I bob. Adabiyotlar tahlili


-16 yosh voleybolchilari maxsus ish qobiloyatni rivojlanishining fiziologik asoslari



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə7/30
tarix22.05.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#119299
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   30
Нодир диплом иш 22

15-16 yosh voleybolchilari maxsus ish qobiloyatni rivojlanishining fiziologik asoslari.
15-16 yosh voleybolchilari maxsus ish qobiloyatni harakat texnikasining rivojlanishiga va ayrim muskullarning kuchlanish darajasiga hamda ularning qo’shilishiga bog’liq bo’ladi. Mashq qilishning asosiy usuli maksimal kuchlanishlar metodi bo’lib, unda yengiladigan qarshilik musoboqadagi ishdan 10% ko’p farqlanmasligi kerak. Bunday sharoitlarda muskullararo uyg’inlik eng ko’p darajada rivojlanadi, bu maksimal ham minimal ham bo’lmagan kuchlanishdagi uyg’unlashgan harakatlar rivojlanishiga mos bo’ladi.(7, 8, 56.)
Tezkorlik-kuch maxsus ish qobiloyatni rivojlanishida (ketma-ket) ikkita asosiy vazifa xal etilishim kerak. (V.V.Kuznitsov 1975)
1. Tezkorlik-kuch maxsus ish qobiloyatni imkoniyatlari to’plamining ortishi.
2. Bu sifvatlarning o’zlashtirish qobilyatining rivojlanishi.
Birinchi vazifani xal etish uchun mahalliy (lokal) va regional axamiyatga ega bo’lgan mashqlar qo’llanishi kerak. Bu mashqlarda qo’llanadigan nisbatlar xajmi 1 martadan 8-10 martagacha takrorlanishi zarur. Ikkinchi vazifa maxsus regional va global mashqlarni qo’llash orqali bajariladi, bunda qarshilik – musoboqadagi qarshilikka teng, tezlik esa, maksimal bo’lishi lozim. Asosiy usul tebranuvchan bo’lib, unda mashqlarning chorak qismi yon beruvchi bo’lishi va izometrik rejimda bajarilishi kerak.(19, 32, 33.)
Sportning har xil turlarida maxsus ish qobiloyatni sifatlarining xususiyatlari.
Spotrning har–xil turlaridagi maxsus ish bilan bajariladigan, xarakatlar malakasining eng murakkab darajada uyushtirilishi bilan ifodalanadi. Bunda xarakatning ma’lum qismida (odatda tugashida)tezlik kuch komponentlari kuchlanishining vaqt bo’yicha to’planishi yuzaga kelishi namoyon bo’ladi. Tezlik kuch maxsus ish qobiloyatni mashqlarining bajarilishida organizmdagi fiziologik siljishlar quydagi omillarga bog’liq bo’lgan qator hususiyatlar bilan shartlangandir:
a) asosan anaerob yo’l orqali energiya bilan ta’minlanadigan Harakatlarning yuqori quvvatining o’ziga xosligi;
b) Harakatning eng oxirida vegitativ funksiya ko’rsatkichlarining siljish yig’indisi
Harakat takrorlanishi soniga bog’liq bo’ladi.
Tezlik-kuch mashqlari, ayniqsa to’satdan yuzaga keladigan mashqlarning bajarilishi kuchlanish va nafasni ushlash kabi xususiyatlar bilan bog’liq bo’ladi. Harakatlarning qisqa vaqt ichida, yuqori quvvat bilan bajarilishi va kuchanish xamda nafasni ushlash Lingart fenomeniga xos vegetativ reaksiyalarni yuzaga keltiradi.(9, 16, 36, 47, 56.)
Tezkorlikning fiziologik va bioximik asoslari. Reaksiyaning latent vaqti 5 ta tarkibiy qismdan iborat:
1.Retseptorda qo’zg’alishning paydo bo’lishi:
2.Qo’zag’alishning markaziy nerv sistemasiga uzatish:
3.Qo’zg’alishning nerv yo’llari bo’ylab o’tib borish va effektor signal xosil bo’lishini:
4.Signalning markaziy nerv sistemasidan muskulga o’tkazilishi:
5.Muskulning qo’zg’alishi va unda mexanik aktivlik paydo bo’lishi. Aytib o’tilgan fazalardan uchinchisiga eng ko’p vaqt sarflanadi.
Maksimal tezlikda bajariladigan xarakatlar fiziologik xaraktiristikalariga ko’ra sekinroq xarakatlardan farq qiladilar.
Bular orasidagi eng muhum farq shundan iboratki, xarakatlarni maksimal tezlikda bajarish davomida sensor bog’lanishlar xosil bo’lishi qiyinlashadi: Reflektor yoy infl’uslarini tashib ulgurolmaydi.(58)
Tezlik juda katta bo’lganda xarakatlarni yetarlicha aniqlik bilan bajarish qiyinligi mana shu bilan bog’liqdir.
Juda tez va yuksak chastotada bajarilgan xarakatlarda masalan, spirintcha yugurishda xarakat to’la ampletudasining eng chekkasida muskullar eng aktiv ishlaydi. Kishi gavdasining biror sigmentiga kinetik energiya beriladi, keyin antoganist muskullar ishtirokida bu energiya so’ndiriladi va sigmentga teskari yo’nalishdagi tezlanish beriladi. Tezlik katta bo’lsa muskullarning aktivligi shunchalik qisqa muddatli bo’ladiki, natijada muskul bu vaqt ichida qisqarib ulgurolmaydi, muskul izometrik rejimga yaqin bo’lgan rejimda ishlaydi va tezlik qanchalik yuqori bo’lsa, muskulning ishi rejimi izometrik rejimga shunchalik yaqin bo’ladi. Jadal va tez-tez qaytariladigan xarakatlarda markaziy nerv sistemasining effektor imulsatsiyasi motoneronlarning konstrenlashtirilgan razriyadlari “zalpi” ko’rinishida bo’ladi.
Bu “zalp”larni vaqt jihatidan izometrik sharoitlarda muskullarning ichki kuchlanishidan to’liq foydalaniladigan qilib taqsimlash alohida ahamiyat kasb etadi.
Tezkorlik ayniqsa u xarakatlar maksimal chastotada bo’lishida ifodalangan bo’lsa, xarakatlantiruvchi nerv markazlarining qo’zg’algan xolatidan tormozlangan xolatga va aksincha, tormozlangan xolatdan qo’zg’algan xolatga o’tish tezligiga ya’ni nerv protsesslarining xarakatchanligia bog’liq. Tezlik mashqlari qisqa muddatli bo’lganligi uchun, ATFning resintezlanishi deyarli anaerop mexanizmlar – fosfokreatin gilikolitik mexanizmlar xisobiga bo’ladi. Masalan 100 va 200 metrga yugurish, 25 va 50 metrga suzish va shu kabi mashqlardagi faoliyatni energetik ta’minlashda anaerob manbalar xissasi 90% dan ortiq bo’lishi mumkin. Bunga o’xshash ishlar ko’p miqdorda kislarod yetishmasligiga olib keladi va bu yetishmovchilikni “qondirish” bir necha 10 minutga cho’zilishi mumkin.(7, 8, 46, 56.)



Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin