Huquqiy hujjatlar



Yüklə 124,15 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/11
tarix14.12.2023
ölçüsü124,15 Kb.
#179060
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
II.
 
ASOSIY QISM 
III.
 
 
1-o‘quv savoli. O‘zbekiston Respublikasining seysmik faol hududlari 
haqida umumiy ma’lumotlar 
Seysmik faol hududlarda yashovchi odamlar har doim zilzila xavfini esdan 
chiqarmasliklari kerak. SHunday ekan zilzila xavfini kamaytirish yo‘llari 
nimalardan iborat ekanliklarini bilishlari kerak. Eng birinchi va asosiy chora 
seysmik faol hududlarda barcha qurilish ishlari kutilayotgan zilzilaning kuchini 
hisobga olgan holda qurilishi shart. Qayerda qanday kuch bilan zilzila sodir bo‘lishi 
mumkinligi respublikaning umumiy seysmik rayonlashtirish xaritasidan olinadi. 
Seysmik rayonlashtirish qo‘llanilayotgan usullarga, masshtabga qarab uchga 
- umumiy seysmik rayonlashtirish, mukammal seysmik rayonlashtirish va seysmik 
mikrorayonlashtirishga bo‘linadi. 
Umumiy seysmik rayonlashtirish.
Seysmik faol hududlarda qurilish ishlari 
mutasaddi davlat idoralari tomonidan tasdiqlangan rasmiy me’yoriy hujjat - 
«Qurilish me’yorlari va qoidalari» asosida amalga oshiriladi. Ushbu me’yoriy 
hujjatning tarkibiy qismi «Umumiy seysmik rayonlashtirish xaritasi» hisoblanadi. 
Xarita, odatda 1:10 mln., 1:5 mln. kabi mayda masshtablarda tuziladi. YAqin 
yillargacha respublikada qurilish ishlarini olib borishda hamma amal qilishi lozim 
bo‘lgan me’yoriy hujjat - 1978 yilda tuzilgan umumiy seysmik rayonlashtirish 
xaritasi (USR-78) hisoblanardi. Xarita 1978-80 yillarda O‘zbekiston Respublikasi 
Fanlar Akademiyasi Seysmologiya instituti boshchiligida Geologiya va geofizika 
instituti, Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy Universiteti) 
olimlari ishtirokida tuzilgan. Keyingi yillarda O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan o‘nga 
yaqin kuchli zilzilalar bu xaritalarning ancha puxtaligini ko‘rsatdi. SHunga 
qaramay, ilm-fanning jadal sur’atlar bilan rivojlanishi seysmik rayonlashtirish 
xaritalarini yanada mukammallashtirish imkonini yaratdi. SHuning uchun 2001-
2005 yillarda Seysmologiya instituti tomonidan respublikaning 1:1 mln. masshtabli 
umumiy seymik rayonlashtirish xaritasi tuzildi. Lekin u turli sabablarga ko‘ra 



amaliyotga 
tadbiq 
etilmadi. 
Nihoyat, 
Seysmologiya 
institutining
bir guruh olimlari tomonidan respublikaning yangi umumiy seysmik rayonlashtirish 
xaritasi tuzildi hamda Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasining 2011 yil
19 dekabrdagi 91-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlandi (
1-rasm
). 
 
1-rasm 

Yüklə 124,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin