I bob. Adabiyotlar tahlili



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə2/30
tarix22.05.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#119299
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Нодир диплом иш 22

Mavzuning dolzarbligi: O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng sportga katta e’tibor berilmoqda. Bu go’zal gullab yashnab rivojlanayotgan davlatimiz uchun sog’lom, epchil, aqlan sog’lom insonlarni aql idroklarini tarbiyalashimiz kerak. Ularda vatanparvarlik tuyg’usi va o’z yurtiga mexr muxabbat qo’yishni shakllantirishimiz lozim.
O’quvchi yoshlarni jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlariga ommaviy jalb qilish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I. A. Karimov tashabbusi bilan 1999 yil 21 mayda qabul qilingan Vazirlar Maxkamasining “O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish chora–tadbirlari to’g’risida”gi 271–sonli qaroriga binoan mamlakatda kadrlar tayyorlash milliy modeliga asosan va uning talablariga uyg’unlashgan uzluksiz ta’limning ommaviy sport tizimi yaratilib, «Jismoniy tarbiya va sport to’g’risidagi» qonuni, «Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish to’g’risida»gi qarorlari qabul qilinib, amalga oshirila boshlandi. Respublikamizda sportni bu darajaga ko’tarilishida birinchi Prezidentimiz I.A. Karimov xissasi kattadir.(1,2,3,4)
Bu sohada O’zbekiston Respublikasi 3 bosqichli “Umid nixollari”, “Barkamol avlod”, “Universiyada” kabi musoboqalarga katta e’tibor berib bormoqda. Bolalar va o’smirlarni sportga qiziqtirish va ularni jaxon miqyosiga olib chiqish O’zbekistonni yanada ko’klarga ko’tarishga xissa qo’shilmoqda.
Bugungi kunga kelib sportning ”Voleybol ” turi respublikamizda bir qancha bolalar va o’smirlar sport maktablari, litsey, kollej va oliy o’quv yurtlarida keng qo’llanilmoqda. har bir maktab yoki kollej sport soxasida o’z mavqeiga ega bo’lgan sportchilari borligi sir emas. Voleybol musoboqalari mexnatkashlarni muntazam tarzda jismoniy tarbiya mashg’ulotlariga jalb qilishning muxim vositasi, sport mahoratini oshirishning hamda “Alpomish va barchinoy” me’yoriy talablarini bajarishning asosiy omillaridan hisoblanadi. Lekin erishilgan yutuqlarga qaramasdan yosh Voleybol sportchilarni o’yin va ayniqsa texnik, taktik va teskorlik voleybolchilari maxsus ish qobilyatni shakillantirish metodikasi sifatlarini tayyorgarligi ustida xali ancha mashaqqatli ishlar olib borilishi kerak.
Zamonaviy voleybol sport turidan musobaqalarida o’zaro raqobatning keskinlashuvi va o’yin shiddatini nixoyatda o’sib borayotganligi o’quv mashg’ulot jarayoniga yangicha ilmiy nazar bilan yondashishni taqazo etadi. YUksak maxorat, keng jismoniy va funksional imkoniyatlarga ega, istedodli xamda raqobatbardosh Voleybolchilarni tayyorlash muammosi muqobil va samarador pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish zaruratini belgilab bermoqda.

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin