II BOB. OLINGAN NATIJALAR VA ULARNING TAHLILI 2.1. Smolalarni tozalash, xossalarini o’rganish va erituvchilarning miqdoriga qarab plyonka hosil qilish xususiyatini o’rganish Olingan smola ksilol, dioksan va spirtlarda eriydi, suvda erimaydi. Sifatli emal va lak olish uchun olingan smolani tozalash kerak bo’ladi. Ortiqcha formaldegid va furfurolni xlorid kislotaning suvdagi eritmasi bilan dekontasiya qilib tozalanadi. Bu jarayonda ham tozalanmay qolgan formaldegid va furfurolni moddalarini asetondan foydalanib tozalaniladi. Asetonda qayta kristallab, cho’ktirilgan smola 30-400 C da quritiladi. Olingan smolani oldin aniq bo’lgan fizik- kimyoviy usullar yordamida analiz qilinadi. Olingan natijalar esa jadvalda keltirilgan.
Jadval-3
3-jadvaldan ko’rinib turibdiki, olingan smolalar barcha talablarga javob bera oladigan lak va emal ishlab chiqarish uchun ishlatish mumkin. Lak asosan mebel ishlab chiqarishda asosiy mahsulot sifatida ishlatiladi.
Vaqtning o’zgarishi (minut). 2-grafik. BZ-4 lak sifatida ishlatiladigan smolaning zichligi va qovushqoqligini vaqt o’zgarishi bilan bog’liqlik grafigi.
Eterifikasiyalangan smola olish jarayonining laboratoriya reglamenti va texno-
logiyasi o’rganildi.
Etirifikasiyalangan smola olishning muqobil sharoitlari quyidagi jadvalda keltirilgan.