I bob. Adabiyotlar sharhi


Polimer eritmalarini tayyorlash va tozalash



Yüklə 0,81 Mb.
səhifə7/25
tarix28.09.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#150033
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25
I bob. Adabiyotlar sharhi

1.4. Polimer eritmalarini tayyorlash va tozalash

Og’zi mahkam yopiladigan probirkaga maydalangan polimer namunasidan 1gr va erituvchidan 10 ml solinib, uy temperaturasida 2 soat saqlanadi. Bu vaqt ichida ba’zan probirkani chayqatib turish kerak. Oradan 2 soat o’tgach, probirkadagi o’zgarishga qarab, polimerning erigan yoki bo’kkanligi aniqlanadi. Agar polimer qisman erigan yoki bo’kkan bo’lsa, uning eruvchanligini yuqoriroq temperaturada tekshirish kerak. Buning uchun probirkaning og’ziga qaytarma sovutgich o’rnatib, probirka 30 minut davomida suv hammomida isitiladi-da, namunaning eriganligi yoki bo’kkanligi kuzatib turiladi.


Eruvchanlikni miqdoriy jihatdan aniqlash. Ko’pincha, erituvchilarning eritish xususiyatini bilish kifoya qilmay, balki polimerni qancha miqdorda erita olishini ham bilish zarur bo’ladi. Bunday hollarda polimer eritmasini loyqatish uchun sarflangan cho’ktiruvchi miqdoriy aniqlanadi. So’ngra cho’ktiruvchi moddaning erituvchi hajmiga nisbati hisoblab topiladi va bu nisbat polimerning erish miqdorini xarakterlaydi. Demak, eritmani loyqalatish uchun cho’ktiruvchi qancha ko’p kerak bo’lsa, erituvchining eritish xususiyati shuncha yaxshi deb hisoblanadi.
Tajriba o’tkazish tartibi: konussimon kolbaga maydalangan polimerdan 1gr solinib, 10 ml erituvchida eritiladi, eritma ustiga byuretkadan cho’ktiruvchi tomiziladi (kolbani doimo chayqatib turish zarur). Kolbadagi tiniq eritma loyqalangandan so’ng, cho’ktiruvchi modda tomizish to’xtatiladi va 1ml erituvchiga to’g’ri keladigan cho’ktiruvchi miqdori (ml) hisoblab topiladi.
2-Jadval
Ba’zi polimerlar uchun tavsiya etilgan erituvchi va cho’ktiruvchilar



Polimer



Erituvchi

Cho’ktiruvchi

Poliizobutilen
Polivinilxlorid
Perxlorvinil smolasi
Polistirol
Polivinil spirt
Polimetilmetakrilat
Polibutilmetakrilat
Polivinilasetat
Polivinilbutiral
Poliuretanlar
Poliefirlar
Poliamidlar
Fenol-formal’degid smolasi
Mochevina–formal’degid smolasi

Benzol
Dixloretan
Atseton, ammiak eritmasi
Benzol
Suv, formamid
Benzol
Atseton
Metil va etil spirtlar
Etil spirti
Siklogeksanon
Aseton
Krezol

Aseton, etil spirti


Atseton, etil spirti



Metil yoki etil spirti
Etil spirt
Suv, etil va metil spirtlar
Metil spirti, benzin
Metil va etil spirtlar
Benzin
Metil spirti
Suv, efir
Suv, efir
Suv
Suv, metil va etil spirtlar
Metil va etil spirtlar

Suv

Suv, Xlorid kislota eritmasi



Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin