ZAMONAVIY RAHBAR MA’SULIYATINING AXLOQIY VA HUQUQIY MEZONLARI KIRISH ....................................................................................................... 2-6
I BOB ZAMONAVIY RAHBAR MA’SULIYATIGA QOʻYILADIGAN AXLOQIY VA HUQUQIY MEZONLARINING NAZARIY METODIK ASOSLARI 1.1 “Rahbar” vа “Zamonaviy rahbar” tushunchasigа tа’riflаr ....................7-21
1.2 “Zаmonaviy rahbar” ning аxloqiy vа huquqiy mezonlari .................. 22-34
II BOB XORIJIY MAMLAKATLARDA RAHBAR SHAXSIGA QO’YILADIGAN TALABLAR , LIBERALLASHUV VA KLASSIK MEZONLAR. 2.1 Xorijiy davlatlarda rahbar shaxsiga qo’yiladigan talab va normalar...35-48
2.2 Rivojlangan davlatlar ma’muriy boshqaruvida “zamonaviy rahbar” : liberal va konservativ yondashuvlar …………………………………..... 49-57
III BOB TA’LIM MUASSASALARIDA RAHBARLARNING AXLOQIY VA HUQUQIY MEZONLARINI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI 3.1 Oliy ta’lim muassasalarida rahbar kadrlarga qo’yiladigan talablar.…58-69
3.2 Rahbar kadrlarni baholash (KRI) tartibini ishlab chiqilishi va
istiqbollari ……………………………………………………………… 70-81
XULOSA VA TAKLIFLAR FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI ILOVALAR KIRISH Tatqiqot mavzusining dolzarbligi. Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikamizdagi mustaqil huquqiy,demokiratik davlat, erkin fuqarolik jamiyat qurish yo‘lidagi ulkan ishlar inson mohiyatini yangidan kashf qilishga, uni o‘zligini anglashga, imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga va ma’naviy intilektual, aqliy-amaliy rivojlanishi uchun yangi shart-sharoitlar yaratib beradi.
Rahbar madaniyati–rahbar xodimlar yetakchilar yo‘l boshchilarga xos ma’naviy qiyofa axloq odob, muomila va boshqaruv madaniyatini ifodalovchi so‘z birikmasi. Madaniyat avvalo ma’naviy boylik xosilasi. Siyosiy madaniyati yuksak rahbar millat davlat xalq manfaati nazaridan ish tutadi, umummanfaatni o‘z shaxsiy ehtiyoj va manfaatlaridan ustun qo'yadi. Rahbar va rahbarlikka davogar shaxs alohida xulq atvorga, ma’naviyat va madaniyatga ega bo‘lish uni doimiy ravishda takomillashtirib borish zarur. Buning uchun siyosiy hayotdan xabardor bo‘lish, yoki iqtisodiy va kasbiy bilimlarni o‘zlashtirishning o‘zigina kifoya qilmaydi. Ular jahon tajribalari asosida shakllangan ilg’or boshqaruv malakalarini ham o‘zlashtirgan bo‘lishi kerak. Bugungi rahbar bunga zimmasidagi vazifalarga yuksak ma’suliyat bilan yondashish o‘ziga nisbatan talabchanlik orqali erishadi.
Siyosat iqtisod va ma’naviyatga dahildor kitoblar va mumtoz adabiyot tarixiy jarayonlarni chuqur mushohada qilish ham uning duniyo qarashini kengaytiradi.
Agar aql zakovati, ta'fakkuri, ma’naviy kamoloti, madaniyati bilan rahbar mustaqil fikirlashdan, mushohada qilishdan, kundalik voqea hodisalarni teran tahlil etib borishdan uzoqlashsa rahbarlik talab etgan ma’naviyatdan uzoqlashib boradi.
Boshqaruvda nima va qanday qilinadi, degan savollarga javob berish uchun boshqaruvning funksional tavsifini ko‘rib chiqishning muxim jihati bo‘lib, quyidagilar sanaladi:
- Boshqaruvni o‘zaro aloqadorligi va tashkilotdagi munosabatlar tizimi;
- Tashkilotning boshqaruvi va tashqi muxiti;
- Yetakchilik.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, adabiyotlarda tashkilot boshqaruvining bir qancha nuqtai nazarlari keltiriladi. Tashkilot boshqaruvining odatdagi nuqtai nazari asosan tashkilotda odamni boshqarish savollari bo‘yicha yoritiladi, boshqaruvning strategiyasi, ya'ni tashkilotni o‘zgaruvchan tashqi muxitga moslashuvi ko‘rsatiladi.
Tashkilot boshqaruvini ko‘rib chiqishning yuqori axamiyatli yondashuvi bo‘lib quyidagilar ko‘rsatiladi:
–Boshqaruvni tashkilot ichida sodir bo‘ladigan amallar nuqtai nazaridan ko‘rish;
–Boshqaruvni tashkilotning tashqi muxitga kirishishi amali xolatidan ko‘rish;
–Tashkilot boshqaruvini shu faoliyatni amalga oshirish nuqtai nazaridan ko‘rib chiqish.