Huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya asoslari



Yüklə 148,69 Kb.
səhifə8/9
tarix25.03.2023
ölçüsü148,69 Kb.
#89785
1   2   3   4   5   6   7   8   9
KONSTITUTSIYA VA EKOLOGIK SIYOSAT Kurs ishi

Ekologik komplekslar – ma’lum hududdagi ekologik tizimlarning majmui, ya’ni hududiylik xossasi bilan tavsiflanadi. Unga ko‘ra, ma’lum makonda mavjud bo‘lgan barcha biologik mavjudotlar, ular egallab turgan hudud bilan birgalikda ekologik kompleksni tashkil etadi. Ekologik kompleks muzlik, tundra, o‘rmon tundrasi, tayga, o‘rmon, subtropik cho‘llar, o‘rmon cho‘l, cho‘l, tropik cho‘l, yarim dasht, namli subtropik, savanna, yapaloq bargli o‘rmon, tropik nam o‘rmon, tog‘, tog‘oldi va shu kabi hududlarda o‘ziga xos tusda shakllanadi.
Ekologiya (yunoncha «oikos» – uy, yashash joyi, yashash muhiti, «logos» – ta’limot) – tirik organizmlarning o‘zaro va ularning yashash muhiti bilan bo‘ladigan munosabati haqidagi fan bo‘lib, noevolyutsion tarzda rivojlanuvchi tabiat tizimidagi tirik organizmlar va ularning atrofmuhit bilan bo‘ladigan munosabatlariga doir qonuniyatlarni tadqiq qiladi.
Suvdan foydalanish – yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan suv resurslarini suv obyektidan olmagan holda ulardan o‘z ehtiyojlari uchun foydalanish.
Suvdan maxsus foydalanish – yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan suvlarning va suv obyektlarining holatiga ta’sir etuvchi maxsus inshootlar va qurilmalarni qo‘llagan holda amalga oshiriladigan suvdan foydalanish. Ayrim hollarda suvdan maxsus foydalanishga maxsus inshootlar va qurilmalarni qo‘llamagan holda, ammo suvlarning va suv obyektlarining holatiga ta’sir etadigan suvdan foydalanish ham kiritilishi mumkin.
Suvdan umumiy foydalanish – jismoniy shaxslar tomonidan suvlarning va suv obyektlarining holatiga ta’sir etuvchi maxsus inshootlar va qurilmalarni qo‘llamagan holda o‘z ehtiyojlarini hamda boshqa ehtiyojlarni qondirish maqsadida suvdan foydalanish.
Tabiiy resurs (zaxira) – tabiiy kelib chiqqan o‘simlik va hayvonot
dunyosi, yer va yer osti boyliklari, atmosfera havosi va suv obyektlaridan
kishilarning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ma’naviy va boshqa hayotiy zarur
Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish – insonlarning xo‘jalik va boshqa faoliyatlarida tabiat boyliklaridan ularning qayta tiklanish qobiliyatini saqlash, modda va energiya almashuvining tabiiy kechuvini to‘xtatmasdan, zaxiralarining umumiy hajmini hisobga olgan holda samarali foydalanish.

Yüklə 148,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin