I. A. Karimovning "Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q" risolasi va unda o‘zbek etnik xalqining kelib chiqishi masalasini ko‘tarilishi 30


O‘zbek tom ma’noda bunyodkordir. Unga birovning eri kerak emas. Mabodo qo‘liga qurol olguday bo‘lsa, faqat o‘zini himoya qilish uchungina oladi



Yüklə 52,63 Kb.
səhifə5/6
tarix04.02.2023
ölçüsü52,63 Kb.
#82849
1   2   3   4   5   6
O‘zbek xalqining etnik tarixi

O‘zbek tom ma’noda bunyodkordir. Unga birovning eri kerak emas. Mabodo qo‘liga qurol olguday bo‘lsa, faqat o‘zini himoya qilish uchungina oladi.
"Tafakkur" jurnaliga bergan intervyumda Amir Temur bobomizning "Kuch- adolatda" degan fikrini rivojlantirib, "Kuch-bilim va tafakkurda", degan g‘oyani o‘rtaga qo‘ydim. Tafakkur, ma’rifat, ma’naviyat qaerdayu, Atilla qaerda?
...ming yillar davomida yurtimizga kelib-ketganlar ozmi? Erondan Axmoniylar, YUnonistondan Aleksandr keldi, Arabistondan Qutayba, Mo‘g‘ulistondan CHingizxon keldi, rus istilochilari keldi.
O‘zbek nomi qachon paydo bo‘lgan?
Biz xalqni nomi bilan emas, balki madaniyati, ma’naviyati orqali bilamiz, tarixining tag-tomirigacha nazar tashlaymiz.
...shu narsa ayon bo‘ladiki, Aleksandr ham(uni SHarqda ko‘proq Iskandar Zulqarnayn degan nom bilan bilishadi), Qutayba ham, CHingizxon ham, general CHernyaev ham, umuman, kim bo‘lmasin, kelgan, ishg‘ol qilgan va bu erdagi siyosiy hokimiyatni qo‘lga olgan. ...ular mamlakatimizning iqtisodiy, savdo, ilmiy, madaniy imkoniyatlaridan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanishga zo‘r berganlar. Biroq shu erda asrlar davomida yashab kelayotgan mahalliy aholini, uning ko‘p ming yillik madaniyatini yo‘q qilolmaganlar, qilolmasdilar ham.
Xalqimizdagi "iligi to‘q, baquvvat" degan tushuncha, men, hatto, qonuniyat degan bo‘lardim, bejiz paydo bo‘lmagan. O‘zbek xalqining iligi to‘q, baquvvat demoqchiman. YAna tilimizda "tagli-tugli", "palagi toza" degan iboralar ham bor.
...milliy borlig‘imiz, madaniyatimiz ildizi, tomiri o‘troq bo‘lgan.
Har qanday sivilizatsiya ko‘pdan-ko‘p xalqlar, millatlar, elatlar faoliyatining va samarali ta’sirining mahsulidir. Bir so‘z bilan aytganda, ko‘chmanchilar, bosqinchilar kelib ketaveradi, lekin xalq boqiy qoladi, uning madaniyati abadiy yashaydi.
Saklar, massagetlar, so‘g‘dlar, baqtriyaliklar degan turli iboralarning orqasidan quvib yurish o‘rniga, tarixchilarimiz millatga uning haqqoniy tarixini ko‘rsatib, isbotlab berishlari kerak. Zotan, tarix - xalq ma’naviyatining asosidir.
Dunyoda do‘st bor ekan, g‘animlar ham bo‘ladi. Birgina misol. Biz 1996 yili Sohibqiron Amir Temur bobomizning 660 yillik to‘yini o‘tkazdik. SHuni ham turlicha talqin qiluvchilar bo‘ldi.
Avvalambor, biz biror ajdodimizning to‘yini o‘tkazsak, bunga uning millatimiz ravnaqi uchun qilgan ishlari, tariximizda tutgan o‘rni sabab bo‘ladi.
Davlat, saltanat, jamiyat boshqaruviga oid mumtoz asar - "Temur tuzuklari"ni yozgan kim? Umuman, kishilik tarixida ana shunday yo‘nalishda asar bitib qoldirgan boshqa hukmdor bormi o‘zi?
YUrtimizda tarixiy shaxslar, shaharlar, madaniy yodgorliklarning yubiley va bayramlarini o‘tkazish yaxshi an’anaga aylanib qoldi. Bu erda gap tantanalardagina emas, muhimi, biz ularning o‘z davrida kelajak avlodlar uchun qoldirgan salmoqli merosi, ijobiy ishlari, kerak bo‘lsa, umumjahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissalarini qadrlaymiz. Albatta, har bir millat o‘z ajdodlarini eslash, ularning hurmatini joyiga qo‘yishga intiladi. Faqat bu kabi xayrli ishlar o‘z mohiyati jihatidan xalqlarni yaqinlashtirishga, ularni hamjihat etishga xizmat qilsin.
Xoja Ahror Vali "SHayxlar shayxi" deb nom olgan bu ulug‘ zotning gapini biror hukmdor, hokim, shahzoda ikki qilmagan.
CHor Rossiyasining Skobelev degan generali o‘z imperatoriga murojaat qilib, shunday deb yozgan edi: "Millatni yo‘q qilish uchun uni qirish shart emas, uning madaniyatini, san’atini, tilini yo‘q qilsang bas, tez orada o‘zi tanazzulga uchraydi".
Modomiki, o‘z tarixini bilgan, undan ruhiy quvvat oladigan xalqni engib bo‘lmas ekan, biz haqqoniy tariximizni tiklashimiz, xalqimizni, millatimizni ana shu tarix bilan qurollantirishimiz zarur.


Xulosa
Biz fan rivoji uchun, uning ta’minoti uchun hech narsani ayamaymiz. Abu Rayhon Beruniy bobomiz: "Ilm-fan kishilarning hayotiy ehtiyojlarini qondirish zaruratidan paydo bo‘ladi" deb yozgan.
Tarix fani, uning bugungi ahvoli, istiqboli haqida gapirar ekanmiz, men yana bir masalaga e’tibor qaratishni istardim. Agar biz tarixchilarni taroziga solsak, bugungi kun nuqtai(26) nazaridan baholasak, talabga javob beradiganlari juda kamchilikni tashkil etadi. SHuning uchun tarixchi mutaxassislar tayyorlashni universitetlardan, ya’ni boshlang‘ich nuqtasidan yaxshilash lozim, deb o‘ylayman.



Yüklə 52,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin