Mavzuning vazifalari: Case texnologiyalarining rivojlanish tarixini kuzatish;
Keys texnologiyalari tasnifini tavsiflash
Informatika darslarida keys texnologiyasini o‘qitish usuli sifatida ko‘rib chiqish;
Keys-metod bo'yicha adabiyot o'qitish metodikasini ochib berish;
Informatika darslarida keys texnologiyalaridan foydalanishni tahlil qilish.
I -BOB. KEYS BILAN ISHLASH TEXNOLOGIYASINING MOHIYATI. 1.1. Taʼlimning keys-texnologiyasiga kirish: keyslarni ishlab chiqish qoidalari. O'zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturida, uning amalga oshirilayotgan uchinchi bosqichida har tomonlama barkamol mutaxassislarni tayyorlashga aloxida e'tibor berilgan. Bozor iqtisodiy sharoitida kadrlarni mustaqil ijodiy fikrlash qobilyatini rivojlantirish ta'limning asosiy sifat ko'rsatkichlaridan biri bo'lib hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov takidlaganlaridek: “Agar bolalar fikrlashga o'rganmasa, ta'lim samarasi past bo'lishi muqarrar. Albatta bilim ham kerak. Ammo bilim o'z yo'liga, mustaqil fikrlash ham katta boylikdir”. Talabalarni ana shu boylikning egasi qilib tayyorlash ta'lim tizimining asosiy vazifasini tashkil qiladi.
Chunki, bozor iqtisodiyoti sharoitida mustaqil - ijodiy fikrlash qobilyatiga ega bo'lgan shaxsgina o'ziga ham, jamiyatga ham foydali bo'ladi-o'z muammolarini o'zi hal qilish qobilyatiga ega bo'ladi. Jahon pedagogikasida keng miqyosda samarali qo'llanayotgan keyslardan foydalanish, birinchidan, talabalarning fikrlash qobilyatini rivojlantiradi, ikkinchidan, o’quv jarayonini bevosita ishlab chiqish (bizning misolimizda kasb-hunar kollejlaridagi ta'lim jarayoni) bilan bog’laydi. Gerbert Spenser ta'kidlaganidek: “Ta'limning buyuk maqsadi bilim berish emas, balki hatti-harakatlarga o'rgatishdir”. Yohud, mavjud ta'lim tizimida aksariyat hollarda o’qitishdan maqsad, talabalarga bilim berish yakuniy natija sifatida qaralsa, jahon miqyosida esa, o'zlashtirilgan bilimlarni amalda qo’llash ta'limning yakuniy natijasi deb qaralishini e'tirof etish lozim. Garvard (AQSH) universiteti moliyaviy menejmenti mutaxassisligi bo'yicha tahsil olayotgan magistrantlar o’qish davrida, banklarda sodir bo'lishi mumkin bo'lgan 2,5 mingta keysga javob topgandan so'nggina, diplom olish huquqiga ega bo'lishi fikrimizning dalilidir.
Keyslardan ta'lim jarayonida foydalanish talabalarda quyidagi zaruriy sifatlarni shakllantiradi:
kritik fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi;
haqqoniy (ob'ektiv) bo'lishga o'rgatadi;
nazariya va amaliyot o'rtasida uzviy bog’liqlikni shakllantiradi;
muammoli vaziyatni yangicha shakllantirishga yordam beradi
vaziyatlarni hal etishda, unga ta'sir etuvchi omillarning mavjudligi va ularning ta'sirini e'tiborga olishga imkon beradi;
boshqalar fikrini ham qabul qila olish malakasini shakllantiradi;
savol berish madaniyatini o'rgatadi;
qabul qilingan qaror uchun ma'sullik hissini tarbiyalaydi.
Keyslardan foydalanishda quyidagi usullardan foydalanish mumkin: yakka tartibdagi taqdimot, mikroguruh taqdimoti, mikroguruhlarda va so'ngra umumiy guruhda muhokama, rolli o'yinlar. Keyslarni hal qilishda quyidagilarga e'tibor berish zarur:
asosiy muammoni aniqlash;
asosiy muammoga ta'sir etuvchi omillarni aniqlash;
muammoni hal qilishning muqobil yechimini ham ko'rib chiqish;
eng maqbul (optimal) qaror qabul qilish.
Keyslarni hal qilishda uni yozma usulda tahlil qilish, unda bayon etilgan muammoni yanada chuqurroq anglashga yordam beradi, yozma nutq ham mustaqil, ijodiy fikrlash qobilyatni rivojlantirishning eng samarali usullaridan biri bo'lib hisoblanadi. Metodik ishlanmada, kasb-hunar kollejlari pedagogik jarayonda sodir bo'lishi mumkin bo'lgan va muayyan muammoni aks ettiruvchi ayrim keyslar tavsiya etiladi. Bu keyslarni tuzishda institut malaka oshirish fakulteti tinglovchilari va maxsus sirtqi bo'lim talabalari (kasb-hunar kolleji pedagogik xodimlari) ning ayrim fikrlari ham e'tiborga olindi. Ulardan pedagogik mahorat asoslari fani amaliy mashg’ulotlarida talabalarning mustaqil fikrlash va qaror qabul qilish malakalarini rivojlantirish maqsadida foydalanish mumkin.
“Keys-stadi” haqida tushuncha “Keys-stadi” inglizcha “case” – aniq vaziyat, hodisa, “study” – oʻrganmoq, tahlil qilmoq, ta’lim soʻzlarining birikuvidan hosil qilingan boʻlib, aniq vaziyatlarni oʻrganish, tahlil etish va ijtimoiy ahamiyatga ega natijalarga erishishga asoslangan ta’lim metodidir.
Mazkur metod muammoli ta’lim metodidan farqli ravishda real vaziyatlarni oʻrganish asosida aniq qarorlar qabul qilishga asoslanadi. Agar u oʻquv jarayonida ma’lum bir maqsadga erishish yoʻli sifatida qoʻllanilsa, metod xarakteriga ega boʻladi, biror bir jarayonni tadqiq etishda bosqichma-bosqich, ma’lum bir algoritm asosida amalga oshirilsa, texnologik jihatni oʻzida aks ettiradi.