Huquqiy mezonlari


mutaxassislik boʻyicha mustaqil malaka oshirish



Yüklə 121,19 Kb.
səhifə10/15
tarix13.06.2023
ölçüsü121,19 Kb.
#129528
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
ZAMONAVIY RAHBAR Diplom ishi

mutaxassislik boʻyicha mustaqil malaka oshirish;
muqobil malaka oshirish;
taʼlim dasturlari asosida ixtisoslashtirilgan qayta tayyorlash va malaka oshirish muassasalarida bevosita oʻqish shakllarini oʻz ichiga oladi.
Bunda rahbar va pedagog kadrlarga ularning kasbiy, oʻquv-metodik va ilmiy-pedagogik faoliyati natijalaridan kelib chiqib, muqobil malaka oshirish yoki taʼlim dasturlari asosida oʻqish shakllarini tanlash imkoniyati beriladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2019-yil 1-sentyabrdan boshlab:
rahbar va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida ishdan ajragan holda toʻgʻridan-toʻgʻri (bevosita) oʻqish umumiy davomiyligini 144 soat etib belgilash;
rahbar va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazlarida professor-oʻqituvchilarning sonidan kelib chiqib belgilanadigan, kamida 3 ta shtat birligidan iborat taʼlim texnologiyalari kafedralarinitashkil etish;
rahbar va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazlarida samarali dars berayotgan professor-oʻqituvchilar, tajribali amaliyotchi mutaxassislar faoliyati tahlilidan kelib chiqib, ularga bazaviy lavozim maoshining 30 foizigacha oylik ustamalar belgilash, shuningdek, mashgʻulotlar oʻtkazish uchun soatbay ish haqi toʻlash shartlari bilan jalb etilgan malakali professor-oʻqituvchilar, tajribali amaliyotchi mutaxassislarni soatbay haq toʻlash miqdorining 20 foizigacha koʻpaytirilgan holda moddiy ragʻbatlantirish;
pensiya yoshidagi, uch yoshga toʻlmagan farzandi bor ayollar hamda nogironligi boʻlgan rahbar va pedagog kadrlarning qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida oʻqishini masofaviy shaklda tashkil etish;
rahbar va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazlarining qoʻshimcha taʼlim xizmatlari koʻrsatish asosida ishlab topgan byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan ushbu markazlar xodimlari lavozim maoshlariga yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashning tasdiqlangan razryadlariga koʻra 200 foizgacha ustama haq toʻlash;
oliy taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy va tarmoq markazlari tuzilmasiga xalqaro hamkorlik boʻyicha mutaxassis lavozimini kiritish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Ta’lim sifatini yaxshilash borasidagi ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish va amaliyotga tatbiq etish jarayonlarini jadallashtirish maqsadida davlat oliy ta’lim muassasalari (O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi tizimidagi oliy ta’lim muassasalari bundan mustasno) rahbar xodimlarining xorijiy mamlakatlarga xizmat safariga chiqishini bo‘ysunuvi bo‘yicha tegishli vazirlik va idorani xabardor qilgan holda amalga oshirish tartibi joriy qilinsin.6
Bunda oliy ta’lim muassasasi rahbar xodimlari tomonidan xorijiy mamlakatga xizmat safari oldidan asosiy ma’lumotlar, jumladan mamlakat nomi, tashrif maqsadi va rejasi, safar natijalari yuzasidan esa oliy ta’lim muassasasi kengashiga amalga oshirilgan ishlar va xarajatlar to‘g‘risida taqdim etilgan hisobot oliy ta’lim muassasasi veb-saytiga joylashtiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda — Konsepsiya) oliy ta’lim tizimini ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, fan, ta’lim va ishlab chiqarishning mustahkam integratsiyasini ta’minlash asosida ta’lim sifatini yaxshilash, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-iyuldagi PQ-4391-son “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan ishlab chiqilgan.7
Konsepsiya O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’limni rivojlantirishning strategik maqsadlari, ustuvor yo‘nalishlari, vazifalari, o‘rta va uzoq muddatli istiqboldagi bosqichlarini belgilaydi hamda sohaga oid dasturlar va kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun asos bo‘ladi.
oliy ta’lim bilan qamrov darajasini oshirish, xalqaro standartlar asosida yuqori malakali, kreativ va tizimli fikrlaydigan, mustaqil qaror qabul qila oladigan kadrlar tayyorlash, ularning intellektual qobiliyatlarini namoyon etishi va ma’naviy barkamol shaxs sifatida shakllanishi uchun zarur shart-sharoit yaratish; sohada sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, uning jozibadorligini oshirish, jahon miqyosidagi raqobatbardoshligini ta’minlash. Uzoq istiqboldagi maqsadli vazifalardan kelib chiqib, oliy ta’lim tizimini rivojlantirish quyidagi ustuvor yo‘nalishlar asosida amalga oshiriladi: oliy ta’lim bilan qamrovni kengaytirish, oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish; ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni joriy etish; oliy ta’lim muassasalarida ilmiy-tadqiqot ishlari natijadorligini oshirish, yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish, ilm-fanning innovatsion infratuzilmasini shakllantirish; ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar ta’sirchanligini oshirish; yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash jarayoniga kadrlar buyurtmachilarini faol jalb etish; oliy ta’lim muassasalarining moliyaviy mustaqilligi va barqarorligini ta’minlash, moddiytexnik ta’minotini mustahkamlash; oliy ta’lim muassasalarini tizimli rivojlantirish va boshqaruv faoliyatini takomillashtirish; korrupsiyaga qarshi kurashish, shaffoflikni ta’minlashning ta’sirchan mexanizmlarini joriy etish; oliy ta’lim tizimining investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, xalqaro miqyosda tanilishi va raqobatbardoshligini ta’minlash.
Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlashning maqsadli parametrlarini Investitsiya dasturlari, hududiy va tarmoq dasturlari, vasiylik kengashlari talablari, jahon miqyosidagi texnologik o‘zgarishlarni inobatga olgan holda shakllantirish, ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarini optimallashtirish, bunda STEAM yo‘nalishlarini (aniq fanlar, texnologiya, injiniring, ijodiy san’at va matematika) rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish; oliy ta’lim muassasalarining quvvati, ilmiy salohiyati va boshqa asosiy ko‘rsatkichlaridan kelib chiqqan holda to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlarini oliy ta’lim muassasasi tomonidan mustaqil belgilash tizimini bosqichma-bosqich joriy etish; davlat granti asosida kadrlar tayyorlash parametrlarini bosqichma-bosqich oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida tanlov o‘tkazish yo‘li bilan taqsimlash mexanizmlarini joriy etish; xotin-qizlarning oliy ta’lim olishga bo‘lgan huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish, ta’lim olishda gender tengligi tamoyillari ustuvorligini ta’minlash, mahallalar, umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida muntazam ravishda xotin-qizlarni oliy ta’limga keng jalb qilishga yo‘naltirilgan keng targ‘ibot ishlarini olib borish; ta’limning uzluksizligiga erishish maqsadida umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va oliy ta’lim dasturlarining uyg‘unligi va izchilligini ta’minlash; oliy ta’lim muassasalarining o‘quv rejalarini kredit-modul tizimiga o‘tkazish mexanizmlarini ishlab chiqish va ularni bosqichma-bosqich mazkur tizimga o‘tkazish; individual ta’lim trayektoriyalariga asoslangan, talabalarda kreativ fikrlash, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan o‘quv rejalar ishlab chiqish orqali talabalar qiziqishlari hamda kadrlar buyurtmachilari ehtiyojlariga muvofiq ta’lim dasturlarini shakllantirish, ularni tasdiqlash bo‘yicha oliy ta’lim muassasalariga bosqichma-bosqich akademik mustaqillik berish; mustaqil ta’lim soatlari ulushini oshirish, talabalarda mustaqil ta’lim olish, tanqidiy va ijodiy fikrlash, tizimli tahlil qilish, tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish, o‘quv jarayonida kompetensiyalarni kuchaytirishga qaratilgan metodika va texnologiyalarni joriy etish, o‘quv jarayonini amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirish, bu borada o‘quv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilg‘or pedagogik texnologiyalar, o‘quv dasturlari va o‘quv-uslubiy materiallarni keng joriy etish; talabalar bilimini baholash tizimi texnologiyalarini takomillashtirib borish va xolisonaligini ta’minlash, jumladan baholashning talabalar bilan bevosita aloqasiz shakllarini rivojlantirib borish; fanlarni o‘zlashtirishda talabalar orasida sog‘lom raqobatni rivojlantirish mexanizmlarini ishlab chiqish; o‘quv rejalarida fanlar sonini nomutaxassislik fanlari hisobiga bosqichma-bosqich kamaytirish hamda tutashlikdagi fanlarni tanlov fanlari ro‘yxatiga kiritish; gumanitar va pedagogik yo‘nalishlarda kadrlar tayyorlash sifatiga e’tiborni kuchaytirish, pedagogik ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv reja va dasturlarini ilg‘or xorijiy tajriba asosida qayta ko‘rib chiqish va takomillashtirish, mazkur yo‘nalishda tahsil olayotgan talabalarda ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirish, pedagogik ta’lim infratuzilmasini yaxshilash, hududlardagi barcha umumta’lim maktablariga xorijiy tillarni o‘zlashtirgan, yuqori malakali professional pedagog kadrlarni yetkazib berish; ilg‘or xorijiy tajribalar asosida oliy ta’lim muassasalariga yuqori malakali pedagog kadrlarni maqsadli tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirib borish; oliy ta’lim muassasalarida o‘quv-uslubiy faoliyat uchun mas’ul bo‘lgan mutaxassislar malakasini muntazam oshirib borish; ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha xorijiy tillarda o‘qitiladigan mutaxassislik fanlari salmog‘ini oshirib borish; magistratura talabalarining yuqori saviyada ilmiy izlanishlar olib borish, pedagogik faoliyat yuritish, boshqaruv, tanqidiy fikrlash va tizimli tahlil qilish qobiliyatiga ega bo‘lishi uchun mazkur ta’lim bosqichi o‘quv reja va dasturlarini muntazam takomillashtirib borish; o‘quv adabiyotlari sifatini yaxshilash, zamonaviy o‘quv adabiyotlarini yaratish tartibini soddalashtirish, eng yangi xorijiy adabiyotlarni xarid qilish va tarjima qilish ishlarini jadallashtirish, xorijiy adabiyotlardan qo‘shimcha yoki muqobil o‘quv adabiyotlari sifatida foydalanishni kengaytirish, kutubxonalar fondlarini muntazam ravishda yangilab borish; tanlov asosida aniqlangan va o‘quv adabiyotlariga mualliflik qilayotgan professoro‘qituvchilarning yillik o‘quv yuklamasini taqsimlash mexanizmini takomillashtirish, bunda ularning umumiy yillik yuklamalarida o‘quv adabiyotlarini yaratish uchun ajratilgan vaqtni dars o‘tish yuklamasi vaqti hisobidan oshirishni nazarda tutish; imkoniyati cheklangan talabalarga ko‘rsatiladigan ta’lim xizmatlari turlarini ko‘paytirish va ularning sifatini yaxshilash, ta’limda inklyuziv jarayonlarni rivojlantirish, adaptiv texnologiyalarni joriy etish; barcha oliy ta’lim muassasalarida dars mashg‘ulotlari bo‘yicha talabalar fikrini o‘rganish (feedback) hamda o‘zaro tashrif (peer review) tizimini rivojlantirish asosida talabalarga ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sifatini yaxshilab borish; fan sohalari bo‘yicha professor-o‘qituvchilarning kasbiy muloqot maydonchalarini yaratish, ta’lim sifatini ta’minlash jarayoniga talabalarni keng jalb etish hamda “tyutorlik” tashkiliy-metodik yordam tizimini joriy etish orqali talabalarning mustaqil ta’lim olish faoliyatini rivojlantirish; xorijiy mamlakatlar tajribasidan kelib chiqib, talaba-yoshlarning akademik faoliyati, muammolari va turmush tarzi, o‘quv jarayoni hamda yaratilgan sharoitlar bo‘yicha talabalar fikrmulohazalarini o‘rganish maqsadida ular o‘rtasida har yili respublika miqyosida milliy so‘rov o‘tkazish; oliy ta’lim muassasalari, qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida o‘quv-pedagogik va ilmiy faoliyat yuritish uchun xorijlik yuqori malakali professor-o‘qituvchilar va mutaxassislar, ta’lim va ilm-fan sohasida faoliyat yuritib, salmoqli yutuqlarga erishgan, yurt rivojiga hissa qo‘shish istagida bo‘lgan xorijdagi vatandoshlarni jalb etish, bu borada ularga akademik va infratuzilmaga oid qulayliklar yaratib berish; yuqori malakali professor-o‘qituvchilar, olimlarni ta’lim jarayoniga jalb qilishning samarali mexanizmlarini yaratish, muayyan ko‘rsatkichlar asosida ularning faoliyatini baholash tizimini rivojlantirish; oliy ta’lim muassasalarida milliy hamda xalqaro baholash tizimlari sertifikatlariga ega bo‘lgan, xorijiy tillarni mukammal o‘zlashtirgan professor-o‘qituvchilar va talabalar ulushini tizimli ravishda oshirib borish; “El-yurt umidi” jamg‘armasi ko‘magida professor-o‘qituvchilarni xorijiy mamlakatlarda malaka oshirish, stajirovka o‘tash, magistratura va doktoranturada o‘qitish orqali ularning kasbiy mahoratini oshirib borish; ko‘p yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan amaliyotchi mutaxassislarni ta’lim jarayoniga keng jalb qilish, professor-o‘qituvchilarning tegishli soha korxona va tashkilotlarida stajirovka o‘tashini tizimli tashkil etish; ijtimoiy soha va iqtisodiyotning barcha tarmoqlari mutaxassislari uchun uzluksiz malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimlarini joriy etishning me’yoriy-huquqiy va o‘quv-metodik asoslarini takomillashtirib borish, bu borada masofaviy ta’lim imkoniyatlaridan keng foydalanish; oliy ta’lim muassasalarida talabalarning ishdan ajralmagan holda o‘qishini ta’minlash maqsadida sirtqi va kechki ta’lim shakllarida kadrlar tayyorlashni rivojlantirish, bunda raqamli texnologiyalarga asoslangan zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish; iqtisodiyotning zamonaviy talablariga muvofiqlikni ta’minlash maqsadida davlat ta’lim standartlarini takomillashtirib borish; talabalarning ishlab chiqarish, malakaviy va boshqa turdagi amaliyotlarini mazmunli tashkil etish uchun uslubiy bazani ishlab chiqish va rivojlantirib borish; respublika oliy ta’lim muassasalariaro ichki akademik mobillik dasturlarini, o‘zaro tajriba almashish mexanizmlarini amaliyotga tatbiq etish; xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik doirasida professor-o‘qituvchilar va doktorantlar akademik mobilligi dasturlarini rivojlantirish; oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirishda ichki nazorat va hisobdorlik mexanizmlarini takomillashtirish; oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayonlarida bitiruvchilarning attestatidagi o‘rtacha bahoni inobatga olgan holda, ta’lim yo‘nalishlariga mos bo‘lgan fanlardan milliy va xalqaro baholash tizimlari sertifikatlariga ega bo‘lgan abituriyentlarni oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tajribasini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish; milliy baholash tizimi sertifikatlari taqdim etiladigan fanlar ro‘yxatini kengaytirish, bunday xizmatlar ko‘rsatadigan davlat va nodavlat muassasalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash; oliy ta’lim muassasalari fan olimpiadalarini o‘tkazish tartibini takomillashtirish, shaffoflikni ta’minlash, baholash mexanizmlarini xalqaro olimpiada va tanlovlar mezonlariga moslashtirish.
Ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni joriy etish Ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni joriy etish bo‘yicha quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi: raqamli iqtisodiyot uchun yuqori malakali muhandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini tashkil etish; zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ta’lim texnologiyalarining mustahkam integratsiyasini ta’minlash, bu borada pedagog kadrlarning kasbiy mahoratini uzluksiz rivojlantirib borish uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish; ta’lim jarayonlarini raqamli texnologiyalar asosida individuallashtirish, masofaviy ta’lim xizmatlarini rivojlantirish, vebinar, onlayn, “blended learning”, “flipped classroom” texnologiyalarini amaliyotga keng joriy etish; zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida masofaviy ta’lim dasturlarini tashkil etish; ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar, seminarlarni onlayn kuzatish va o‘zlashtirish imkonini beruvchi, shuningdek ularni elektron axborot saqlovchilarga yuklovchi “E-MINBAR” platformasini amaliyotga joriy etish, ta’lim jarayonlarida “bulutli texnologiyalar”dan foydalanish; masofadan turib foydalanish imkonini beruvchi elektron kutubxona tizimini keng joriy etish, talabalarning oliy ta’lim muassasasida o‘qishni tamomlaganlaridan so‘ng kutubxona fondi, axborot bazalaridan foydalanishini yo‘lga qo‘yish orqali ularning kasbiy malakasini uzluksiz oshirib borish imkoniyatlarini kengaytirish; milliy elektron ta’lim resurslari yaratilishini jadallashtirish, xorijiy elektron ta’lim resurslarini tarjima qilish ishlarini tashkil etish, ta’lim jarayonida elektron resurslar salmog‘ini bosqichma-bosqich oshirib borish, elektron o‘quv adabiyotlar yaratish, ularni mobil qurilmalarga yuklab olish maqsadida kutubxonalarda QR-kod yordamida elektron resurslar haqidagi axborotlarni joylashtirish tizimini yaratish; oliy ta’lim muassasasining konferensiya materiallari, bitiruv-malakaviy ishlar, magistrlik va doktorlik dissertatsiyalaridan iborat ilmiy-texnik ma’lumotlar elektron bazasini yaratish, kelgusidagi ilmiy-texnik ma’lumotlar yangiligini ta’minlash maqsadida antiplagiat tizimidan foydalanishni keng joriy etish; ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarining o‘ziga xosligidan kelib chiqib, ta’lim jarayonida xalqaro miqyosda keng qo‘llaniladigan zamonaviy dasturiy mahsulotlardan foydalanishni rivojlantirish; oliy ta’lim muassasalaridan olinadigan turli hisobot va ma’lumotlar sonini keskin kamaytirish, ularni tayyorlashning qog‘oz shaklidan voz kechish, boshqaruv tizimi va o‘quv jarayonlari, kutubxona va hujjatlar aylanmasini elektronlashtirishni ta’minlovchi “Elektron universitet” platformasiga bosqichma-bosqich o‘tish, ta’lim jarayoni ishtirokchilari faoliyati samaradorligini monitoring qilishning elektron tizimini joriy etish; oliy ta’lim muassasalari pedagog xodimlari, bakalavriat, magistratura talabalari va doktorantlariga oid ma’lumotlarni o‘zida aks ettiruvchi va muntazam yangilanib boruvchi elektron baza (Student Record System) yuritilishini yo‘lga qo‘yish asosida uning milliy tizimini yaratish; xalqaro moliya tashkilotlari ko‘magida oliy ta’lim sohasidagi o‘quv-uslubiy, me’yoriyhuquqiy hujjatlar, statistik ma’lumotlar, shuningdek davlat interaktiv xizmatlari ko‘rsatishga doir ma’lumotlarni o‘zida mujassam etgan va muntazam yangilanib turadigan oliy ta’limning yagona axborot platformasi — “Oliy ta’lim boshqaruvi axborot tizimi”ni ishga tushirish, unda vakant o‘rinlarga o‘tkazilayotgan tanlovlarga oid e’lonlarni hamda arizalarni onlayn qabul qilish imkoniyatlarini nazarda tutish.
Oliy ta’lim muassasalarida ilmiy-tadqiqot ishlari natijadorligini oshirish, yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish, ilm-fanning innovatsion infratuzilmasini shakllantirish Oliy ta’lim muassasalarida ilmiy-tadqiqot ishlari natijadorligini oshirish, yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish, ilm-fanning innovatsion infratuzilmasini shakllantirish bo‘yicha quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi: oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish uzviy bog‘liqligini nazarda tutuvchi “Universitet 3.0” konsepsiyasini bosqichmabosqich joriy etish; xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish, pullik xizmatlar ko‘lamini kengaytirish va boshqa budjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga oliy ta’lim muassasalari tarkibida texnopark, forsayt, texnologiyalar transferi, startap, akselerator markazlarni tashkil etish hamda ularni tegishli tarmoq, soha va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tadqiq qilish va prognozlashtirish bo‘yicha faoliyat olib borishlarini ta’minlash; professor-o‘qituvchilar, ilmiy izlanuvchilar, doktorantlar, magistratura va bakalavriat talabalarini tashkil etiladigan texnoparklarda ilmiy va innovatsion faoliyat olib borishlariga erishish; budjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga startap loyihalari asosida tijoratlashtirish salohiyati yuqori bo‘lgan yangi mahsulotlar va texnika-texnologiyalarni yaratish orqali oliy ta’lim muassasalari huzurida ilmiy-tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etish bilan shug‘ullanuvchi “spin-off” va “spinout” korxonalarini tashkil etish, akademik tadbirkorlikni rivojlantirish; xalqaro SsiVal axborot-tahlil tizimi yordamida jahondagi ilmiy-tadqiqot natijalarini tahlil qilib borish asosida ilm-fanning ilg‘or yutuqlari bilan uyg‘un rivojlanishini ta’minlash; nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar chop etish faoliyatini qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini joriy etish; oliy ta’lim muassasalari ilmiy jurnallarining Scopus, ScienceDirect va boshqa xalqaro ilmiytexnik ma’lumotlar bazalariga bosqichma-bosqich kiritilishini ta’minlash; fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish, mavjud ilmiy maktablarni saqlab qolish va yangilarini yaratish, ularning kadrlar salohiyatini mustahkamlash, bunda iqtidorli yoshlarning ilm-fanga keng jalb etilishini rag‘batlantirish; xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasiga kiruvchi nufuzli ilmiy nashrlarda maqolalar e’lon qilish orqali faoliyatining ilmiy natijalari xalqaro darajada tan olinishini belgilovchi ko‘rsatkich “Xirsh” indeksi (h-indeks) yuqori bo‘lgan olimlar, professor-o‘qituvchilar hamda yosh ilmiy izlanuvchilarni budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan moddiy rag‘batlantirib borish tizimini joriy etish; oliy ta’lim muassasalarida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar sifatini ko‘tarish, ularni statistik, texnik va boshqa ma’lumotlar bilan ta’minlash mexanizmlarini yaratish, bu borada tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlarni qabul qilish; professor-o‘qituvchilar tarkibining ilmiy daraja va unvonlarga ega xodimlar yoshi nuqtai nazaridan optimal nisbatiga erishish; ilmiy-tadqiqot muassasalari olimlarini ta’lim jarayoni va ilmiy rahbarlikka jalb qilish, magistratura va doktorantura bosqichlaridagi ilmiy ishlarni mazkur ilmiy-tadqiqot muassasalarida olib borilishi hamda himoya qilinishini ta’minlash; jahon ilmiy tadqiqotlar bozori tendensiyalaridan kelib chiqib, har bir oliy ta’lim muassasasida (fakultet, kafedra va laboratoriyalar kesimida) ilmiy tadqiqotlarni tor va fanlar tutashligidagi sohalarga ixtisoslashtirish, ularni ishlab chiqarish va hududiy rivojlanish ehtiyojlariga moslashtirish, qiyosiy ustunlikka ega bo‘lgan istiqbolli ilmiy yo‘nalishlarni belgilash, ushbu yo‘nalishlarda yuqori malakali professor-o‘qituvchilar va talabalar salmog‘ini oshirish;
Oliy ta’lim muassasalarini tizimli rivojlantirish va boshqaruv faoliyatini takomillashtirish Oliy ta’lim muassasalarini tizimli rivojlantirish va boshqaruv faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:
a) kadrlar tayyorlash sifati va ko‘lamini inobatga olgan holda oliy ta’lim muassasalarini quyidagi toifalarga ajratish va ularni rivojlantirish strategiyalarini belgilash: birinchi toifa — flagman universitetlar (O‘zbekiston Milliy universiteti va Samarqand davlat universiteti); ikkinchi toifa — ilm-fan va innovatsion markaz funksiyasini bajaruvchi hududiy oliy ta’lim muassasalari; uchinchi toifa — sohalar uchun ta’lim va ilmiy tadqiqotlar bo‘yicha tayanch muassasalar rolini bajaruvchi tarmoq oliy ta’lim muassasalari;
b) institut maqomidagi oliy ta’lim muassasalari faoliyati ko‘lamini kengaytirish va institutsional salohiyatini kuchaytirish orqali ularni universitetga aylantirish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish;
v) oliy ta’lim muassasalarini ularning quvvati, ilmiy salohiyati va boshqa asosiy ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib bosqichma-bosqich yiriklashtirib borish;
g) tajriba tariqasida davlat ulushining 51 foizdan kam bo‘lmagan qismini saqlab qolgan holda ayrim davlat oliy ta’lim muassasalarini (oliy harbiy ta’lim muassasalari bundan mustasno) davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, ularda korporativ boshqaruv tamoyillarini joriy etish;
d) oliy ta’lim sohasini rivojlantirish bo‘yicha hujjat loyihalarini ishlab chiqish va muhokama etishda Respublika oliy ta’lim kengashi nufuzi va faolligini oshirish, mas’uliyatini kuchaytirish, oliy ta’lim muassasalarida jamoatchilik nazoratining zamonaviy mexanizmlarini joriy etish;
e) oliy ta’lim tizimida boshqaruv jarayonlarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida optimallashtirish, davlat interaktiv xizmatlari ko‘lamini kengaytirish;
j) oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirishda strategik rejalashtirish tamoyillarini joriy etish, bunda vasiylik kengashlari mas’uliyati va rolini oshirish;
z) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi funksiyalarini xorijiy tajriba asosida takomillashtirish, bunda ta’lim sifatini baholashning yangi mexanizmlarini joriy etish, kadrlar buyurtmachilari va talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan milliy so‘rov natijalarini chuqur tadqiq qilish orqali muammolarni bartaraf etish, davlat va nodavlat ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini ta’sirchan instrumentlar yordamida nazorat qilib borish, bitiruvchilar sifati va ularning ixtisosligi bo‘yicha ishga joylashish masalalariga e’tibor qaratish;
i) ta’lim sifatini nazorat qilish va oliy ta’lim muassasalari reytingini yuritishning nodavlat tizimini yaratish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilash;
y) oliy ta’lim muassasalarida ishga qabul qilish va yuqori lavozimlarga tayinlashda oliy ta’lim tizimi rivoji uchun o‘zining munosib hissasini qo‘shuvchi kadrlarni tanlash, ularning faoliyati, professional xususiyatlari, soha oldidagi alohida xizmatlarini adolatli va xolisona baholashni nazarda tutuvchi meritokratiya tamoyillarini qo‘llash, rahbarlik lavozimlariga tayinlashda gender tengligi tamoyillariga qat’iy rioya qilish;
k) oliy ta’lim muassasalari rahbarlik lavozimlariga zaxira kadrlarni shakllantirish, maqsadli o‘qitish va tayyorlash samaradorligini oshirish;
l) oliy ta’lim muassasalari rahbar xodimlarini rotatsiya qilish mexanizmini joriy qilish8



Yüklə 121,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin