2.2. Ekologik huquqbuzarlik uchun javobgarlik. Ekologik javobgarlik deganda axloqiy qadriyatlar, milliy va xalqaro huquq normalari tomonidan atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish maqsadida o’rnatilgan qoida va me’yorlarning biron-bir davlat, yuridik yoki jismoniy shaxslar tomonidan buzilishi oqibatida ularga nisbatan qo’llaniladigan jazo choralari tushuniladi.
Ekologik javobgarlik mazmun va mohiyatiga ko’ra uch ko’rinishda namoyon bo’ladi:
~ekologik-ijtimoiy javobgarlik;
~ekologik-iqtisodiy javobgarlik;
~ekologik-huquqiy javobgarlik.
Ekologik-ijtimoiy javobgarlikkishilarning jamoatchilik oldidagi javobgarligidir.
Ekologik-iqtisodiy javobgarlik esa iqtisodiy-huquqiy javobgarlikning bir turi bo’lib, milliy yoki xalqaro huquq normalarida belgilangan qoida va me’yorlarni buzganlik uchun iqtisodiy javobgarlik choralarini o’z ichiga oladi.
Iqtisodiy javobgarlik sifatida tabiiy resurslardan foydalanish va atrof-muhitni ifloslantirish uchun to’lovlar qo’llaniladi.
Ekologik-huquqiy javobgarlikka milliy va xalqaro huquq normalarida belgilangan ekologik munosabat qatnashchilari uchun majburiy kuchga ega bo’lgan qoida va me’yorlarni buzganlar uchun yuridik tusdagi jazo choralari qo’llanilishi kiradi.
O’zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida”gi Qonuni tabiiy muhit sharoitlarini saqlashning, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy asoslarini belgilab beradi. Qonunning maqsadi inson va tabiat o’rtasidagi munosabatlar uyg’unlikda rivojlanishini, ekologiya tizimlari, tabiat komplekslari va ayrim obyektlar muhofaza qilinishini ta’minlashdan, fuqarolarning qulay atrof muhitga ega bo’lish huquqini kafolatlashdan iboratdir.
Tabiatni muhofaza qilishning standartlari, normalari, qoidalari va boshqa normativ-texnik talablarini buzishda, shu jumladan:
●korxonalar, inshootlar, transport vositalari va boshqa obyektlarni rejalashtirish, qurish, tiklash va ta’mirlash, ulardan foydalanish yoki ularni tugatish chog’ida, ekologiya nuqtayi nazaridan xavfli mahsulotlarni chet ellarga chiqarish va chet ellardan olib kelishda hududning belgilab qo’yilgan ekologiya sig’imini, ekologiya normalari, qoidalarini buzishda;
●tabiiy boyliklardan o’zboshimchalik bilan foydalanishda, davlat ekologiya ekspertizasi talablarini bajarmaganlikda;
●tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun belgilangan to’lovni, shuningdek atrof muhitni ifloslantirganlik va unga zararli ta’sir ko’rsatishning boshqa turlari uchun kompensatsiya to’lovlari to’lashdan bosh tortganlikda;
●tabiatni muhofaza qilish obyektlarini qurish rejalarini, tabiatni muhofaza qilishga doir boshqa tadbirlarni bajarmaslikda;
●atrof tabiiy muhitni tiklash, unga bo’ladigan zararli ta’sir oqibatlarini bartaraf etish va tabiiy resurslarni takror ishlab chiqarish choralarini ko’rmaganlikda va boshqa hollarda O’zbekiston Respublikasining qonunlariga binoan intizomiy, ma’muriy, jinoiy va boshqa yo’sindagi javobgarlikka tortiladilar.
Xulosa. Xulosa qilib aytganda, Asosiy Qonunimizda belgilab berilgan normalarning hayotga keng ko’lamda joriy etilishi atrof-muhit muhofazasi, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, yurtimizda ekologik holatni sog’lomlashtirish nafaqat davlat va jamiyat, shu bilan birga, har bir fuqaroning vazifasi bo’lishga erishishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ekologik siyosatning milliy davlat chegaralaridan tashqariga chiqishi, ularning globallashuvi boshqa sotsial-iqtisodiy aloqalarda ham muhim rol o'ynaydi. Shunga ko’ra, atrof-muhit muhofazasini tartibga solib turish buyicha milliy dasturlarni xalqaro miqyosda muvofiqlashtirish zaruriyati; birinchidan, alohida davlatlar miqyosida tashkil qilingan ekologik tadbirlar jahon miqyosida tabiatni muhofaza qilish sohasida olib borilayotgan ishlarning tarkibiy qismi bo’lishi lozim. Ikkinchidan, mazkur tadbirlar samaradorligi turli mamlakatlar o’rtasidagi iqtisodiy va siyosiy qarama-qarshiliklarni bartaraf qilish imkoniyati tarzida qaralishi kerak. Uchinchidan, ekologik siyosiy munosabatlar globallashuvi obyektiv shart-sharoitlar va subyektiv omillar uyg’unligini talab etadi.
Xalqaro miqyosda ekologik siyosat glballashuvining kengayishi va chuqurlashuvi, o’z navbatida, milliy taraqqiyot xususiyatlariga differensiyal
yondashgan holda, davlat ekologik faoliyatini kordinatsiyalashni ham taqozo qiladi. Turli mamlakatlarning suvereniteti va ekologik manfaatlari va xalqaro ijtimoiy-iqtisodiy aloqalar globallashuvi uchun zamin yaratdi. Ikkinchidan har qanday davlatda ekologik vaziyatning sog’lomlashuvi o’zining ijobiy tomonlari bilan boshqa davlatlar ekologiyasini yaxshilash uchun qulay shart-sharoit hisoblanadi.
davlatlar ekologik siyosatining globallashuvi millatlararo umumiylikning chuqurlashuvi va kengayishiga, xalqaro tashkilotlar o’rtasida ijtimoiy-iqtisodiy aloqalarning mustahkamlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Eng muhumi, ekologik siyosatning globallashuvi insoniyat va davlatlararo ijtimoiy-iqtisodiy aloqalar bilan belgilanib, “inson-jamiyat-tabiat” tizimdagi faoliyat doirasini ham kengaytiradi.
Xulosa qilib aytganda, Asosiy Qonunimizda belgilab berilgan normalarning hayotga keng ko’lamda joriy etilishi atrof-muhit muhofazasi, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, yurtimizda ekologik holatni sog’lomlashtirish nafaqat davlat va jamiyat, shu bilan birga, har bir fuqaroning vazifasi bo’lishga erishishda muhim ahamiyat kasb etadi.