Ushbu Farmonning 1-ilovasi “O‘zbekiston Respublikasi aholisi
va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash tizimini 2025 yilgacha
takomillashtirish Konsepsiyasi” 4ta bobdan iborat bo‘lib, 1-bobi - Umumiy
qoidalar, 2-bob - O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik
xavfsizligini ta’minlashning strategik maqsadlari, 3-bobi - O‘zbekiston Respublikasi
aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlashning ustuvor yo‘nalishlari,
4-bob - Konsepsiyaning amalga oshirilishidan kutilayotgan natijalar deb nomlanadi.
Konsepsiyaning 3-bobida 4 ta yo‘nalish belgilangan , 1 - Seysmologiya
yo‘nalishi, 2 - Bino va inshootlarning zilzilabardoshligini ta’minlash yo‘nalishi,
3 - Seysmologik kuzatuvlar tarmog‘ini takomillashtirish yo‘nalishi, Seysmik
xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi davlat boshqaruv organlari faoliyatini
muvofiqlashtirish yo‘nalishi.
Ushbu Farmonning 1a-ilovasi “O‘zbekiston Respublikasi aholisi
va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash tizimini 2025 yilgacha
takomillashtirish konsepsiyasining maqsadli ko‘rsatkichlari va indikatorlari”
16 banddan iborat bo‘lib, yillar kesimida bajariladigan tadbirlar keltirilgan.
Ushbu Farmonning 2-ilovasi “O‘zbekiston Respublikasi aholisi
va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash tizimini 2025 yilgacha
takomillashtirish konsepsiyasini 2022-2023 yillarda amalga oshirish «YO‘L
XARITASI»” 15 ta bo‘lim, 61 banddan iborat.
Yo‘l xaritasining 2-bandida Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Fanlar
akademiyasi, manfaatdor vazirlik va idoralar tomonidan 2023 yil 1 iyunga qadar
«O‘zbekiston Respublikasi aholisini zilzilaga tayyorlash tartibi to‘g‘risidagi
nizomni tasdiqlash haqida»gi Hukumat qarorini ishlab chiqish, 10-bandida
Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Fanlar akademiyasi, vazirliklar va idoralar,
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari, milliy
teleradiokompaniya bilan hamkorlikda 2022-23 yillarda “Tashkilotlarda tegishli
soha mutaxassislarini jalb etgan holda zilzila va uning oqibatlariga oid ko‘rgazmali
o‘quv-uslubiy vositalar yordamida amaliy o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish”,
11-bandida Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Fanlar akademiyasi, vazirliklar va
idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari bilan
hamkorlikda 2022-23 yillar davomida “Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish
sohasida band bo‘lmagan aholi qatlami, shuningdek, jismoniy imkoniyati
cheklangan shaxslar uchun zilzilada harakat qilishga mo‘ljallangan o‘quv-uslubiy
materiallarni tayyorlash”, 29-bandida Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Innovatsion
rivojlanish vazirligi bilan hamkorlikda “Zilzilada amaliy harakatlanishni
o‘rgatishga mo‘ljallangan ko‘chma mobil zilzila simulyatorini yaratish” mavzusida
10
maqsadli innovatsion ilmiy-texnik loyihani ishlab chiqish va amalga oshirish
va boshqa vazifalar belgilangan.