97
ixtisoslashtirilgan ta’limning uyg’unligini ta’minlash masalalariga tizimli
yondashuvni joriy etish; akmeologik usul faoliyatini ob’ektning funktsiyalari va
strukturasiga mos keladigan ravishda loyihalashtirish.
2. O’qituvchining akmeologik usul faoliyatini o’zi tomonidan baholashni
ta’lim-tarbiya jarayonining barcha ishtirokchilarini pedagog tomonidan jalb etilib
amalga oshiriladigan mustaqil ekspertiza sifatida ko’rib chiqish.
3. Zamonaviy o’qituvchi akmeologik usul faoliyatining o’ziga xos
xususiyatlarini ifodalovchi, o’zini-o’zi baholash va o’zini-o’zi tahlil qilish orqali
ob’ektiv ma’lumotlarni to’plash yoki ekspert baholashni amalga oshirishni nazarda
tutuvchi baholash ko’rsatkichlari belgilandi. Mazkur baholash ko’rsatkichlarini
belgilashda maktabni boshqarishning funktsional xususiyatlari sifatida hisobga
olish.
4. Tadqiqot ishida ilmiy asoslab berilgan ma’lumotlar, taklif etilayotgan
modellar, blok-modulli yondashuv texnologiyasi hamda tadqiqot jarayonida davlat
talablari asosida ishlab chiqilgan o’quv dasturi va qo’llanmalardan barcha ta’lim
muassasalarining rahbarlari akmeologik usul faoliyatini tashkil etish, uning
samaradorligini ta’minlash va takomillashtirish yo’nalishida o’z faoliyatlarini
loyihalashtirishda,
ilmiy xodimlar tomonidan akmeologik usul faoliyati
yo’nalishlarida qo’llanmalar va uslubiy tavsiyalar tayyorlashda, ta’lim muassasasi
rahbarlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimlarida hamda oliy
o’quv yurti talabalari uchun ta’lim menejmenti, pedagogika va akmeologik usul
yo’nalishida tashkil etiladigan barcha o’quv mashg’ulotlarida keng foydalanish.
5. O’qituvchining bilimi, ko’nikma va malakalarini ifodalovchi o’qituvchi
shaxsini baholash ko’rsatkichlari va mezonlari ishlab chiqildi va mazkur
mezonlardan ta’lim muassasasi rahbarlari akmeologik usul faoliyatida duch
kelayotgan muammo va qiyinchiliklarning sabablarini aniqlash, o’z faoliyatini
refleksiv baholash, o’zini-o’zi rivojlantirish, mustaqil ta’lim olish jarayonlarini
tashkil etishda foydalanish.
Dostları ilə paylaş: