratish deyiladi. Oqibatda har bir komponentning original to‘rtta tasviri hosil qilinadi.
Nazorat uchun savollar::
Elektron rang palitrasi nima?.
CIE Lab rang moduli qanday aniqlanadi?
RGB rang moduli turlari?
HSB rang moduli?
CMYK rang moduli ko‘proq qaysi soxada ishlatilati?