Huquqiy hujjatlar


Jismoniy va yuridik shaxslarning seysmik xavfsizlikni ta’minlash



Yüklə 124,15 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/11
tarix14.12.2023
ölçüsü124,15 Kb.
#179060
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Jismoniy va yuridik shaxslarning seysmik xavfsizlikni ta’minlash 
sohasidagi huquqlari:
tegishli hududdagi seysmik xavf darajasi to‘g‘risida to‘liq 
va ishonchli axborot olish; zilzilalar chog‘ida o‘zini tutish qoidalari hamda ularga 
tayyorgarlik ko‘rish tartibi to‘g‘risida axborot olish; zarur bo‘lganda tashkilot 
xodimlarini himoya qilish va ularni zilzila vaqtida o‘zini to‘g‘ri tutishga o‘rgatish 
uchun mutaxassislarni jalb etish huquqlariga ega.
Jismoniy va yuridik shaxslarning seysmik xavfsizlikni ta’minlash 
sohasidagi majburiyatlari:
seysmik xavfsizlikni ta’minlash to‘g‘risidagi 
qonunchilik talablariga va seysmik xavfsizlik ta’minlanishini texnik jihatdan 
tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etishi; o‘z hayotini 
qutqarish, sog‘lig‘ini va mol-mulkini saqlash uchun zilzilalarga qarshi ehtiyot 
choralarini ko‘rishi; zilzilalarga tayyorgarlik ko‘rish va ularning oqibatlarini bartaraf 
etish jarayonida o‘z xizmat majburiyatlarini amalga oshirayotgan tegishli davlat 
organlari hamda tashkilotlar xodimlarining qonuniy talablarini bajarishi shart. 
O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik 
shaxslar: o‘z xodimlarini zilzila vaqtidagi favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri 
himoyalanishga va harakat qilishga o‘rgatishi; joylarda ogohlantirish tizimlarini 
tashkil etishi va doimiy tayyor holatda tutishi hamda ehtimoli bo‘lgan seysmik 
xavflar haqida xodimlarga darhol xabar berishi; o‘z tasarrufida bo‘lgan 
ob’yektlarning barqaror ishlashini ta’minlash shartlariga rioya etishi hamda zilzila 
vaqtida seysmik xavfning darajasiga muvofiq xodimlarning hayot faoliyatini 
ta’minlashi; zilzilalar oqibatlarini bartaraf etish rejalariga muvofiq davlat organlari 
va boshqa tashkilotlar ob’yektlarida avariya-qutqaruv ishlarini o‘tkazishda 
ko‘maklashishi; evakuatsiya tadbirlarini belgilangan tartibda o‘tkazishi hamda 
tashkilotlar hududida aholi va xodimlarni joylashtirish uchun bazalarni oldindan 
tayyorlashni amalga oshirishi; seysmik xavfsizlikni ta’minlash to‘g‘risidagi 



qonunchilik talablariga va seysmik xavfsizlik ta’minlanishini texnik jihatdan 
tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etishi shart. 

Yüklə 124,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin