KPI tizimini tadbiq etish bo‘yicha puxta reja ishlab chiqish (mas’ullarni belgilash, tashkilotni aniqlash, amaliyotga tadbiq etish muddatlarini belgilash va boshqalar);
KPI tizimini tadbiq etish bo‘yicha huquqiy asosni yaratish(mos modelni tanlash, huquqiy bazani takomillashtirish, strukturani optimallashtirish, KPI bo‘yicha hisobot shakllarini ishlab chiqish va boshqalar);
KPI tizimi bo‘yicha avtomatlashtirilgan dastur yaratish(tanlangan KPI modeli bo‘yicha dastur ishlab chiqish, dastur bo‘yicha mas’ullarni o‘qitish va boshqalar);
KPI tizimini amaliyotga tadbiq etish(tanlov asosida tashkilot va hududlarni ajratish, qolganarda ham bosqichma bosqich joriy etish, tizimning ishlashi, maqsadi bo‘yicha xodimlar malakasini oshirish va boshqalar);
KPI tizimi samaradorligini monitoring qilish(tizimning ishlashi va natijadorligi bo‘yicha ma’lumotlarni to‘plash, tahlil qilish, ko‘rchatkichlar to‘g‘ri yoki xato tanlanganligini o‘rganish, aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etish va boshqalar).
Ushbu tizim faqatgina ma’lum bir vaqt mobaynida, ya’ni davr ichida yuqori samara berishini hisobga olish kerak. Shu sababli, tizimni doimiy monitoring qilib, kerak bo‘lsa eng muhim ko‘rsatkichlarni yangilab borish talab etiladi.
Shuningdek, KPI yuqori samara berishi qo‘lga kiritilgan natija bilan ketgan resursga ham alohida e’tibor qaratish lozim.
Faqat natijani orqasidan quvib, sarflanayotgan resurslarga e’tibor qaratilmasa, natijani beradigan resurslarsiz qolib ketish mumkin. Aksincha, faqat resurslarni tejash bilan ham yuqori natijani qo‘lga kiritish mumkin emas.
Ya’ni, yuqori samaradorlik kutilgan natija va minimal sarflangan resurslarning o‘zaro bog‘liqligi natijasida yuzaga keladi. Shu sababli natijadorlikni ham, samaradorlikni ham hisobga olish kerak, ular o‘rtasida doimo balansni ushlab turish kerak.
KPI tizimi bo‘yicha yuqori samaradorlikka erishish uchun quyidagilarga amal qilish tavsiya etiladi: