I asosiy qism



Yüklə 164,73 Kb.
səhifə6/10
tarix19.12.2023
ölçüsü164,73 Kb.
#185877
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Otabek Xursanov9

Inson faoliyati. O‘rtacha balandlikdagi tog‘larda, shu jumladan sug‘oriladigan jigarrang tuproqlar tarqalgan hududlarda agroirri- gatsion qatlamlari uchraydi. Bu yotqiziqlarning Markaziy Osiyoda, shu jumladan O‘zbekiston hududlarida uchrashi ilk bor M.A.Orlov (1933, 1934, 1937) tomonidan, keyinroq A.N.Rozanov (1948,1951) va B.V.Gorbunov (1965)lar tomonidan e'tirof etilgan.
Markaziy Osiyoning tog‘li vodiylarida sug‘orish ishlari qadimdan olib borilganligi natijasida turli qalinlikda agroirrigatsion qatlamlar yuzaga kelgan. Tog‘larda ayni qatlamning o‘rtacha qalinligi 0,3- 0,7 m bo‘lib, turli hududlarda turli mexanik tarkibli, zarrachalardan tashkil topgan.
Agroirrigatsion qatlamlar inson faoliyati ta'sirida paydo bo‘lganligi, ularga xos belgi va alomatlar bundan avvalgi bo‘limda atroflicha bayon qilingan.
Tog‘ jigarrang tuproqlarining tasnifi va tashxisi. Tog‘ jigarrang tuproqlari mamlakatimizning tog‘li hududlarida keng tarqalgan tuproq tipi bo‘lib, profilida gumusli akkumulyativ, illyuvial, illyuvial-loyli, metamorfik loyli, karbonatli qatlamlarning mavjud bo‘lishi va boshqa bir qator diagnostik belgi hamda alomatlarning borligi bilan ajralib turadi.
Jigarrang tuproqlarning tipchalarini va shu tuproq tipiga xos va mos belgilarni, shuningdek, bir tipchadan ikkinchi tipchaga o‘tish qonuniyatlarini aniq ko‘rsatib berish uchun tuproqlar tasnifi va diagnostikasida «Markaziy tuproq tipchasi» tushunchasi kiritiladi. «Markaziy tuproq tipchasi» o‘tuvchi tuproq tipchasi hisoblanib, boshqa bir qancha tipchalarni ajratish imkoniyatini beradi. Shu asosda jigarrang tuproqlar tipi quyidagi tipchalarga bo‘linadi: 155
1) karbonatli jigarrang tuproqlar; 2) oddiy jigarrang tuproqlar; 3) ishqorsizlashgan jigarrang tuproqlar; 4) sug4oriladigan jigarrang tuproqlar.
Jigarrang tuproqlar bo‘z tuproqlar kabi tog‘li, tabiiy sharoitlarda rivojlansada, ko‘p hollarda karbonatli jinslarda shakllanadi. Daraxtsimon o‘simliklardan grab, buk, zarang, archa, pista, yunon yong‘og‘i, bodom, olma, olcha va butazorlar hamda quruq o‘rmonli chakalakzorlar mavjud. Shunday qilib, jigarrang tuproqlar tik zonallikning quruq subtropik dasht-o‘rmon mintaqasida rivojlanadi.
Jigarrang tuproqlar kesmasining tuzilishi quyidagicha:
Ак- Bm(tk)- ВС (Bsk)- Ск
Jigarrang tuproqlar quyidagi diagnostik belgilarga ega: 1) tuproq profilining boshqa tog‘li o‘lkalar tuproqlaridan qalinligi (1,5-2 m), 2) gumusli qatlamning qalinligi (60-70 sm), 3) gumusli qatlamning jigarrang tusda bo‘lishi; 4) gumus miqdorining ko‘pligi (4-6%, va undan ko‘p); 5) gumusning fulvatli-gumatli bo‘lishi; 6) tuproq profilida loylanishning yuqoriligi; 7) fizikaviy-kimyoviy xossalarning qulayligi (singdirish sig4imi yuqori qatlamda 35-45 mg/ekv, pastki qatlamda esa 20-25 mg/ekv - 100 g tuproqda); 8) tuproq reaksiyasi mo‘tadilga yaqin; 9) gumusli va karbonatli qatlamlarda kesakchali-donador va yong4oqsimon strukturalar mavjud; 10) yaxshi agronomlik xossalarga ega bo‘lish va boshqalar.

Yüklə 164,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin