Huquqiy mezonlari


«Amaliy natijadorlik va xalq manfaatlarini roʻyobga chiqarish har bir Hukumat aʼzosi faoliyatini baholashning asosiy mezoni boʻlishi shart



Yüklə 121,19 Kb.
səhifə12/15
tarix13.06.2023
ölçüsü121,19 Kb.
#129528
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
ZAMONAVIY RAHBAR Diplom ishi

«Amaliy natijadorlik va xalq manfaatlarini roʻyobga chiqarish har bir Hukumat aʼzosi faoliyatini baholashning asosiy mezoni boʻlishi shart...
Bosh vazir va Hukumat aʼzolaridan boshlab ijro hokimiyati organlarining barcha darajadagi rahbar va xodimlari faoliyatiga natijadorlik mezonlari (KRI) asosida baholash tizimini joriy etish maqsadga muvofiqdir.
Ushbu tizimni xalqaro reyting va indeks koʻrsatkichlari bilan uygʻunlashtirish talab etiladi. Binobarin, ulardagi baholash mezonlarining barchasi xalqimizning mushkulini oson etishga xizmat qiladi».
Davlatimiz rahbari belgilab bergan ustuvor vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan mahalliy hokimliklar rahbarlari faoliyatini eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI, EMSK) asosida baholash tizimi joriy etildi.
Jumladan, 2020-yilning 1-choragida 12 ta tuman va shahar hokimliklarida eksperiment sifatida boshlangan baholash tizimi yil yakunida respublikaning barcha tuman va shaharlarida tatbiq etildi.
Baholash tizimiga koʻra, endilikda tuman (shahar) hokimi va uning oʻrinbosarlari faoliyati avvaldan belgilangan aniq koʻrsatkichlar (amalda 72 ta) va maqsadli indikatorlar asosida har chorakda baholab borilmoqda. Eng muhimi, koʻrsatkichlar har bir hokim oʻrinbosari kesimida belgilangan boʻlib, har bir rahbarning hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qoʻshgan hissasi va erishgan natijalarini aniq belgilash imkonini beradi.
Shu bilan birga, har bir hokim oʻrinbosarlarining erishgan natijalarini jamlash asosida hokim faoliyatiga baho beriladi. Mazkur holat oʻz navbatida, tuman (shahar) hokimliklarida jamoaviy muhitni shakllantirib, umumiy natija uchun butun hokimlik tashkiliy tizim imkoniyatlarini safarbar etishga turtki boʻladi.
Baholash tizimining amaliyotga tatbiq etilishi natijasida har chorakda barcha tuman (shahar) hokimlari va ular oʻrinbosarlarining reytingi shakllantirib borilmoqda. Bu mahalliy hokimliklar rahbarlari oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini yaratib, ularning oʻzaro musobaqalashuv asosida yuqoriroq natijalarga erishishini ragʻbatlantirmoqda.
Baholash tizimini amaliyotda tatbiq etilishi natijasida har chorakda barcha tuman (shahar) hokimlari va ular oʻrinbosarlarining reytingi shakllantirib borilmoqda. Reyting shakllantirilishi mahalliy hokimliklar rahbarlari oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini shakllantirilib, ularning oʻzaro musobaqalashuv asosida yuqoriroq natijalarga erishishini ragʻbatlantirmoqda.
Quyida Namangan viloyati tuman (shahar) hokimliklarining 2021-yil 1-chorak reytingi natijalari misol tariqasida keltirilgan.
Xuddi shunday, Respublikaning barcha hududlari boʻyicha reytinglar shakllantirilgan. 
Baholash tizimini joriy etish bosqichidagi yana bir yangilik — bu mahalliy hokimliklar faoliyatiga bevosita aholining oʻzi va mahalla raislari tomonidan baho berish amaliyotining yoʻlga qoʻyilganidir.
Xususan, Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga Murojaatnomasida islohotlarimiz natijalari, boʻlayotgan oʻzgarishlar va aholining kayfiyati avvalo mahallada sezilishi, shuning uchun barcha darajadagi rahbarlar pastga tushib, oʻz sohasi boʻyicha mahallalardagi muammolarni oʻrganishi va ularga yechim topishi, odamlar sezadigan natijani taʼminlashi shartligi hamda bundan buyon mahalladagi ishlarning ahvoli vazirlik, idoralar va hokimliklar ishini baholashda bosh mezon boʻlishini qayd etgandi. Ushbu topshiriq va koʻrsatmalardan kelib chiqqan holda, mahalliy hokimliklar faoliyatini baholash tizimida nafaqat samaradorlik koʻrsatkichlari, balki aholi va mahalla raislarining qoniqishini ham aks ettiruvchi mexanizmlar joriy etildi.
Yaʼni, endilikda baholash boʻyicha shakllantiriladigan reytingda aholi va mahalla raislari oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrov natijalari ham inobatga olinmoqda. Bunda yakuniy baholashning 50 foizini eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari (EMSK) tashkil etsa, 30 foizi aholi oʻrtasida va 20 foizi mahalla raislari oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrovnoma natijalari asosida shakllantirilmoqda (2-rasm).
Tabiiy savol tugʻiladi: amalda joriy etilgan baholash tizimi oʻzini qanchalik oqlamoqda? Kutilganidek natijadorlik oshdimi yoxud amaldagi yana bir byurokratik jarayonni yuzaga keltirdimi? Bu borada agentlik tomonidan oʻtkazilgan tahlillar natijasida baholash tizimi joriy etilgan hududlarda tegishli koʻrsatkichlarning yaxshilanishi boʻyicha joriy etilmagan hududlarga nisbatan ustunlikka erishilganligini koʻrish mumkin (3-rasm).
Tahlilni davom ettirib, hududlarda EMSK asosida baholash tizimi joriy etilgandan keyingi oʻzgarishlar solishtirilganda ham tegishli tuman (shahar) hokimliklari faoliyatida natijadorlik oshganini koʻrish mumkin (Dastlab eksperiment tarzida baholash tizimi joriy etilgan 12 ta tuman (shahar)larning 2020-yil 1-chorak va 3-chorakdagi natijalarining solishtirmasi 4-rasmda).
Baholash natijalari tuman va shaharlarda hokim oʻrinbosarlarining 432 nafari (36,5 foiz) oʻz faoliyatini samarasiz, 376 nafari (31,8 foiz) oʻrtacha va 375 nafari (31,7 foiz) samarali tashkil etganligini koʻrsatdi.
Qayd etish lozimki, mazkur koʻrsatkichlar hududlarda ish tashkil etish va rahbarlarning mazkur sohadagi bilim va koʻnikmalarida yetarli muammolar mavjudligini namoyon etdi.
Mazkur muammolarni oʻrganish va hokim oʻrinbosarlarining bilim hamda koʻnikmalariga aniq tashxis qoʻyish maqsadida Agentlik tomonidan ularning sifat tarkibi tahlili oʻtkazildi.
Xususan, test, 360-daraja usulida soʻrovnoma hamda soha mutaxassislari ishtirokida suhbatlar oʻtkazish orqali hokim oʻrinbosarlarining bilim va kasbiy koʻnikmalari darajasi aniqlandi.
Natijalar aksariyat hokim oʻrinbosarlarida bilim va amaliy koʻnikmalar bugungi kun talablariga mos emasligini koʻrsatdi.
Shundan kelib chiqib, Agentlik tomonidan aniq tahlillar asosida har bir hududning oʻziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda bilim va koʻnikmalarni rivojlantirishga qaratilgan malaka oshirish kurslari tashkil etildi. Malaka oshirish kurslari joylarga chiqqan holda hamda onlayn ravishda olib borildi.
Kurslarda 1 ming 121 nafar tuman (shahar) hokim oʻrinbosarlari va
1 ming 189 nafar hokimlik mutaxassislarining malakasi oshirildi (5-rasm).
Malaka oshirish jarayonlaridagi tashkiliy yuklamani kamaytirish, tezkor oʻzgarishlar sharoitida davlat xizmatchilari malakasini uzluksiz oshirib borish maqsadida Ilm.argos.uz elektron platformasi joriy etildi (6-rasm). Mazkur platforma orqali hozirga qadar 36 ming 137 nafar davlat xizmatchilari qamrab olindi, jumladan, hokim oʻrinbosarlarining malaka oshirish kurslari ham mazkur platforma orqali tashkil qilindi.
Malaka oshirish kurslari davomida hokim oʻrinbosarlarining kasbiy bilimlari va koʻnikmalari rivojlantirildi. Kurslarda eng asosiy eʼtibor ularning rejalashtirish koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratildi. Natijada aksariyat koʻrsatkichlari talab darajasida boʻlmagan hokim oʻrinbosarlari oʻz faoliyatini yaxshilash boʻyicha harakatlar rejasini ishlab chiqdi. Rejalashtirishda aniq muddatlar, ijrochilar va resurslar belgilandi. (namunaviy shakl 7-rasmda)
Baholash natijalariga koʻra, yuqori koʻrsatkichlarga erishgan hokim oʻrinbosarlarini ragʻbatlantirish va aksincha, natijadorligi past boʻlganlarga nisbatan tegishli taʼsir choralarini qoʻllash tizimning toʻgʻri ishlashi va belgilangan maqsadlarga erishishda harakatlantiruvchi kuch boʻlib xizmat qiladi. Aynan shu maqsadda hozirda mahalliy hokimliklar rahbarlari tomonidan yuqori natijadorlikka erishgan tuman (shahar) hokimlari oʻrinbosarlari pul va qimmatbaho sovgʻalar bilan ragʻbatlantirib borilmoqda. Shuningdek, quyi koʻrsatkichni qayd qilgan 10 dan ortiq tuman (shahar) hokimlari oʻrinbosarlari egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
Bundan tashqari, hokim oʻrinbosarlarini yuqori lavozimga tayinlash masalasini koʻrib chiqishda baholash natijalari inobatga olinmoqda. Bu esa davlat fuqarolik xizmatida meritokratiya prinsiplari joriy etilayotganligining yorqin namunasidir.
Baholash jarayonlarining inson omilidan xoli boʻlgan xolis
va shaffof boʻlishini taʼminlash maqsadida Agentlik tomonidan baholash tizimini raqamlashtirish boʻyicha elektron platforma ishlab chiqildi hamda hozirgi kunda sinovdan oʻtkazilmoqda. (8-rasm)
Elektron platformada har bir hokim va uning oʻrinbosarlari tomonidan onlayn ravishda amaldagi EMSK prognoz koʻrsatkichlari va ularga erishish natijalarini kuzatib borish, oʻzlarining harakat dasturlarini yuklash imkoniyati koʻzda tutilgan. Asosiysi, elektron platformadagi reyting maʼlumotlari ochiq boʻlib, nafaqat mahalliy hokimlik vakillari, balki aholi tomonidan ham oʻz hududidagi rahbarlar faoliyati natijalari bilan tanishish imkoniyati yaratilmoqda.
Shu bilan birga, hozirda aksariyat aholi tomonidan hokimliklar faoliyatiga ijtimoiy tarmoqlardagi fikr-mulohazalar, hokimlarning shaxsi bilan bogʻliq boʻlgan voqea-hodisalar asosida baho berib kelinadi. Biroq hokimlik rahbarlarining hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha erishayotgan natijalariga qarab baho berish koʻnikmasi va imkoniyati keng jamoatchilikda mavjud emas. Aynan baholash jarayonlarining raqamlashtirilishi va ochiq boʻlishi mahalliy hokimliklar faoliyati shaffofligini taʼminlash bilan birgalikda, aholida hudud rahbarlariga haqiqatda erishayotgan natijalari asosida kompleks baho berish amaliyotini shakllantiradi.
Bu, oʻz navbatida, oʻtkazilayotgan soʻrovnoma natijalari ham obyektiv va xolis boʻlishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Raqobat rivojlanib borayotgan hozirgi zamonaviy bozor iqtisodiyotida inson resurslaridan samarali foydalanish ahamiyati tobora oshib bormoqda. Bu borada tashkilot (idora, muassasa va korxona) va xizmatchilar faoliyati samaradorligini baholashga alohida e’tibor qaratish lozim. Bu borada xalqaro tajribada davlat xizmatining samaradorlik ko‘rsatkichlari KPI - Key Performance Indicator – Eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari orqali baholanib kelinadi.
Bunda samaradorlik tashkilot tomonidan qo‘lga kiritilgan natijaning ma’lum bir vaqt mobaynida maqsadga erishish uchun sarflangan xarajatiga nisbatan aniqlanadi. 
KPI – bu tashkilot (idora, muassasa va korxona)lar va xizmatchilar faoliyatini belgilangan talab darajasida olib borilishini yoki belgilangan maqsadga erishishni nazorat qiluvchi, baholovchi samaradorlik yoki natijadorlik ko‘rsatkichi deb ham yuritiladi. Qisqacha aytganda, KPI - belgilangan maqsad bo‘yicha “o‘lchov moslamasi”. Binobarin, maqsad bilan bog‘liq bo‘lmagan ko‘rsatkichlar orqali KPIni aniqlash mumkin emas.
Ingliz tilida mazkur tushunchalar “samaradorlik ko‘rsatkichlari” (“performance indicators”), “eng muhim natijadorlik ko‘rsatkichlari” (“key results indicators - KRI”) va “muvaffaqiyatlarning muhim faktorlari” (“critical success factors”) kabi terminlar orqali ifodalanadi.

Yüklə 121,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin