I.2. O‘zbekiston tuproqlari sistematikasi va tasnifi 1950-yillargacha «bo‘z tuproqlar zonasi»ga nafaqat tog‘ oldi va tog‘ yon bag‘ri mintaqasi (Prosolov, 1925; Neustruev, 1913), balki O‘rta Osiyoning g‘arbiy pastki qismi ham kiritilgan edi. «Почви y36ekucTaHa» (1949) nomli monografiyada birinchi bo‘lib O‘zbekistonning g‘arbiy tekislik qismi «cho‘l mintaqasi»ga, qolgan qismi bo‘z tuproqlariga ajratildi.
Sug‘oriladigan tuproqlarni o‘rganish bo‘yicha olingan ma'lu- motlar, shuningdek tuproq tasnifiga oid natijalarning rivojlanishi voha tuproqlarining kelib chiqishi insonning ishlab chiqarish faoliyati-sug‘oriladigan dehqonchilikning uzoq tarixi davomi bilan bog‘liq. Bunda organik moddalarning kelishi, minerallanish sharoit- larining almashinishi, issiqlik, havo va suv tartibining o‘zgarishi, irrigatsiya keltirilmalarining yig‘ilishi va yangi madaniy qatlamning shakllanishi ro‘y beradi-bu esa barcha voha tuproqlarini alohida tip sifatida ko‘rib chiqish lozimligini ko‘rsatadi.
O‘rta Osiyo tuproqlarini alohida antropogen «madaniy- haydalma» tuproqlar tipiga ajratishni birinchi bo‘lib, M.A. Orlov (1933, 1934, 1937, 1947) tomonidan taklif etilgan.
Voha tuproqlari ma'lum tuproq-iqlim zona sharoitida rivojlana borib, tabiiy zona tuproqlarining o‘ziga xos bo‘lgan belgilarini u yoki bu darajada saqlab qoladi. Bu voha tuproqlarining o‘zaro bo‘linishiga sabab bo‘ladi. Tuproqlarni sug‘orish natijasida rivojla- nish jarayoni turli tuproq-iqlim zonalarida bir xilda kechmaydi. Masalan, cho‘l zonasining kam gumusli avtomorf tuproqlari sug‘orish natijasida minerallashuv jarayonining pasayishi natijasida chirindining to‘planishi ro‘y beradi, sug‘oriladigan dehqonchilikda chirindiga boy bo‘lgan to‘q tusli bo‘z tuproqlardan foydalanilganda, ularda organik moddalar moddalarning kamayishiga olib keladi. Yuqoridagilarga ko‘ra o‘simlik qoldiqlarining kirishi va parchala- nishi ularning chirindi paydo bo‘lishi turli darajada bo‘lishligini ko‘rsatadi, bu tuproqlardagi chirindi zaxirasining turlicha bo‘lishiga bog‘liq.
Shunday qilib, voha tuproqlari genetik mohiyati va sistematik holati ikki sababga: zonal qaramliligi ichki zonal holati bilan (avtomorf yoki gidromorfligi) va sug‘oriladigan dehqonchilik natijasida uning o‘zgarilish darajasiga ko‘ra belgilanadi.
Bevosita O‘zbekiston tuproqlarining tasnifiga o‘tishdan avval uning yaratilish bosqichlari hamda «Почви y36ekucTaHa» (1975), monografiyasi yaratilganidan so‘nggi takliflar haqida fikr yurit- moqchimiz.
Tuproqlar genezisi, geografiyasi va tasnifi bo‘yicha tadqiqot- larni V.G. Popov va boshqalar (1994) 6 ta bosqichga bo‘ladilar.
Birinchi bosqich (1918-1932-yillar) yerlarning irrigatsiyasi hamda melioratsiyasini rivojlantirishga qaratilgan (Dimo, Orlov, Maligin, Rozanov, Bogdanovich, Pankov, Kimberg, Shuvalov, Popov va b).
Ikkinchi bosqich (1932-1949-yillar) bu bosqich paxtachilikka kimyolashtirishning kirib kelishi bilan bog‘liq (Bogdanovich, Kimberg, Pankov, Shuvalov, Gorbunov, Popov).
Uchinchi bosqich (1949-1959-yillar) sug‘orishning keng tarqalishi, xususan paxtachilik va sholichilikka bag‘ishlangan (Bogdanovich, Gorbunov, Kimberg, Pankov, Felisiant, Genusov, Kochubey, Konobeyeva).
To‘rtinchi bosqich (1959-1970-yillar) agrotuproqshunoslik tadqiqotlariga bag‘ishlangan (Kimberg, Gorbunov, Suchkov, Genusov, Kochubey, Shreder, Shuvalov, Felisiant, Maxmudov, Popova, Konobeyeva).
Beshinchi bosqichda Sibir daryolari bir qismini O‘rta Osiyoga keltirish masalalariga qaratilgan (Kimberg, Li, Popov, Gorbunov, Genusov, Sektimonko, Qo‘ziyev va boshqalar).
Oxirgi oltinchi bosqich (1981-yildan hozirgi davrgacha) Orol muammosiga, Janubiy Orol bo‘yining antropogen cho‘llanishi, bu materallar asosida O‘zbekiston tuproq xaritasini va 1:1000000
miqyosdagi tuproq-geografik rayonlashtirish sxemasini tuzilishiga bag‘ishlangan (Popov, Sektimenko, Pozanov, Tursunov, Morozova va boshqalar.
Tuproqlar sistematikasi, tasnifi va evolutsiyasi haqida V.Ye.Sektimenko va boshqalar (1994) quyidagi fikrlarni ilgari surdilar.
XX asrning o‘rtalarida regional tuproq paydo bo‘lishi bo‘yicha nazariy holatlar yangilandi:
O‘zbekistonning barcha hududi Turon provinsiyasi sifatida kontinental subtropiklarning shimoliy qismiga kiradi;
g‘arbiy tekislik qismi kenglik zona tizimiga-cho‘l zonasiga kiradi;
qolgan qismi, och tusli bo‘z tuproqlardan boshlab vertikallik zonallikka kiradi;
voha sug‘oriladigan tuproqlari tuproq tiplari sifatida qaraladi (Gorbunov, Kimberg, Pankov, Shuvalov va boshqalar).
XX asrning oxirlarida bu holat biroz o‘zgartirildi va qo‘shimcha qilindi (Popov, Sektimenko, Razakov, Tursunov) :
O‘zbekiston hududi bitta emas balki, ikkita provensiyaga qaraydi-Markaziy Qozog‘iston va Turon;
cho‘l zonasi ikkita zonachaga shimoliy mo‘tadil (subbarial) va janubiy issiq (subtropik) cho‘l. Birinchisiga intensiv antropogen cho‘lsizlanish ta'sir ko‘rsatgan;
bo‘z tuproqlar zonasiga 3 ta mintaqadan tashqari yana ikkita zonachaga bo‘linadi: tog‘ oldi yarim cho‘l (och tusli va tipik bo‘z tuproqlar) va quruq turli dasht (to‘q tusli bo‘z tuproqlar va sur- jigarrang tuproqlar);
tog‘ mintaqasi uchun uchta regional vertikal mintqaga bo‘lingan: Shimoliy (g‘arbiy Tyanshan), Markaziy (shimoliy Pomir- Oloy) va Janubiy (janubiy Pomir-Oloy).
O‘zbekiston tuproqlari tasnifida (Почви y36ekucTaHa, 1975) voha tuproqlari evolutsiyasiga katta e'tibor berilgan.
Voha tuproqlari bir necha shakllanish bosqichlaridan o‘tadi, bu o‘zgarishlar tuproqlar tasnifida aks ettirilgan. Buni ikki bosqichga ajratish mumkin. Birinchi bosqichda voha tuproqlar uchun dastlabki tabiiy tuproq tipi belgilarining ustunlik qilishi xarakterlidir. Masalan, sur tusli qong‘ir tuproqlarni haydash natijasida ustki qatqaloqga o‘xshash qatlamsimon sur rangli garizont yo‘qoladi, lekin karbonat dog‘lari bo‘lgan qattiq qatlam yo‘qolmaydi, chiri- dining zahirasi kam o‘zgaradi. Ikkinchi bosqichda tuproqlar o‘ziga xos morfologik, kimyoviy, fizik va boshqa xossalar paydo bo‘ladi. Masalan, cho‘l zonasida sizot suvlari chuqur bo‘lgan kuchsiz ajratiladigan profildan karbonatsiz va gipssiz qatlam hosil bo‘ladi.
Quyida O‘zbekiston tuproqlari tasnifi berilgan: Cho‘l zonasi
tip. Cho‘l zonasi o‘tloqi tuproqlari.
Tuproqlarni ancha kichik taksonomik darajada bo‘lishi ularni sho‘rlanish va sho‘rtoblanishi, mexanik tarkibi, tuproq paydo qiluvchi jinslari bo‘yicha amalga oshiriladi.