I -bob. Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy tarmoq tuzulmasini pragnozlash



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə7/8
tarix20.04.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#101230
1   2   3   4   5   6   7   8
11 Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy

Oziq-ovqat sanoati. Sanoatning bu tarmog‘i asosan xom ashyoni qayta ishlashga asoslangan. Uning korxonalarida go’sht va go’sht mahsulotlari, yog‘-moy, sut va sut mahsulotlari, shakar, non va non mahsulotlari, makaron, meva-sabzavot konservalari, qandolat, choy qadoqlash, uzum va shampan vinosi, spirt, aroq, pivo, chanqoqbosar ichimliklar, tamaki, sovun va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaradigan ko’plab sanoat korxonalari faoliyat ko’rsatmoqda.

2.2. Sanoat tarmog'i tahlili va uni prognozlash.

Yuqorida ta'kidlab o'tilganidek, mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishi, takomillashishi mamlakatda faoliyat yuritayotgan tarmoqlarga, xususan, sanoat tarmog'iga bog'liq hisoblanadi. Iqtisodiyot takomillashishi, barqarorligini nazorat qilishda prognozlashtirish muhim hisoblanadi. Iqtisodiyotni prognozlashtirishda, butunligicha emas, balki uni tarmoqlarga bo'lib tahlil qilish, prognozlash maqsadga muvofiq. Tarmoqlarni prognozlashda ma'lum prognozlashtirish modellari, usullaridan foydalaniladi. Ulardan eng samaralisi ekonometrik prognozlash modellari hisoblanadi.


Hozirgi paytda iqtisodiyotni o'rganish uchun ishlab chiqilayotgan va foydalanilayotgan makroiqtisodiy modellar orasida ekonometrik modellar muhim o'rin egallaydi. Iqtisodiy hodisalar, qoidaga ko'ra, bir vaqtning o'zida ko'p sonli va umumiy amal qiladigan omillar bilan belgilanadi. Shu munosabat bilan ko'pincha bitta o'zgaruvchining bir nechta izohlovchi o'zgaruvchiga bog'liqligini tadqiq etish vazifasi yuzaga keladi. Bu vazifa ko'p o'lchovli regressiya tahlili yordamida hal etiladi.
Ushbu kurs ishimga ilova sifatida sanoat tarmoqlari yillar bo'yicha ko'rsatkichlarini keltirib o'taman(1.ilova). Bunda 11 yil davomida 2 yillik prognozni ekonometrik modellar orqali amalga oshirish mumkin. Prognozlash uchun sanoatning ma'lum tarmoqlarini tanlab oldim.


Bular quyidagilardan iborat:
1. Sanoat (qurilish sohasi bilan birgalikda
2. Qishloq, o'rmon va baliq xo'jaligi.
Bu tarmoqlar ko'rsatkichlarini ekonometrik modellarning regressiya tenglamasi orqali kelasi yillardagi prognozini MS Excel dasturi orqali ishlab chiqdim. Natijalar quyidagilarni tashkil etdi:



Yil

YAIM

Sanoat (qurilish sohasi bilan birgalikda

Qishloq, o'rmon va baliq xo'jaligi

2020

611518

178020

172905

2021

645548

190615

180863

2022

681444

203140

189188

2023

719382

216999

197896

2024

759486

231804

207005

2025

801882

247620

216533

Natijalar shuni ko'rsatadiki, kelasi yillar prognozi bo'yicha ham YAIM hamda tarmoq yo'nalishlari bo'yicha o'sish kuzatiladi. Albatta bunda eng optimal yechim qabul qilinadi. Ya'ni bo'ladigan xavf-xatar, o'zgarishlar inobatga olinmaydi.


Xulosa

Xulosa qilib aytganda, Sanoat milliy iqtisodiyotining yetakchi tarmog'i hisoblanadi. Ijtimoiy ishlab chiqarishni rivojlantirishda, aholining


farovonligini oshirishda iming ahamiyati beqiyosdir.
O’zbekiston sanoati juda katta tarixiy yo’lni bosib o’tdi va istiqlol yillarida tubdan o’zgarib, bozor iqtisodiyoti talablariga mos ravishda rivojlana boshladi. Mustaqillik yillarida respublika uchun mutlaqo yangi
bo’lgan avtomobilsozlik, matorsozlik va ularga butlovchi qismlar tayyorlaydigan sohalarga, neft va gazni qayta ishlaydigan, farmasevtika, zamonaviy televizor va kompyuterlar ishlab chiqaradigan sanoat tarmoqlariga asos solindi.
Х o‘jalikni ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishini prognozlashda tarmoq iqtisodiy prognozlari muhim rol o‘ynaydi. Тarmoqning iqtisodiy prognozlarini ishlab chiqish muammosi ikki darajada: tarmoq va tarmoqlararo qo‘rib chiqiladi, ular bir-biridan ham tadqiqot ob‘ekti ham ishlab chiqirishni boshqarish maqsadi bo‘yicha farq qiladi.
Тarmoq iqtisodiy prognozlarini ishlab chiqishni tashkil qilish bir qator muhim tamoyillarni bajarishga asoslanadi. Тarmoq prognozlarini metodologiyasi normativ va izlashuv yondashuvlarga asoslanadi. Respublika qurilish materiallari ishlab chiqaradigan ko’p tarmoqli sanoatga ega. Sement, asbest-sement, devorbop materiallar, yumshoq yopqich va gidroizolyatsiya materiallari, tabiiy toshlardan qoplama material (plita)lar, noruda qurilish materiallari, qurilish
keramikasi, issiqlik izolyatsiyasi materiallari, ohak, gips, bog’lovchi materiallar va ulardan buyumlar, sanitariya-gigena jihozlari, polimer xom ashyodan qurilish materiallari va buyumlar, temir-beton konstruksiyalari va boshqa ishlab chiqarish tarmoqlari mavjud. O’zbekistonda tabiiy xom
ashyodan qurilish materiallari sifatida foydalanish tarixi uzoq o’tmishga borib taqaladi. Ayniqsa, binolar qurilishida xom g‘isht, guvala, yog‘och sinch, oddiy tuproq(loy)dan tiklanadigan paxsa asrlar davomida asosiy qurilish materiali bo’lib kelgan. Xumdonlarda pishirilgan g‘isht, sopol, chinni koshin, ganch, yo’nilgan granit, marmar toshlar saroy, madrasa, masjid, rabotlar qurilishida keng qo’llanilgan.

Sanoat ishlab chiqarishi ayniqsa keyingi o’n yil ichida jadal rivojlandi. Oqibat natijada O’zbekiston dunyoning sanoati rivojlangan mamlakatlari safidan joy oldi. O’zbekistonda sanoat tarmoqlarini yana ham rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlar, ya’ni - juda katta moddiy, mehnat, moliyaviy va intellektual resurslar mavjud. Ulardan oqilona foydalanish asosida respublika sanoatini qudratli sanoatga aylantirish va samaradorlik jihatidan uni yanada yuqori darajaga ko’tarish mumkin.



Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin