KPI ko‘rsatkichlari sonini aniq belgilash. Kaplan va Nortonlarning fikricha 20 tadan, Xoup va Freyzerlarlarning fikricha 10 tadan oshmasligi kerak deyilgan. Boshqalar esa “10/80/10” qoidasi, ya’ni, 10 ta muhim natijadorlik ko‘rsatkichlari, 80 ta ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari va 10 ta muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari bo‘lishi kerak deb tavsiya etgan. Davlat boshqaruv organlarining yuqori bo‘g‘in rahbarlarga 25 ta, o‘rta bo‘g‘in rahbarlariga 10 ta va qolgan xodimlarga 5 ta ko‘rsatkichlarni tanlash maqsadga muvofiq hisoblanadi.
KPI ko‘rsatkichlarini to‘g‘ri tanlash. Tashkilotning asosiy maqsadidan, qonunchilikda belgilangan funksional vazifasidan kelib chiqib ko‘rsatkichlarni to‘g‘ri tanlash kerak.
Xodimlarga sharoit yaratish. Rahbarlarga boshqarish va nazoratni to‘liq amalga oshirish uchun yetarlicha sharoit, vakolat va imkoniyatlar yaratib berish kerak. Shuningdek, moddiy texnika bazasini ham takomillashtirib berish kerak.
Umumiylik. Tashkilotning bosh maqsad ko‘rsatkichlari bilan uning tarkibiy bo‘limlari o‘rtasidagi ko‘rsatkichlar doimo korrelitsiya qilinib borilishi kerak.
Shaffof tizim. Xodimlarda ish samaradorlikni yanada oshirish uchun KPI bo‘yicha maxsus o‘quv-seminarlar o‘tkazish kerak.
Rag‘batlantirish. KPI bo‘yicha erishilgan natijalarga qarab rag‘batlantirish mexanizmini ishlab chiqish va xodimlar bundan to‘liq xabardor etilishi kerak (motivatsiya uchun).
Doimiy monitoring o‘tkazish. O‘z vaqtida ko‘rsatkichlarga ta’sir etuvchi tashqi omillarni aniqlash va ularni bartaraf etish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Shuningdek, vaziyatga qarab ko‘rsatkichlarni o‘zgartirib turish ham mumkin.10
Xulosa oʻrnida taʼkidlash joizki, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan joriy etilgan hokim va uning oʻrinbosarlari faoliyati samaradorligini kompleks baholash tizimi, shak-shubhasiz, mahalliy hokimliklar oʻrtasida sogʻlom raqobatning paydo boʻlishiga, rahbarlarni natijadorlikka yoʻnaltirish, ularning hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi faoliyati samaradorligini oshirish orqali xalq farovonligiga xizmat qiladi.
1 www.ziyonet.uz.
2 www.edu.uz hukumat portali
3 Yo’ldoshev J. Malaka oshirish - ta'lim-tarbiya omili.-T.: O’qituvchi, 1993. 136-b.
5Karimov I.A.O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va tarqqiyot kafolatlari.-
T.: “O‘zbekiston” 1997.112-130 betlar.
6 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-apreldagi PF5987-sonli Farmoni
7 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847-son Farmoniga 1-ILOVA
8 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847-son Farmoniga 1-ILOVA