Tuproq paydo qiluvchi ona jinslar. Tog‘ relyefining shakllariga qarab mazkur hududlarda asosan ellyuviy, dellyuviy, prollyuviy, allyuviy va lyosslar kabi tuproq hosil qiluvchi ona jinslar tarqalgan.
Tog‘ jigarrang tuproqlari ko‘pincha lyosslar va lyossimon qumoqlarda rivojlanadi. Lyosslar tarkibida asosiy fraksiyani 0,5-0,1 mm li zarrachalar tashkil qilib, ularning miqdori o‘rtacha 35-50% ga yetadi. Fizik loyning (0,001 mm dan kichik) miqdori esa 30-50% ni tashkil etadi. Lyosslardagi karbonatlar miqdori 10-22% gacha yetishi mumkin.
Undan tashqari tog‘ yon bag‘irlaridagi jigarrang tuproqlar prollyuvial yotqiziqlarda ham rivojlanishi kuzatiladi. Ayni yotqiziqlar ayniqsa o‘rtacha balandlikdagi tog‘li hududlardan past tog‘li hududlarga o‘tadigan joylarda keng tarqalgan. Masalan, So‘x, Sanzar, Zarafshon, Qashqadaryo, Surxondaryo, Chirchiq va boshqa tog‘ daryolari o‘rta oqimlarining tog‘ yonbag‘irlarida prollyuvial yotqiziqlar ko‘p uchrab, ularning tarkibida toshli, qumli, qumoqli qatlamlar ko‘zga tashlanadi. Bu jinslar o‘zining suv o‘tkazuvchanlik qobiliyati bilan lyoss va lyossimon yotqiziqlardan keskin ajralib turadi. Ayrim tog‘ vodiylarida jigarrang tuproqlarning allyuvial yotqiziqlar ham rivojlanishi aniqlangan. Allyuvial yotqiziqlar silliq toshli, qumoqli va loyli qatlamlardan tashkil topadi. Ularning tarkibida turli qalinlikda shag‘allar, qumlar va qumoqlar ham uchraydi. Allyuvial yotqiziqlar qalinligi 1-3 m gacha yetishi mumkin. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, turli tarkibli ellyuvial, dellyuvial, prollyuvial va boshqa to‘rtlamchi tuproq hosil qiluvchi ona jinslar ohaktosh, qumtosh, slanes, granit, qizil rangli loyli va magmatik jinslarning nurash mahsulotlaridan hosil bo‘lib, jigarrang tuproqlarning taraqqiyoti, rivojlanishi va tarqalishida muhim o‘rin tutadi.
O‘simliklar va hayvonot dunyosi.(‘zbekistonning jigarrang tuproqlari subtropik mintaqada rivojlangan bo‘lib, o‘simliklar dunyosi bo‘yicha tipik tog‘li hududlarga xosdir. Tog‘ florasi juda rang-barang va boy bo‘lib, 4000-5000 ta o‘simlik turini o‘z ichiga oladi. Ularning orasida tabiiy hamda madaniylishtirilgan turlari uchrab, tibbiyot va bo‘yoq sanoatida keng qo‘llaniladi.
K.V.Stanukovichning fikricha (1973), Markaziy Osiyo tog‘l jigarrang tuproqlari mintaqasida bodom, olxo‘ri, yovvoyi atirgul, archa va boshqa yuksak o‘simliklar keng tarqalgan. Undan tashqari tog‘ dashtlarida targ‘il, yulg‘un, tipchoq va o‘tloq o‘simliklari ham ko‘p uchraydi.
Sug‘oriladigan tog‘ jigarrang tuproqlarida uzum, olma, yong‘oq, olcha, o‘rik va boshqa mevali daraxtlar yetishtiriladi. Undan tashqari sug‘oriladigan yerlarda tamakichilik, polizchilik va 154
bog‘dorchilikdan ham yaxshi daromad olish mumkin. Tog‘lardagi landshaftlar har xil bo‘lgani tufayli, ulardagi fauna ham bag‘oyat xilma xildir. Kemiruvchilar, qurt-qumursqalar, zararkunandalar, tur- li qushlar, yovvoyi echki, qo‘y va cho‘chqalar tuproq hosil bo‘lish jarayoniga o‘ziga xos ta'sir ko‘rsatadi. Jigarrang tuproqlar mintaqa- sida uchraydigan qurtlar, chuvalchanglar va shilliqqurtlarning faoliyati natijasida tuproq unumdorligi ma'lum darajada o‘zgaradi.
Tog‘ jigarrang tuproqlari o‘zining hayvonot olami va o‘sim- liklar dunyosining rang-barangligi bilan boshqa tog‘li mintaqalar tuproqlaridan ajralib turadi.