Tashkent State Economic University (TSEU) Department of Social Sciences
Uzbekistan, Tashkent,
E-mail:profis48_48@mail.ruMobil: +998901862005 ORCID 0000-0002-4946-4303
ABSTRACT
Pragmatism as a philosophical direction is a method that does not belong to one direction, but also a method that should be implemented in several directions. The philosophy of pragmatism serves as a mechanism for optimal action based on existing knowledge, bypassing the contradictions in science and metaphysics. The articleprovidesinformationonthesocio-economicmanifestationsofpragmatismand its effectiveness. Keywords:Method,experiment,movement,optimism,profit,success,flexibility, capital, rationality.
KIRISH
Kapitalistik mamlakatlarda, xususan AQSHda «pragmatizm» (yunoncha
«pragma» — ish, harakat soʻzidan olingan) falsafiy oqimi keng tarqalgan. Pragmatizm - Amerika tafakkurining oqimi bo'lib, unda amaliyot omili falsafaning metodologik tamoili sifatida qo'llaniladi.[1:316] Bu nazariyaning asosiy qoidalarini shakllantirgan СH.Pirs (1839–1914) pragmatizmning asoschisi hisoblanadi. Pragmatizmning asosiy g'oyasi shundaki, falsafa odamlarga hayotiy muammolarni hal qilishda yordam berishi kerak. Shuning uchun, U. Jeymsning fikriga ko'ra, pragmatizm birinchi navbatda "metod" bo'lsa, ajablanarli emas.[2:9] Ushbu metodning asosiy vazifasi: qabul qilingan qarorlar va xarakatlarning amaliy natijalarining nisbati qanday, bular odamga foyda keltiradimi kabi muammolarning yechimi xisoblanadi.
Falsafa va fanlarning orasidagi bo‘linish XVII asr o‘rtalariga to‘g‘ri keladi. Bunga fanlarning turli xil nazariyalardan amaliyotga, mavxumlikdan aniqlikka o‘tqazuvchi eksperimental usul bilan qurollanishi sabab bo‘ldi. Chunki fanlarni eksperiment va uning natijalarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Falsafa esa XIX asr o‘rtalarigacha tajribaga tayanmasdan shakllanib bordi. Faqatgina XIX asr o‘rtalaridagina falsafada "pragmatizm" deb nomlangan mutlaqo original yo'nalish
paydo bo'ldi. Pragmatistik falsafaning asosi tabiatshunoslikdagi haqiqiy tadqiqot amaliyotlarini bilish edi. Ushbu amaliyotlarni bilish pragmatist faylasuflarga bilish jarayonining asosiy xususiyatlarini va uning inson faoliyatidagi o'rnini tushunishga imkon berdi. Jon Dyui tabiatshunoslik amaliyotini o'rganishda ochib berilgan tamoyillarni o'zining ijtimoiy va siyosiy falsafasiga kengaytirib, bu tushunchaga katta hissa qo'shdi. [3]
Pragmatizmda asosiy narsa amaliy muhim natijaga yo'naltirilganlikdir. Kategoriya jixatidan pragmatizm XIX asr o‘rtalarida rivojlangan bo‘lishi mumkin lekin mavxumlikdan aniqlikka bo‘lgan xarakat insoniyat fikrlashni boshlagan davrdan beri amalga oshmoqda. Fikrlash va xarakat uyg‘unligi ma`lum bir simmetriyaga erishmasa xam, inson fikrlagan va xarakat qilgan. Xarakat va fikrlash narsalarning mohiyati va xayot ma`nosidan qat`iy nazar va qisman tushungan xolda amalga oshadi. Xuddi shu kabi pragmatizm falsafasi ham amaliyotni qisman tushinishdan kelib chiqadi. Ammo, pragmatistlarning ta'kidlaganidan farqli o'laroq, inson faoliyati atrofdagi dunyoni yaratmaydi, balki faqat insondan mustaqil ravishda mavjud bo'lgan haqiqatni o'zgartiradi. Muvaffaqiyatga erishish uchun insonning ongli faoliyati narsalarning obyektiv xususiyatlari va ularni boshqaradigan qonuniyatlarni bilishga asoslangan bo'lishi kerak. Harakat, pragmatistlar ta'kidlaganidek, bilimni istisno etmaydi, balki uni taxmin qiladi. Taxmin shundan iboratki olamning obyektiv xususiyatlari va ularni boshqarayotgan qonuniyatlar borligicha qabul qilinadi. Noto‘liq, nomukammal ma`lumotlardan foydalanib bo‘lsada optimallikka intiladi, mavjud bilimlardan foydalilarini ajratib xarakat mexanizmini shakllantiradi. Ushbu mexanizmning vazifasi ham o‘z o‘rnida inson faoliyatining asosiy mezoni bo‘lmish – moslashuvchanlikning ortib borishi va xayot ravnaqini ta`minlashdan iborat. Xarakat pragmatistlar ta`kidlaganidek bilimni istisno etmaydi balki taxminiy ravishda bilimga ko‘ra faoliyat yuritadi va eksperomentlardan olingan natijalar orqali uni boyitib boradi. Olingan bilimning obyektivligi muvafaqqiyatning davomiyligini belgilaydi. Albatta, yolg'on g'oyaga amal qilgan holda, qisman, vaqtinchalik muvaffaqiyatga erishish mumkin bo'lgan individual holatlar bo'lishi ham mumkin. Ammo bunday muvaffaqqiyat qisqa umr ko‘radi. Pragmatizm falsafasi faqatgina fikrlashni mutlaqlashtirmaydi balki fikrlash bilan birga amaliy faoliyatning ham muximligi to‘g‘risidagi g‘oyani ilgari suradi. Fiklash va harakatning simmetriyasining, fikr va harakat usulini boyitib boradi. Xarakatlarsiz fiklash shubxaga olib keladi, fikrlashsiz xarakat esa xatoliklarga yetaklaydi. Aynan shu yerda pragmatism muvaffaqiyatni ta`minlashga yo‘naltiruvchi oqim sifatida namoyon bo‘ladi. U noma`lumlikdan, erishib bo‘lmaydigan xayoliy tushunchalardan, balandparvoz maqsadlardan, og‘zaki
utopik muvaffaqqiyatlardan, konstativ tamoillardan, o‘zgarmaydigan yopiq tizimlardan yuz o‘giradi.
Pragmatizm vakillarining haqiqat muammosiga qarashlari boshqa qarashlardan ajralib turadi. Ularni asosan absolyut haqiqat to‘g‘risidagi fikrlar qiziqtirmaydi, balki borliq va ijtimoiy munosabatlar haqidagi to‘plangan ma`lumotlar ayni damda bu dunyoga mos kelsa va u vaqtinchalik natijador bo‘lsa ham, ular haqiqat xisoblanadi. Bundan kelib chiqadiki bir – birini inkor etuvchi g‘oyalar ham, paradokslar xam pragmatizm uchun haqiqat bo‘lishi mumkin. Pragmatizm dunyoni fraktal tasavvur qilishga o‘xshaydi, mening haqiqatim bu dunyoning haqiqati. Ayrim olingan dalillardan umumiy xulosa qilgan xolda, qism orqali butun tushuniladi. Haqiqatlar nisbiyligi yoki absolyutligi asrlar davomida o‘zgarishi mumkin lekin, pragmatizm uchun haqiqat ayni damda mavjud imkoniyat va aqliy arsenallardan kelib chiqqan xolda xarakat qilish mumkin bo‘lgan xaqiqat xisoblanadi. Umuman olganda pragmatizmni moslashuvchanlik falsafasi deb ham atash mumkin.
Xarakatni konstruktiv loyihalaydigan bo‘lsak, insondagi dastlabki xarakatlar instinktiv tarzda tanadagi ehtiyoj va stimullar orqali paydo bo‘ladi. Buni bir so‘z bilan ibtidoiy xarakat deyish ham mumkin. Ibtidoiy xarakatdan tashqari insondagi tafakkur tarzining davomi bo‘lmish murakkab xarakatlar ham muavjud bo‘lib ular qo‘shimcha stimullar va motivlar bilan boyitilgan bo‘ladi. To‘laqonli xarakat qilish uchun esa tafakkur shubxa va noma`lumliklardan xoli bo‘lishi kerak bo‘ladi.
Pirsning izdoshi Uilyam Jeyms (1842-1910) dunyoni bilishda determinizmning ahamiyatini inkor etadi. O‘zining mavjudligida inson kelajakni haqiqiy oldindan belgilash tuyg'usini boshdan kechiradi. O'z harakatlari orqali inson hayot sifatini yaxshilashi mumkin. Jeyms xavf va noaniqlik mavjud bo'lganda ham harakatga chaqiradi. Shu bilan birga, biz hayotimizga maqsadga muvofiqlik va to'liqlikni beradigan harakat yo'nalishini tanlashimiz kerak deya ta`kidlaydi. E'tiqod inson hayoti va faoliyatining markazidir. Shu nuqtai nazardan qaraganda, erkinlikning timsoli "energetik aql doirasi" dir. Bunday kayfiyatga asoslangan hayotiy faoliyat hayotning doimiy ma'nosini topishga, azob-uqubatlarni yengillashtirishga va mavjudlikni insoniylashtirishga imkon beradi. Din baquvvat ong doirasi bilan to'lgan inson faoliyatining axloqiy maqsadlariga erishishga yordam beradi. Din insonga hayotning salbiy va bema'nilik tuyg'usini yengishga yordam beradi. [4] U. Jeyms determenizm konstativ tamoillar orqali umid va xarakatni to‘xtatib qo‘yishini ta`kidlagan bo‘lsa, M. Veber aynan e`tiqod doirasida ratsional fikrlash tartibi bilan kapital jamg‘arishni rag‘batlantiradi.[5;16] Maqsadlilik - bu pragmatik shaxsning yana bir ijobiy shaxsiy xususiyati. U harakat qilishdan oldin g'oyani o'zi uchun, oilasi
uchun, boshqalar uchun foyda nuqtai nazaridan tushunadi. Ammo ma'lum bir g'oyaning qiymati hech qanday shubha qoldirmasa, u barcha mumkin bo'lgan yo'llar bilan maqsadga erishadi.[6] Pragmatizm to‘g‘risidagi qarashlarning tahlili shuni anglatadiki, pragmatizm rejadan xarakatga o‘tish, amaliyot, natija, shuningdek xarakatlar qiymati va foyda demakdir. Uning asosiy maqsadi tizim faoliyatini yaxshilash, optimal faoliyat yuritishni ta`minlash va foydadan iborat. Pragmatik biznes konsepsiyasining mohiyati: Biznesning pragmatik konsepsiyasi shundan iboratki, jamiyat taraqqiyoti sharoitida biznes muqarrar deb qaraladi. Bu hodisa ham zarur, ham foydalidir, shuning uchun biznes jamiyatning turli qatlamlarining o'zaro ta'siri uchun asos sifatida talqin qilinadi.
XULOSA
Bugungi jamiyatda mamlakatlarning iqtisodi o‘tgan asrlarga nisbatan shiddat bilan rivojlanib bormoqda, ushbu rivojlanish mamlakatlarning iqtisodiy salohiyatining samaradorligi bilan belgilanadi albatta. Shuningdek AQSH va Yevropada keng tarqalgan pragmatizm g‘oyalarining ta`siri ushbu mamlakatlarning iqtisodiy ko‘rsatkichlarida yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Iqtisodiy pragmatizm nafaqat foyda yoki daromadni ko‘zlamasdan balki davlat miqyosidagi g‘oyalar xilma – xilligini, ushbu g‘oyalardan optimallarini, samaradorligini obyektiv tarzda tahlil qilib uni amalga oshirishni nazarda tutadi. Pragmatizm – tadbirkorlik falsafasi sifatida samarali iqtisodiy tizimni tashkil qilish va uni joriy qilishga qaratilgan xisoblanadi. Iqtisodiyotining konstativ va variativ ko‘rinishlari uni pragmatizm doirasida ko‘rib chiqilishini dolzarb qilib qo‘yadi. Chunki pragmatizm amaliy yondashuv bo‘lishi bilan birga bozor iqtisodiyotiga yaqin bo‘lib, iqtisodiy siyosat esa prinsipial yondashuvni ham talab qiladi. Samarador iqtisodiy siyosat uchun bir vaqtning o‘zida barqaro iqtisodiy tamoillar va moslashuvchan, o‘zgaruvchan pragmatistik modellar muhim xisoblanadi. Aynan iqtisodiyotning pragmatik tamoili o‘zgaruvchanlik, moslashuvchanlikni o‘zida birlashtiradi. Pragmatizm xaos sifatida turli vaziyatlar, o‘zgaruvchan bozor bilan ishlashda tamoilga amal qilmasa, biznesni tashkillashtirshda tartibga amal qiladi. Shuningdek turli xil vaziyatlardan foyda ola bilish, istiqbolli rejalar ham iqtisodga nisbatan pragmatik qarashda namoyon bo‘ladi. Pragmatizm nuqtai nazardan qaraydigan bo‘lsak iqtisodiyotda hech bir tamoilni mutlaqlashtirish yaxshilikka olib kelmaydi, balki ularni vaziyatga qarab ishlatishni maqul ko‘radi. Masalan rejali iqtisodiyot va bozor iqtisodiyoti bir – biriga qarama - qarshi ko‘ringani bilan aslida ular bir – birini to‘ldiradi. Pragmatizm esa optimal variantlardan foydalanib uni amalda sinab ko‘rishni tavsiya qiladi.