I-BOB MAMLAKAT IJTIMOIY-IQTISODIY TARMOQ TUZILMASINI PROGNOZLASH. 1.1 Tarmoq rivojlanishini prognozlashning ahamiyati Tarmoqlarni iqtisodiy prognozlashtirishning bir qator prinsplari mavjud: birinchidan umumiy iqtisodiyot va tarmoqlar prognozining bir-biriga mos kelishi. Bir tomondan, tarmoqning rivojlanishi umumiy iqtisodiyotga tasir korsatadi, shu bilan jumladan YAIM, iste’mol, investitsiya. Ikkinchi tomondan, har bir tarmoq unga talab qilinadigan mehnat hajmi, mahsulot tayyorlashning o’ziga xosligi, texnika texnologiyaning qo’llanishi va omillarning oziga xos qonuniyati asosida rivojlanadi. Bu qismda ishlab chiqarish tarmoqlari, iqtisodiyot bilan o’zaro aloqada bolib, u iqtisodiyot rivojlanishining asosiy omili boladi. Bu munosabat tashkilotning iqtisodiy prognozida namoyon boladi. Demak, iqtisodiyot tarmoqlarini prognozlash, butun mamlakat iqtisodiyotini prognozlashga asos boladi.
Maqsadga yo’naltirilganligiga qarab tarmoqlarni prognozlash
bir maqsadga yo’naltirilgan
bir-biriga bog’liq maqsadga yo’naltirilgan
kompleks prognozlashga bo’linadi.
Prognozlashtirishning umumiy vazifasi shundaki mavjud holatni yoki jarayonni qancha muddat oralig’ida rivojlanishini aniqlashdir. Tadqiqot usuli singari tarmoqlarni prognozlash ham kelajakda kutilayotgan miqdor va sifat ko’rsatkichlari ma’lumoti asosida kelajakdagi rejalarni tuzishga yordam beradi. Shuningdek prognozlashtiriladigan natija kelajakda rivojlanishnig eng maqbul yoli yoki optimal yechimi sifatida qaraladi.
Prognozni ishlab chiqish darajasiga kora: aniq taklif berishga olib borilgan prognoz; rivojlanish konsepsiyasiga yo’naltirilgan prognoz; aniq izlanish yo’nalishiga yo’naltirilgan umumiy taxminlarga asoslangan prognozlarga bolinadi.
Kelajakni ko’rish usuliga ko'ra prognozlar nofaol (passiv) va faol (aktiv) bo’lishi mumkin. Nofaol prognozlashtirish bu mavjud qonuniyat, o’sish darajasi asosida kelajakda kutilayotgan o’sish tendensiyalari ko’rib chiqiladi, ya’ni oldingi natijalarga asoslanib kelajakda shunaqa natijalarni kutish. Nofaol prognoz jarayonni inert holatda qanday natijalarga erishishini ko’rsatadi. Nofaol prognozdan farqli ravishda faol prognozda rivojlanishning yangi maqsadlaridan kelib chiqib mavjud tendensiyaning o’zgarishi, iste’mol dinamikasi, resurslarni qayta taqsimlanishi, rivojlanishning yangi yo’nalishini paydo bolishi va boshqa bir qator omillar inobatga olinadi. Umuman progonozlashtirish davrini tanlashda ishlab chiqarish sikli davomiyligi, tarmoqdagi ilmiy texnika taraqqiyoti davomiyligi (shu jumladan mahsulot turi va assortimentining yangilanishi, ishlab chiqarish jarayoni texnika texnologiyaning yangilanishi) va bashqa bir qator omillarga bog’liqdir. Prognozlash natijalariga omillarning ta’sir etishiga qarab prognozlashtirish davri tanlanadi. Quyidagi ishlab chiqarish sikllari farqlanadi: ilmiy texnika sikli 20-25 yil; demografik sikl 20-25 yil; kapital sikli 15-20 yil; qurilish sikli 7-10 yil va boshqalar.
Tarmoqlarni iqtisodiy prognozlashtirish nuqtali, ya’ni ma’lum yillar ishlab chiqiladi (1993, 2003, 2013) va intervalli, malum oralig’ida (1998-2010) bo’ladi.
Tarmoqlarni iqtisodiy prognozlash quyidagi talablari mavjud:
ishonchlilik, zamonaviyligi va axborotni yetarliligi asosida prognozlashtirish;
prognozda ilmiy-texnika, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ifodalash va baholash;
prognoz natijalarini aniq ifodalash, alternativ echimlarni baholash.
Jamiyat ishlab chiqarishining faoliyat yuritish jarayonida xo‘jalikni boshqarishning yetakchi bugini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish (IIR) dasturidir. Ishlab chiqarish tarmoqlari va butun xalq xo‘jaligi samaradorligi va rivojlanish ko‘p jihatdan aynan shu dasturning qanchalik asoslanganligiga bog‗liq. Uning dastlabki muhim asosini tarmoqlar iqtisodiy prognozlari tashkil qiladi. Ular tarmoqlarning rivojlanish tendensiyasini va kelajadagi istiqbolini tavsiflaydi. Тarmoqni iqtisodiy prognozlash ob‘ektining o‘tmishdagi, hozir va kelajakdagi holati, rivojlanishining muqobil yo‘llari yoki boshqaruv qarorlarining bo‘lishi mumkin oqibatlari haqida kerakli axborot beradi va shu orqali xalq xo‘jaligi tarmoqlarini boshqarish darajasining oshishiga imkon yaratadi.
Тarmoqning iqtisodiy prognozlashi ishlab chiqarish muammolari ko‘lamida - tarmoq va tarmoqlararo ko‘rib chiqiladi. Ular bir-biridan ham tadqiqot ob‘ekti, ham ishlab chiqarishni boshqarish maqsadi bo‘yicha farq qiladi. Тarmoq ko‘lamida tarmoq unga kiradigan ishlab chiqarish birlashmalari va korxonalarining majmuasi sifatida ko‘rib chiqiladi. Bu yerda prognozning vazifasi tarmoq (unga kiruvchi kichik tizimlar sifatida) faoliyatining turli yo‘nalishlari bo‘yicha rivojlanish tendensiyalarini aniqlash va olingan natijalarni tarmoqning keyingi rivojlanish dasturini ishlab chiqish, undan foydalanish va tizimni hamda uni boshqarish tuzilmasini mukammallashtirish bo‘ladi.
Тarmoqlararo (xalqaro) ko‘lamda tarmoq bir butunlikda ko‘rib chiqiladi. Bu ko‘lamda prognozlashtirishda asosiy e‘tibor tarmoq prognozlarining o‘zaro muvaffaqiyatiga, xalq xo‘jaligi rivojlanishining balanslashtirilgan prognozini ishlab chiqishga qaratiladi.
Тarmoqlararo ko‘lamda prognozlashtirish asosan xalq xo‘jaligini prognozlashtirish vositasi sifatida chiqadi.
Тarmoqni iqtisodiy prognozlashtirish ob‘ektlari quyidagilar: tarmoqda ilmiy-texnik taraqqiyot; xalq xo‘jaligining tarmoq mahsulotlariga talablari; tarmoqning ishlab chiqarish resurslariga talabi;
tarmoqning ishlab chiqarish imkoniyati, uning shakllanishi va ishlatilishi;
tarmoqda xo‘jalik jarayonlarini tashkil qilish va boshqarishni
takomillashtirish; tarmoqning xalqaro aloqalari va ularning rivojlanishi.
Тarmoqni iqtisodiy prognozlashning boshlangich asosi ilmiy-texnik taraqqiyot, boshqa barcha sohalar va tarmoq faoliyati turlari rivojlanishining ham sur‘atlari, ham yo‘nalishlarini ma‘lum darajada aniqlab beradi. Prognozlar ilmiy-texnik taraqqiyotning mahsus yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqiladi: ishlab chiqarishning majmuaviy mexanizatsiyalashishi va avtomatizatsiyalashishi, elektrlashishi, himiyalashishi.
Ilmiy-texnik taraqqiyotni prognozlashda muhm rol, shuningdek, uning funksional yo‘nalishlariga, shu jumladan, ilmiy-texnik yangiliklarni (texnika va texnologiyalarni, yangi maxsulot va materiallarni, ishlab chiqarishni tashkil qilishni va xokazo) ilmiy-tadqiqot ishlarni (fundamental, amaliy, tajribakonstruktorlik ishlarni) va boshqalarni prognozlashga tegishli.
Тarmoqni prognozlashning ayniqsa murakkab va mas‘uliyatli qismi tarmoq maxsulotiga talabni aniqlash hsoblanadi. Bu soxada prognozlash asosini xalq xo‘jaligining aniq maxsulotga bo‘lgan talabining ko‘rinishi tashkil qiladi. Buning uchun bu soxada xam xalq xo‘jaligining, xam tarmoqning rivojlanish qonuniyatlari va tendensiyalarini xar tomonlama taxlil qilish kerak. Shuningdek, bu yerda tarmoq maxsulotiga bo‘lgan jamiyat talabining qondirilish darajasi va ishlab chiqarish samaradorligining darajasi belgilanishi lozim. qondirilish darajasi asosan maxsulot xaqiqiy iste‘molining oqilona me‘yoriga nisbati sifatida aniqlanadi. Samaradorlik darajasini baxolash uchun ishlab chiqarish va takror ishlab chiqarishning eng muhim omillaridan foydalanishni tavsiflaydigan ko‘rsatkichlar tizimi qo‘llaniladi.
Bular mehnat unumdorligi sigimi, kapital qo‘yilmalar qaytimi ko‘rsatkichi va boshqalar.
Keyingi muhm qism ishlab chiqarish resurslarining prognozi hsoblanadi. U mexnat va material resurslarga, asosiy fondlarga va ishlab chiqarish kapital qo‘yilmalariga talabni aniqlashni qamrab oladi. Bu prognozlarning xaqqoniylik darajasiga tarmoqda ishlab chiqarishning rivojlanish sur‘atlari va masshtablari bogliq.
Тarmoq mahsulotiga xalq xo‘jaligi talabining ko‘rinishi uning maxsulot ishlab chiqarish imkoniyatlariga mos kelishi kerak. Buning uchun tarmoqning ishlab chiqarish imkoniyati va undan foydalanish darajasini bilish zarur. Bu ko‘rsatkich prognozlash tarmoqning ishlab chiqarish quvvatini va undan ma‘lum davrda foydalanishning mumkin bo‘lgan darajasini aniqlashga asoslanadi.