1.3-Bobga xulosa Xozirgi zamon voleybolining ilmiy uslubiy nazariy adabiyotlari juda ko’p bilim va ko’rsatmalarni yaratib bermoqda. Bu bilimlar orqali o’quv mashg’ulot vaqtida yosh sportchilarni jismoniy sifatlarini to’g’ri rivojlantirishda samarali yordam bermoqda. SHunday bo’lsa xam ishlab chiqilgan qo’llanmalardan gandbol murabbiylari kam foydalanishmoqda.
Adabiyotlar taxlilini o’rganganimizda va mashg’ulotlari jarayoni shuni ko’rsatadiki xamma sport maktablarida maxsus ish qobiloyatni rivojlantirishga ko’p axamiyat berilmayapti. Biz ko’proq e’tiborni yosh voleybolchilarda kuchlilik tezkorlikni, chaqqonlikni, chidamkorlikni tezkorlik-kuchni psixologik tayyorgarlikni texnik va taktik tayyorgarlikni va yana bir qancha sifatlarni rivojlantirishga qaratishimiz kerak. SHundagina O’zbekiston voleybolning gullab yashnashida oz bo’lsa xam o’z xissamizni qo’shgan bo’lar edik.
2.Bob. Tadqiqot vazifalari, usullari va uni tashkil etish.
2.1 Ilmiy – uslubiy adabiyotlar taxlili
Ilmiy izlanishning olib borilishidan maqsad 15-16 yoshli voleybolchilarda maxsus ish qobiloyatni rivojlantirish kuchlilik dinamikasining oshirish, yillik mashg’ulotlar mobaynida mashg’ulotlarni to’g’ri taqsimlash va bir qancha faktorlarni tezlikni oshirishga ta’sirlari xaqida.
Ilmiy izlanishning asosiy vazifalari.
1. 15-16 yosh voleybolchilarning maxsus ish qobiliyatlarni rivojlantirishning ilmiy izlanishlari.
2. Yillik mashg’ulotlar davrida sport maxoratini rivojlanishini oshirishning ilmiy izlanishlari.
3. Tadqiqot yo’li bilan yosh voleybolchilarda o’quv mashg’ulotlar jarayonida tezkorlik kuch sifatlarining o’sishini tekshirish va samarali ekanligini tajribada asoslash.
2.1. Ilmiy uslubiy adabiyotlar taxlili.
Ushbu uslub dissertatsiyasining hamma vazifalarini hal etish uchun foydalanildi va tadqiqot vazifalarini oldinga qo’yish xamda olingan natijalarni muxokama etishda asosiy uslub bo’lib xizmat qiladi. Adabiyotlarni taxlil etish jarayonida darslarni tashkil qilishning umumiy va maxsus funksional xususiyatlarini mashg’ulotlar tuzilmalarida tezkorlik yuklamalarini tayyorlash va taqsimlash uslublari. o’rganildi. Ilmiy izlanishga qo’yiladigan savollarni chet el va yurtimizda yozilgan ilmiy uslubiy adabiyotlardan foydalanilib, o’rganilib tuzildi. Foydalanilgan adabiyotlarda yillik mashg’ulotlarni tuzish tezkorlik kuch sifatlarini rivojlantirish, jismoniy sifatlarni oshirish yo’llari ishlab chiqilgan.