Huquqiy mezonlari


“Zamonaviy rahbar” ning axloqiy va huquqiy mezonlari



Yüklə 121,19 Kb.
səhifə5/15
tarix13.06.2023
ölçüsü121,19 Kb.
#129528
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
ZAMONAVIY RAHBAR Diplom ishi

1.2 “Zamonaviy rahbar” ning axloqiy va huquqiy mezonlari

Mas'uliyat va javobgarlik o'zaro bog'liq sifatlar hisoblanadi.Biroq ma'suliyat javobgarlikka nisbatan kengroq tushuncha. Mas'uliyat – bu o'z zimmasidagi vazifalarini, huquqlarini anglab yetishi, o'z hatti-harakatla¬rining barcha oqibatlarini oldindan ko'ra bilish, aniq maqsad qo'yib, o'sha maqsadga erishish yo'lida izchil harkat qilish, o'z harakatlari natijalari uchun shaxsan javobgarligini o'z yelkasiga olish demakdir. Bu xususiyat ko'proq ahloqiy-ma'naviy sifatlar tarzida namoyon bo'ladi. Javobgarlik bundan farqli ravishda ko'proq huquqiy mazmun kasb etadi. Javbgarlik tor ma'noda yuridik javobgarlikni,ya'ni hatti harakatlari oqibatlari salbiy bo'lib chiqqanda, unga nisbatan qonunda belgilab qo'yilgan yuridik majburlov ta'sir choralarini qo'llash, o'zi uchun noqulayliklarni his etish, boshdan kechirish xisoblanadi. Javobgarlik bu ma'noda intizomiy, ma'muriy, fuqarolik va jinoiy javobgarlik shaklida namoyon bo'ladi. Keng ma'noda javobgarlik esa nafaqat davlat majburlov chorasi, balki jamiyat tomonidan rahbarga salbiy baho berish, obro'-e'tiborini, nufuzini pasayishi, ishonchsizlik muhitini vujudga kelishidir. Keng ma'nodagi javobgarlik rahbar vijdoni toza bo'lsa uning ruhiy iztiroblari, jismoniy azoblari tarzida ham ro'y beradi. Bu shaxsning ichki intizomi ma'suliyatni his qilish darajasiga bog'liq holatdir.Rahbarda mas'uliyat hissini shakllantirishda amaldagi qonunlar, huquq normalari alohida o'rin egallaydi. Huquq normalari rahbarlarni butun faoliyatini ikir-chikirigacha, batafsil tartibga solmagan holda, uning faoliyat printsi-


plarini belgilaydi, vakolatlari doirasini aniqlashtirib beradi. Boshqacha aytganda qonunlarga og'ishmay rioya qilgan, uning talablarini so'zsiz bajargan rahbar xech qachon noqulay ahvolga tushmaydi. Qonunlarda rahbar ma'suliyatiga taalluqli bo'lgan normalar mavjud. Ushbu normalar mazmunini har bir rahbar chuqur tushunib yetishi, anglab olmog'i lozim.
Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlari odob-axloqining yagona printsiplari va qoidalarini belgilash, ularning o'z xizmat vazifalarini vijdonan va samarali bajarishlari uchun shart-sharoitlar yaratish, davlat xizmatida suiiste'molliklarning oldiniolish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 martda “Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalarini tasdiqlash to'g'risida”gi qarori qabul qilindi.Mazkur qaror bilan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalari tasdiqlandi.Qarorda Odob-axloq qoidalari normalarining buzilishi qonun hujjatlariga muvofiq intizomiy yoki boshqacha javobgarlikka tortish uchun asos bo'lib hisoblanishi mumkinligi belgilab qo'¬yildi.Ushbu Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalari egallab turgan lavozimidan qat'i nazar, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining kasbiy odob-axloqining umumiy printsiplari va xizmatdagi xulq-atvorining asosiy qoidalari yig'indisidan iborat.
Odob-axloq qoidalari huquqbuzarlikning oldini olishga, ular sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etishga, davlat xizmatchilarini yuksak huquqiy ong, O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlariga, fuqarolarning huquq va erkinliklariga qat'iy rioya qilish ruhida tarbiyalashga yo'naltirilgan Amaldagi qonunchilikda rahbarlar, mansabdorlar ma'suliyati, javobgar¬ligini muqarrar keltirib chiqaruvchi quyidagi holatlar belgilab qo'yilgan;
– hokimiyat yoki mansab vakolatlarini suiiste'mol qilish (bunda rahbar o'z mansab vakolatini suiiste'mol o'z manfaatlari yo'lida foydalanib boshqalarni manfaatlariga zarar yetkazadi);
– hokimiyat yoki mansab vakolatidan chetga chiqish;
– mansab majburiyatlariga sovuqqonlik bilan qarash,ya'ni o'z vazifalariga loqaydlik, beparvolik yoki vijdonsizlik bilan munosabatda bo'lish oqibatida ularni bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik;
– rahbarning harakatsizligi, ya'ni o'z xizmat vazifasi bo'yicha bajarishi shart va mumkin bo'lgan vazifani bajarmasligi;
– xizmat sohtakorligi, ya'ni mansabdor shaxsning g'arazgo'ylik yoki boshqa manfaatlarini ko'zlab, rasmiy hujjatlarga bila turib soxta ma'lumotlar va yozuvlar kiritishi,hujjatlarni qalbakilashtirish yoki ataylab soxta hujjatlar tuzish va taqdim etish;
– pora olish, pora berish, pora olish – berishda vositachilik qilish;
– rahbar tomonidan davlat manfaatlariga xilof va naf keltirmasligi ayon bo'lgan bitim yoki shartnoma tuzish yoki tuzishga yordam berish.
Yuqoridagi holatlar rahbar ma'suliyatini o'ziga xos yuridik mezonlari bo'lib hisoblanadi deb aytish mumkin.
Rahbar shaxs eng avvalo ishonchga sazovor, o'z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajara olishi uchun tegishli bilim, tajriba va yuqori malakaga ega bo'lishi, ya'ni o'z sohasida kompetentli bo'lishi – bu zamon talabi. Rahbarning kompetentli ekanligi uni o'z ishining ustasi bo'lish, o'z sohasini har tomonlama chuqur bilishda namoyon bo'ladi. Kompetentlik – bu g'oyat qamrovli xususiyat. Rahbar o'z vakolati doirasidagi masalalarni hal etish layoqatiga ega bo'lishi lozim. Ayni vaqtda rahbar o'z vakolati doirasiga kirmaydigan masalalarni o'zboshimchalik hal etishdan ham o'zini tiya bilishi kerak.Siyosatshunos olim Q.Quronboyevning ta'kidlashicha,“Boshqaruv sohasi buyicha o'qimagan va tayyorgarlik ko'rmagan rahbar, o'zining shaxsiy boshqaruv usullarini yanada yuksaltirish uchun quyidagi uch manbadan foydalanishga majburdir:
-o'tmishdagi va zamonaviy rahbarlarning boshqaruv sohasidagi tajribalari va faoliyati na'munalaridan;
-sog'lom fikrdan;
-harakat va xatolar hisobiga to'plagan shaxsiy tajribasidan”.
Rahbarning kompetentligi eng avvalo uni tashkilotchilik qobiliyatida, odamlar bilan ishlay bilishi, ularni boshini qovushtirishni, qo'l ostidagi kadrlarni to'g'ri tanlash, ularga o'z bilim va malakasiga mos vazifalar topshirish xislatlarida ham o'z ifodasini topadi. Tashkilotchilik qobiliyati o'ziga xos yetakchi xususiyat xisoblanadi.
Inson yaxshi mutaxassis, olim bo'lgan taqdirda ham agarda unda tashkilotchilik qobiliyati bo'lmasa rahbar lavozimini uddalab ketishi qiyin. Tashkilotchilik qobiliyatini bevosita o'lchaydigan yuridik mezonlari mavjud emas. Tashkilotchilik – bu o'ziga xos ruhiy-ma'naviy holatlarga tayanadi. Bunda kishining boshqalar bilan bo'lgan muomalasi, kishi qalbiga yo'l topa olish, odamlarni o'ziga ishontira bilishi va o'z orqasidan ergashtira olish mahorati ham jiddiy ahamiyatga ega. Kompetentlikning tarkibiy qismi bo'lib rahbarning o'z sohasi bo'yicha chuqur bilimga egaligi hisoblanadi. Albatta, bilim darajasini aniqlashning yuridik mezonlari – muayyan mutaxassislik sohasi bo'yicha ta'lim olgani, ilmiy darajaga ega ekanligi hisoblanadi deb aytish mumkin. Rahbarning bilim saviyasi g'oyat keng bo'lib, u global miqyoslarda fikr-mulohaza yuritish imkoniga ega bo'lishi lozim.
Rahbarning malakasi uning bilimi va tajribasining uzviy mahsulidir. Tajriba o'z-o'zidan vujudga kelmaydi. Muayyan sohada muayyan davr mobaynida ishlash, faoliyat yuritish orqali tajriba orttirish mumkin. Qonunchilikda rahbarga qo'yiladigan talablardan yana bir guruhi FKning 45-m.da o'z ifodasini topgan. Bunga ko'ra davlat xizmatchisi yoxud xo'jalik yurituvchi sub'ekt rahbari o'z faoliyatini davlat yoxud korxona manfaatlaridan kelib chiqib tashkil etish, insofli, halol va oqilona harakat qilishi shart. Agar rahbar ushbu talablarga rioya qilmasa, unga nisbatan uning faoliyati natijasida davlatga yoxud korxonaga yetkazilgan zararni undirish masalasi qo'yilishi mumkin.
Rahbarning oqilona harakat qilishi uni puxta o'ylangan, masalani chuqur tushunib yetgan va eng maqbul, asoslantirilgan yechimlarni qo'llashidir. Insoflilik esa o'z vakolatini tegishli darajada vijdonan bajarishi, uni suiiste'mol qilmasligi, boshqalar manfaatlariga va qadr-qiymatiga putur yetkazmagan holda jonkuyarlik bilan faoliyat yuritishdir.
Rahbar faoliyati har doim muayyan samaraga manfaatga qaratilgan bo'ladi. Ushbu manfaat eng avvalo o'zi rahbar bo'lgan korxona manfaati, muassasa manfaati, ular oldiga qo'yilgan maqsadlarga erishish demakdir. Biroq ushbu manfaatlarni faqat tor doirada tushunmaslik ya'ni mahkamachilik xudbinligiga olib kelmasligi lozim. Rahbar umumdavlat manfaatlari, jamoa manfaati va o'z shaxsiy manfaatini uyg'unlashtirish, uning markaziga korxona manfaatini qo'yishi lozim.
Jamiyatni demokratik yangilashga yo'naltirilgan islohotlarni amalga oshirishda hokimiyat organlari tomonidan qarorlarni ijro etish borasida muayyan tajriba to'plandi va yutuqlar qo'lga kiritildi. Biroq, ta'kidlash joizki, O'zbekiston Respublikasi davlat boshqaruvi organlarida qarorlarni ijro etish intizomiga doir muammolar yo'q emas. Ayrim hollarda tashkilotlar faoliyatida ijro intizomining pastligi, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda xo'jalik birlashmalarining tashkilotchilik va nazorat faoliyatida jiddiy kamchiliklar mavjudligi, hukumat qarorlarini amalga oshirishga rasmiyatchilik bilan yondashish hollarini kuzatish mumkin. Ayni paytda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, muammoli masalalar yechimini topish hamda pirovard natijada, belgilangan maqsadlarga erishish ta'minlanmayapti. Bunday holat boshqaruv apparati barcha bo'g'inlarining tashkilotchilik, ijro va nazorat faoliyatini takomillashtirish, rahbarlar va mutaxassislarning ijro intizomini mustahkamlash, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari hamda Hukumat qarorlarining o'z vaqtida amalga oshirilishini ta'minlash yuzasidan shaxsiy javobgarligini oshirishni taqozo etadi.“...belgilangan vazifalarning va berilgan va'dalarning bajarilmasligi, qaror va ijrolarning sustligi, fuqarolar murojaatiga e'tibor bermaslik, manmanlik, qo'pollik, ma'naviy buzuqlik rahbarning ishdan chetlashtirilishiga asos bo'lishi kerak. Muammo shundaki, bunday mezonlar qonunlarda mavjud. Ammo shu mezonlarga muvofiqlik darajasini belgilaydigan yoki ma'muriy javobgarlikka tortadigan murvat yo'q. Shuning uchun ba'zan yaxshi qonunlar ham ishlamaydi”.Shu nuqtai nazardan, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvarda “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to'g'risida”gi Qarori qabul qilindi.


Yüklə 121,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin