92
Nazorat guruhlarida o’quv jarayonini tashkil etishda ta’lim jarayonini
samarali tashkil etishning asosiy shartlaridan bo’lgan ta’lim jarayonida
hamkorlikdagi refleksiv ta’limiy muhitni vujudga keltirish, tinglovchilarni ham
akmeologik usulchi sifatida, ham tinglovchi sifatida sub’ektivligini oshirish,
sub’ekt-sub’ekt
munosabatlarini
shakllantirish,
shuningdek,
innovatsion
jarayonlarni tashkil etish va ularni boshqarishda refleksiv faoliyatni tashkil etishga
e’tibor kuchaytirildi.
Ta’lim mazmunini loyihalashtirishda bloklarning izchilligi asosida
integratsiyalashuvini ta’minlash, mazularning mazmun-mohiyatiga ko’ra bir necha
bloklardan paralel foydalanish, bloklarni majmuaviy o’qitish, tabaqalashtirilgan
ta’limni joriy etish, tinglovchilarning sub’ektivligi va faolligini oshirish kabi
omillar inobatga olindi.
O’quv jarayonini tashkil etishda integrativ ma’ruzalar, amaliy mashg’ulot,
seminar-treninglardan
foydalanildi,
shuningdek,
tinglovchilarga
o’quv
jarayonigacha bo’lgan davrda savol va topshiriqlardan iborat tarqatma materiallar
tarqatildi, tinglovchilar ma’ruza matnlari va adabiyotlar bilan ta’minlandi, amaliy
mashg’ulotlar asosan tinglovchilar tomonidan boshqarilishiga harakat qilindi.
Tajriba guruhida asosiy o’quv jarayoni boshlanishidan oldin ilg’or tajribaga ega
bo’lgan o’qituvchining tajribasi bilan tanishtirish maqsadida ko’chma mashg’ulot
tashkil etildi.
Tajriba va nazorat guruhi tinglovchilaridan olingan kirish va chiqish testlari
natijalari va ularning o’zlashtirish ko’rsatkichlaridan ko’rinib turibdiki,
tinglovchilarning bloklar bo’yicha boshlang’ich tushunchalari darajasi turlicha
bo’lib, o’zlashtirish ko’rsatkichlari ham o’zaro farq qiladi. Demak, pedagoglarni
zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarda akmeologik usul faoliyatiga
QTMO jarayonini tashkil etishda boshlang’ich tushunchalari darajasini bloklar
bo’yicha hisobga olish va ta’lim jarayonini tashkil etishda mazkur yo’nalishlarga
ko’proq e’tibor qaratish zarur bo’lib, bu o’z navbatida blok-modulli yondashuvni
Dostları ilə paylaş: