Yoqilg‘i sanoati. Respublika yoqilg‘i sanoati yer qa’rida topilgan va qazib olinayotgan ko’mir, neft, gaz konlari negizida shakllangan varivojlanib bormoqda. Respublikada 160 dan ortiq neft va gaz konlari ochilgan, ulaming 115 tasi Buxoro va Xiva geologik provinsiyasida, 27 tasi Farg‘ona vodiysi, 10 tasi Surxondaryo, 7 tasi Ustyurtda joylashgan. Hozir 71 ta neft, gaz
va gaz kondensat, 3 ta ko’mir konidan foydalanilmoqda. 50 dan ortiq neft, gaz va gaz kondensat koni esa kelajakda ishga tushirish uchun tayyorlab qo’yilgan.
Metallurgiya sanoati.Hozirgi O’zbekiston hududida rudadan metal olish 4-5 ming yildan ziyod tarixga ega. Qadimda misdan turli buyumlar tayyorlangan. Keyinroq rudadagi metallardan qalay, kumush, oltin va boshqalami eritish, quyish va qizdirib ishlash o’zlashtirilgan, dastlabki tanga pullar zarb
qilingan. Ilk o’rta asrlarda Farg‘onada, Zarafshon, Chirchiq, Ohangaron vodiylaridagi bir qancha hududlarda zargarlik, misgarlik, temirchilik, degrezlik, rixtagarlik rivojlangan. Rux, surma, margimush, vismut, kobal’t kabi rangli metallar maium bo’lmasada, ulaming qotishmalaridan keng foydalanilgan.
Qora metallurgiyasohasida faoliyat ko’rsatayotgan yagona korxona Bekobod shahridagi “O‘zbekiston metallurgiya kombinati” Aksiyadorlik ishlab chiqarish birlashmasidir. Unda po’lat va po’lat prokatlar, turli aylanma hajmdagi po’lat soqqalar, va po’lat tmbalar hamda chiroyli va bejirim sirli
idishlar ishlab chiqariladi.
Rangli metallurgiya- respublika metallurgiyasining eng muhim, yetakchi tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Sanoatning bu turi O’zbekistonda XX asming 25-yillaridan jadal rivojlana boshladi. Rangli, nodir va qimmatbaho metal (mis, qo’rg‘oshin, rux, volfram, molibden, kumush, oltin, simob) konlari topildi. Rangli metallar sifatini yaxshilash, ishlab chiqarish jarayonlarini intensivlashtirish, turli foydali qazilmalaming yangi konlarini o’zlashtirish hisobiga rangli metallurgiya ishlab chiqarishini yanada rivojlantirish mo’ljallanmoqda, shu bilan birga, yangi fabrika va konlar barpo etiladi. Jizzax viloyatida O’zquloq ko’rg‘oshin-rux koni, Surxondaryo viloyatida Xonrizm kon boyitish korxonasi quriladi. Olmaliq konmetallurgiya kombinatida mis, rux, sulfat kislotasi va yo’ldosh elementlami ishlab chiqarish ko’paytiriladi.