6-Topshiriq. Matnni o‘qing.
O’z faoliyatingizda shu narsalarga amal
qilasizmi?
Nutqning tо‘g‘riligi. Nutqiy madaniyatning muhim belgilaridan biri fikrni
tо‘g‘ri, mazmunli bayon qilishdir. Adabiy tilning fonetik-orfoepik, leksik-semantik
va grammatik meyorlari talablariga mos keladigan nutq tо‘g‘ri nutqdir.
Nutqning
talaffuz madaniyati til materiallarini tо‘g‘ri, ifodali talaffuz qilish bilan bog‘liqdir.
Bunga sо‘z va iboralarning tо‘g‘ri diksiyasi, sо‘z va mantiqiy urg‘u, intonatsiya va
pauzaga e’tibor qilish orqali erishiladi. Masalan: qatlama, hozir kabilar. Nutqda
mantiqiy urg‘udan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Masalan: Semiz papkali
kishi keldi, Onasiz bola о‘ynamas kabi gaplarning ma’nosi urg‘uning
qaysi gap
bо‘lagiga tushishiga kо‘ra turli ma’nolarni anglatishi mumkin. Madaniy nutqda
sо‘zlarning tо‘g‘ri talaffuz qilinishi eng muhim shartlardan biridir. Ayrim sо‘zlarni
eskirgan shaklda talaffuz qilish (ishkop, parishta), talaffuzi birbiriga yaqin
sо‘zlarning farqiga bormay (tip-tif), e’tiborsizlik natijasida x tovushi о‘rnida h ni
(shoh-shox), u tovushi о‘rnida о‘ (ulkan-о‘lkan) ni, ruscha о‘zlashmalardagi о‘
tovushi о‘rnida o (kollej) ni talaffuz qilish g‘ayri me’yoriydir.
Intonatsiya tufayli
sо‘zlarning ma’no ifodalash imkoniyatlari kengayadi.Odatda, intonatsiya nutq
sо‘zlanib turgan vaziyatda yuzaga keladi va u nutqiy talabga kо‘ra har xil
kо‘rinishda bо‘ladi. Masalan: keling sо‘zi ohangiga kо‘ra
samimiyat, norozilik,
masxaralash kabi qator ma’nolarni ifodalashi mumkin. Bahor sо‘zi gap intonatsiyasi
bilan aytilmasa sо‘zligicha turaveradi, ammo tegishli intonatsion modelga muvofiq
aytilsa darak, sо‘roq, undov gaplarga aylanadi. Tо‘g‘ri nutq tuzish uchun fikrni har
tomonlama mazmunli, ifodali qiluvchi sо‘z va sо‘z variantlarini topa bilish, ularni
о‘z о‘rnida ishlata olish muhimdir. Sо‘zning lug‘aviy ma’nosini tushunmaslik uni
xato qо‘llashga olib keladi. Masalan: G‘ofir Solihboyning qiroli edi. Sinonimlar
nutqni ta’sirchan qilish bilan birga, turli qaytariqlarning oldini olib, uni ravon qiladi.
Nutqda sinonimlardan ularning ma’no va uslubiy nozikliklarini tо‘la anglagan holda
foydalanish lozim aks holda nutqiy g‘alizlik vujudga keladi. Masalan: ozg‘in, oriq.
Tо‘g‘ri nutqqa qо‘yiladigan talablardan biri uning grammatik jihatdan tо‘g‘ri
shakllanishidir.
Jumladan, qaratqich kelishigining belgili va belgisiz qо‘llash
muammolar bor. Gapning ma’nosi, mazmuniga putur yetmasa, qaratqich kelishigi
tushirib qoldiriladi. Ba’zi hollarda qaratqich kelishigi qо‘shimchasining tushirib
qoldirilishi axborotni xiralashtiradi, fikrni chalg‘itadi:
Askar otasi deb yozganda,
matnni о‘qib chiqmasdan turib, gap kim haqida boryotganligini bilib bо‘lmaydi: gap
askarning otasi haqidami, yoki askar birovning otasimi? Unda fakultetlarning
ma’naviyat va ma’rifat masalalari bо‘yicha dekan о‘rinbosarlari qatnashdi. -
Fakultet dekanining ma’naviyat va ma’rifat masalalari bо‘yicha о‘rinbosarlari
qatnashdi.
Dostları ilə paylaş: