I -bob. Keys bilan ishlash


Keys-stadi metodining kelib chiqishi haqida ma’lumot



Yüklə 408,94 Kb.
səhifə4/10
tarix07.02.2023
ölçüsü408,94 Kb.
#83256
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Informatikani o’qitishda keys-stadi metodidan foydalanish

Keys-stadi metodining kelib chiqishi haqida ma’lumot.
Ushbu metod dastlab 1920 yilda Garvard biznes maktabida qoʻllanilgan. Garvard biznes maktabining oʻqituvchilari biznes yoʻnalishidagi aspirantura boʻlimi uchun toʻgʻri keladigan darsliklarning mavjud emasligini tez anglaydilar. Ushbu masalani yechish uchun biznes maktabining oʻqituvchilari tomonidan qoʻyilgan dastlabki qadam yetakchi biznes amaliyotchilaridan intervyu olish hamda mana shu menedjerlarning faoliyati, unga ta’sir etuvchi omillar yuzasidan batafsil xisobot yozish boʻldi. Ma’ruza tinglovchilarga u yoki bu tashkilot toʻqnash kelgan konkret vaziyat, ushbu vaziyatni tahlil etish va mustaqil ravishda yoki jamoa boʻlib munozara tashkil etish asosida uning yechimi topish tarzida taqdim etilar edi. Keyinchalik keys metodi biznes yoʻnalishidagi ta’lim muassasalarida keng targʻib etilgan. Hozirgi kunda esa, kasbiy kompetentlikni rivojlantirish nuqtai nazaridan mazkur metod tarafdorlari koʻpayib bormoqda.

KEYS MAZMUNINING TARKIBIY TUZILISHI

Keys-stadining oʻziga xosliklari.

  1. Izlanishga doir faoliyatning mavjud boʻlishi.

  2. Jamoaviy va guruhlarda oʻqitish.

  3. Individul, guruhli va jamoaviy ish shakllari integratsiyasi.

  4. Xilma-xil oʻquv loyihalarini ishlab chiqish.

  5. Muvaffaqiyatga erishish uchun oʻquvchi(talaba)larning oʻquv-bilish faoliyatini ragʻbatlantirish.

Keys‑stadi ta’lim uslubi sifatida quyidagi didaktik o‘ziga xos xususiyatlarga ega

  • Keysda taqdim etilgan aniq vaziyat ta’limning voqelik bilan o‘zaro aloqasini ta’minlaydi, chunki u kelgusidagi kasbiy faoliyat uchun tipik muammolarni aks ettiradi. Bunda o‘rganish jarayoni, o‘z mohiyatiga ko‘ra, real hayotda yechimni qabul qilish mexanizmini ifodalaydi.

  • Keys undan foydalanuvchiga muammolarni tahlil etish, bir xillashtirish va hal qilish yo‘llarini izlashda erkinlik beradi.

  • Keysni ko‘rib chiqishda talabalar ta’lim jarayonining tashkilotchilariga aylanadilar va bir-biri bilan o‘zaro bahamjihat harakat qilish orqali real kommunikatsion holatlarni ifodalashadi (masalan, bank - korxona).

  • Ta’lim oluvchilar aniq vaziyatni ko‘rib chiqish jarayonida muayyan umumlashgan, konseptual tusga ega bilimni shakllantirishga muvaffaq bo‘ladilar va ayni bir paytda oddiy umumlashtirish malakalarini orttiradilar.

  • Amaliy vaziyatlarga asoslangan mashg‘ulotlar nazariy tayyorgarlik davrida olingan bilimlar, shuningdek talabalarning o‘z malaka va mahoratlaridan foydalanish va amalda qo‘llanishga yo‘naltiriladi.

  • Keys bilan ishlash natijalarining ommaviy taqdim etilishi taqdimotlar o‘tkazish va matbuot anjumanlarida qatnashish: axborotni lo‘nda, mantiqan va ko‘rgazmali tarzda taqdim etish, savolni ifodalay bilish va javobni dalillash malakalarini hosil qilishga ko‘maklashadi.

  • Keys‑stadi ta’limning boshqa uslublaridan farqli ravishda nafaqat ta’lim berish va trening, shu bilan birga diagnostik/nazoratchilik funksiyalarini ham bajaradi




Case-study metodining g’oyalari juda soddadir:
1. Metod fanlar bo'yicha bilimlar olish uchun mo'ljallangan, ularda haqiqat plyuralistikdir, ya'ni qo’yilgan savolga bir ma'noli javob mavjud bo'lmay, bir necha javoblar bo'lib, ular bir-biri bilan haqiqat darajasi bo'yicha raqobatlashadi; o’qitish vazifasi bu holda ana'anaviy sxemadan chetlashadi va bir emas bir necha to’g’ri javoblarni olishdan va ularni muammo maydoniga mo'ljallashdan iborat bo'ladi.
2. O’qitish aktsenti tayyor bilimni egallashga emas balki uni ishlab chiqishga talaba va o’qituvchining hamkorligiga qaratilgan bo'ladi; case-study metodining ana'anaviy metodlardan printsipial farqii shundaki – bilimlar olish jarayonida demokratiya mavjud bo'lib, bunda talaba boshqa talabalar va o’qituvchi bilan muammoni muhokama qilish jarayonida teng huquqlidir.
3. Metodni qo’llash natijasida nafaqat bilimlar, hatto kasbiy faoliyat malakalari olinadi.
4. Vaziyatni tahlil qilish metodining so'zsiz afzalligi, bu nafaqat bilimlar olish va amaliy malakalarni shakllantirish bo'libgina qolmay, u yana talabalarning qadriyatlar, kasbiy pozitsiyalar, hayotiy ko'rsatmalar, o'ziga xos kasbiy hayotni his etish va hayotni o'zgartirish tizimini rivojlantirishdir.
5. Sase-study metodida materialni “quruq” hissiz bayon etish bilan bog’liq bo'lgan nuqson engib o'tiladi,– ushbu metodda emotsiyalar, ijodiy raqobat va kurash shunchalik ko'pki, yaxshi tashkil etilgan keysni muhokama qilish teatr spektaklini eslatadi.«Case Study metodining vatani bo'lib Amerika Qo'shma Shtatlari, aniqrog’i – Garvard universitetining biznes Maktabi hisoblanadi». Birinchi bor u 1924 yilda qo’llanilgan. Keys metodining kelishi va rivojlanishiga asos bo'lib «pretsedent» yoki «voqea» printsipi bo'lgan. Ushbu metod chet elda iqtisod va biznes fanlarida keng qo’llaniladi. Aniq vaziyatlar metodi (case-study metodi) o'yinli bo'lmagan imitatsion faol o’qitish metodlariga kiradi. Case-study metodining maqsadi – guruh talabalarining birgalikdagi urinishlari bilan case-vaziyatni tahlil qilish hamda amaliy yechimni ishlab chiqish. Jarayonning tugashi – taklif etilgan algoritmlarni baholash va qo’yilgan muammo kontekstida eng yaxshisini tanlash.

Yüklə 408,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin