Huquqiy mezonlari


Magistrlik dissertatsiyasining maqsadi



Yüklə 121,19 Kb.
səhifə2/15
tarix13.06.2023
ölçüsü121,19 Kb.
#129528
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
ZAMONAVIY RAHBAR Diplom ishi

Magistrlik dissertatsiyasining maqsadi. Oliy ta’lim muassasalariga rahbarlik qilish tizimining bugungi kundagi ahvolini o‘rganish, hamda muammolarning yechimini izlab topish bo‘yicha keraklicha matreallarini to‘plash, axloqiy va huquqiy mezonlarni o’rganish va ularni taqqoslab ilmiy tahlil qilish ko‘zda tutilgan.
Magistrlik dissertatsiyasining vazifalari:
1. Mavzuga oid ilmiy-nazariy, falsafiy, pedagogik adabiyotlarni o‘rganish va tahlil qilish.
2. Mustaqillik sharoitida madaniyat tarbiyasining rivojlanishini boshqarishda, ijtimoiy qadriyatlar va uning shakllanishida rahbar rolini ilmiy jihatdan talqin qilish.
3. Muammolarni yechish uchun tadbirlar tizimini ishlab chiqish.
4. Mavzu yuzasidan ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqish.
Mavzuning о‘rganilganlik darajasi. Ta'lim tizimida innavatsion dasturlarni ishlab chiqish, ta'lim berishning zamonaviy usullaridan foydalanish bo‘yicha vatanimiz va xorijiy davlatlar olimlari keng qamrovli ilmiy tadqiqot ishlari olib borganlar.
Pedagog olimlardan O.Jamoliddinova, O.Musurmonova, M.Urazova, N.Egamberdieva, B.B.Imanov, E.Yuzlikaeva, Sh.Sharipov, Sh.Shodmonovalarning ilmiy izlanishlarida rahbarlarda kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirishning ertangi kun kelajagi kasb-hunarga tayyorgarligini shakllantirishdagi o‘ziga xos jihatlari, kreativlik sifatlarini rivojlantirishga ta’sir etuvchi ijtimoiy omillar, shaxs faolligi, shuningdek, rahbarlarda tanqidiy, kreativ tafakkurni shakllantirish yo‘llari va shakllari, mavjud pedagogik shart-sharoitlar, didaktik ta’minoti, shuningdek pedagogik kreativlik mazmuni yoritib berilgan.
Rahbarlarda o‘z-o‘zini ijodiy faolashtirish, kreativ ishlanmalar (mahsulotlar)ni yaratishga xizmat qiluvchi shaxsga yo‘naltirilgan erkin ta’lim muhitini tashkil etish A.A.Abduqodirov, N.N.Azizxodjaeva, U.Sh.Begimqulov, J.F.Yo‘ldoshev, Yu.Kruglova, I.Ridanova, V.Slastenin, N.Sayidahmedov, O‘.Tolipov, G.Chijakova, B.Xodjaevlarning ilmiy tadqiqot ishlarida asoslangan.
Tadqiqot obyekti : Magistrlik dissertatsiyasining ob’ekti bo‘lib O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga tegishli ta’lim muassasalaridan Jizzax viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari tanlangan. Hududlarda oliy ta’lim muassasalarini iqtisodiy va tashkiliy jihatdan boshqarish borasidagi munosabatlar tadqiqot predmeti sifatida belgilangan

Yüklə 121,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin