Hattotlik maktablari haqida ma’lumot.
Xattot va madaniy hayot. Sharq xalqlari, shu jumladan, o’rta Osiyo
xalqlarining madaniy tarixi eng qadimiy va ko’p sohalarda yuksak taraqqiyot
bosqichiga erishilganligi bu kunda butun dunyo ilm-fan axli tomonidan e’tirof
etilgan haqiqatdir. O’rta Osiyo xalqlari o’z o’tmishida bir necha dafa iqtisodiy,
siyosiy va madaniy taraqqiyot davrini boshidan kechirgan.
Arablar istilosidan so’ng IX-XI asrlarda o’rta Osiyoda, ayoniqsa, Xorazmda
madaniy va ilmiy tafakkur beqiyos barq urib gulladi. Jahonga tanilgan al-Farobiy,
Ibn Sino, al-Beruniy singari ulug‘ mutafarkir olimlar dahosidan xozirgacha
bashariyat bahramand bo‘lib kelmoqda. Shuni alohida qayd etish zarurki, bu
porloq davr arab istilosining mahsuli emas, aksincha, arab istilosiga qadar o’rta
Osiyoda mavjud bo’lgan xorazmiylar va so’g’diylarning uzoq asrlik boy
madaniyatining qonuniy taraqqiyotidan iborat bolgan. Arab istilosiga qadar o’rta
_______
G’ulomov.M, “Boshlang’ich sinf o’quvchilarini husnixatga o’gatish” T. O’qituvchi 1970,
“Chiroyli yozuv malakasini shakllantirish” T. O’qituvchi 1992, “Husnixat metodikasi” T.
O’qituvchi 1976.Abdullayev. I “Hamrohim” o’quv qo’llanma” T. O’qituvchi 1996, “Sovg’a”
o’quv qo’llanmasi T. O’qituvchi 1996, “Yangi alifbo va imlo” T. O’qituvchi 2000
Osiyo xalqlari, shu jumladan, turkiy xaqlar (ayniqsa, uyg’urlar) yaratgan
madaniy obidalar fikrimizning isbotidir. Ayniqsa, 1965 yili Samarqandda ochilgan
Afrosiyob arxeologik yodgorliklari arablarga qadar o’rta Osiyo xalqlarining
mislsiz taraqqiyot darajasida ekanini yana bir marta tasdiqlaydi.
23
XIII-XIV asrlarda mo’g’ullar O’rta Osiyoni vayron qilib, obod shaharlarni
xarobaga aylantiradilar. Madaniy yodgorliklar parchalanib, ilm-fan xazinasi
bo’lgan minglab qo‘lyozma kitoblar gulxanlarda kuydiriladi. Mo’g’ul bosqinchilari
qancha barbod bermasinlar, ijodkor xaq o’z madaniy merosini ardoqlaydi, eng
og’ir va mashaqqatli hollarda madaniy hayot olg’a tomon boraveradi.
XIV-XV asrlarda Temuriylar davrida o’rta Osiyo feodalizm jamiyatida
qisqa muddatli bo‘lsa ham markazlashgan feodal davlati joriy qilinib, mamlakat
hayotida iqtisodiy, siyosiy va madaniy yuksalish ro’y berdi. Ayniqsa, XV asr
Hirotda, Samarqandda o’rta Osiyo xadlqlari madaniyati o’zining eng porloq
davrini boshidan kechirdi. Mirzo Ulugbek, Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy,
Xondamir, Behzod, Sulton Ali va Mirzo Bobir bu davrning aql egalaridan
bo’lganlar.
XVI asrning boshidan safaviylar va shayboniylar hokimiyat tepasiga kelishi
bilan iqtisodiy va madaniy hayot asta-sekin inqirozga yuz tuta boshlaydi.
XIX asrga kelganda, ayniqsa, o’rta Osiyoning Rossiya bilan iqtisodiy va
siyosiy aloqalari kuchaya borgan sari madaniy hayotda yana kotarilish roy bera
boshladi.
Shunday qilib, IX asrdan to XX asrgacha, taxminan 1000 yillik tarixida o’rta
Osiyo xalqlarining ilm-fan va ma’naviy madaniyat sohasida yaratib qoldirgan
buyuk merosi bizning davrimizgacha, asosan, qo’lyozma kitoblar shaklida etib
kelgandir.
Arab yozuvida kitobat qilingan ming yillik madaniy meros nasldan-naslga
qo‘lyozma shaklida o’tib kelgan. Shu qolyozma kitoblar tufayligina o’rta Osiyo
xalqlari ota-bobolari yaratib qoldirgan madaniy merosdan bahramand bo’lganlar.
Shu qo’lyozma tufayli O’rta Osiyodagi har bir xalq, har bir millat o’z tarixiga ega
bo’lgan. Nihoyat, shu qo’lyozmalar tufayli o’rta Osiyo xalqlari jahon madaniyat
tarixi taraqqiyotiga o’z hissasini qo’sha olgan.
Bu qo’lyozma kitoblarning muallif tomonidan parcha-parcha qog’ozlarga
yozilib ijod etilgandan so’ng, uni oqqa ko’chirib, kitob tusiga kirituvchi g’oyat
24
murakkab, mashaqqatli, ayni vaqtda sharafli vazifani bajaruvchi shaxs kitob
bo’lgan. Kotiblik da’fatan qaraganda kishiga bir texnik vazifaga o’xshab ko’rinadi.
Kitob go’yo muallifning yaratgan asarini harfma-harf ko’chiruvchi kishidek bolib
tuyuladi. Haqiqatda esa bunday emas.
O’rta asr tarixida va u davrdagi madaniy hayotda kitobatlik hunari eng
sharafli va muqaddas vazifa hisoblangan. Avvalombor kotibning savodli
bo’lishining o’zi feodalizm sharoitida ko’p vaqt hokimlar, amirlar savodsiz bo’lgan
bir paytda uni (kotibni) yuqori mavqega olib chiqadi. Ikkinchidan, kotib kitobat
qilish munosabati bilan har bir ko’chirgan kitobning mazmunini o’zlashtira boradi.
Shuning natijasida haqiqiy kotib o’z zamonasining o’qimishli ilm-ma’rifat egalari
qatoridan joy oladi. Demak, o’rta asr Sharq mamlakatlarida kitob ko’chirish bilan
shug’ullangan xattotlarni biz oddiy ko’chiruvchilik vazifasini bajaruvchi shaxs deb
emas, balki har bir xattotni o’z zamonasining o’qimishli ma’rifatparvar, ilg‘or
ziyolisi va yirik madaniyat arbobi deb tushunishimiz kerak.
Arab yozuvi O’rta Osiyoga islom dini bilan kirib kelgan. Shu sababli arab
mamlakatlaridagi va shuningdek, O’rta Osiyodagi bir gurux xattotlar Qur’on
hamda diniy kitoblarni ko’chirish bilan shug’ullanganlar. O’z zamonasida
nihoyatda muqaddas hisoblangan «kalomi sharif», din, shariat haqidagi kitoblarni
kochirish vazifasi har kimning qolidan kelavermagan.
Bulardan tashqari tarixdan yana shu narsa ma’lumki, o’rta asrlar yashagan
bir qancha olim, shoir va fozil kishilar yoshlikdan xattotlik san’atini egallab,
keyinchalik kotiblikda ham nom chiqarganlar. Bunday ulug’ zotlar faqat o’z
asarlarinigina kitobat qilmasdan, balki boshqa mualliflar asarini hamko’chirganlar.
Masalan, Hofiz Sheroziy Xusrav Dehlaviyning «Xamsa»sini ko’chirgan. Temuriy
bolalaridan bir nechalari (Boysunqor Mirzo, Rolib Mirzo, Badiuzzamon) kitobat
bilan shugullanganlar. Alisher Navoiyning mohir xattot ekanligi tarixiy
manbalardan ma’lum. Mirzo Bobir arab grafikasining turkiy xalqlarga moslab
islox qilingan engil yozuv «xatti boburiy»ni ijod etgan. Munis Xorazmiy xattotlik
san’ati haqida «Savodi ta’lim» nomli risola yozgan va Alisher Navoiyning
25
«Xamsa»sini nihoyatda go’zal xat bilan ko’chirgan. Nihoyat, Buxoro xattotlik
maktabining so’ngi vakillaridan XIX asrning buyuk olimi, ensiklopedik aql egasi
Axmad Donish o’ndan ortiq zebo qo’lyozmalar ko’chirib qoldirgan.
Ibn Bavvobning xat san’ati haqidagi risolasidagi asosiy g’oyalar keyinchalik
juda ko’p risolalarda taraqqiy ettiriladi va yangi amaliy maslahatlar, nazariy fikrlar
bilan boyitiladi.
Biroq Ibn Bahob ixtiro etgan xat namunalari haqida XVI asrgacha, deyarli,
hech qanday aniq ma’lumot yo’q. Faqat XV asrning II yarmida yashab 908/1502-
03 yilda vafot etgan arab xattotlaridan Muhammad bin Hasan al-Tibiy o’zining
risolasida Ibn Bahob Tomonidan 17 xil xat ixtiro etilganligini to’la ravishda bayon
qiladi hamda bu 17 xil xatni Ibn Bawob yozgan mo’tabar nusxalardan ko’chirib,
ularning nomlarini birma-bir ko’rsatadi. Muxammad Bin xasan al-Tibbiy risolasini
arab olimlaridan doktor Saloxdddin al-Munajjid 908/1502-03 yilda ko’chirilgan
nusxasini 1962 yilda faksimal shaklida nashr qildirgan va unga katta so’z boshi
yozgan.
Mazkur risola orqali biz Ibn Bavvobga nisbat berilgan xat namunalari bilan
tanishish imkoniga egamiz.
Arab xatining husnixatdagi eng muhim qoidalari va turlarini mashhur
ixtirochi Ibn Bawob 36 tur xatdan tubandagi 16 turini Ibn Muqladan keyin ixtiro
qilnganligi va takomillashtirganini XVI asr (1519 yil)da yashagan ulug’ xattot
Muhammad binni Hasan Tibiy o’zining «Jome’i mahosini kitobat ul-kuttab» nomli
asarida Ibn Bawob usulidan suratlarini yozib ko’rsatgan.
O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Abu Rayhon Beruniy
nomidagi Sharqshunoslik instituti qolyozmalar fondida mavjud minglab kitoblar va
kitobat san’ati, husnixat togrisidagi qator risolalarda berilgan ma’lumotlardan
husnixat san’ati o’rta Osiyo xalqlarining ma’naviy madaniyat tarixida etakchi rolp
o’ynagan san’atlardan bolgan degan xulosa chiqarish mumkin.
O’rta Osiyoda xattotlik san’atinining keng taraqqiyoti Temur va Temuriylar
davridan boshlanadi. Husnixat san’ati dastlab Xuroson poytaxti Hirotda rivojlanib,
26
u erda Sulton Ali Mashhadiy boshliq yirik xattotlik maktabi tashkil topadi.
Maktabning o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, bu erda, asosan, XIV asrda
Mir Ali Tabriziy yaratgan nasta’liq xat uslubi Sulton Ali tomonidan
takomillashtiriladi. Bu uslub yirik va mayda nasta’liq kitobat ishlarida keng
qollanib, badiiy va tarixiy asarlar faqat nasta’lish xatida kitobat qilingan. Diniy va
ba’zi ilmiy asarlar esa nasx xatida ko’chirilgan. Kofiy, riqo’. Sulsva nasx xatlari
esa ko’proq me’morchilik, naqqosh san’atida va Sharq epigrafiyasida ishlatilgan.
Dostları ilə paylaş: |