I bob. Adabiyotlar tahlili


Sport o’yinlarida 15-16 yosh voleybolchilari maxsus ish qobiloyatni shakillantirish metodikasi tayyorgarligini rivojlantirishning vosita va usullari



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə8/30
tarix22.05.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#119299
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30
Нодир диплом иш 22

1.2. Sport o’yinlarida 15-16 yosh voleybolchilari maxsus ish qobiloyatni shakillantirish metodikasi tayyorgarligini rivojlantirishning vosita va usullari.
YU. M .YUnusova (1994y) Tezlik – bu eng qisqa vaqt ichida eng ko’p xarakat faoliyati kO’rsata olish qobilyatidir. Boshqacha qilib aytganda bu insonning funksional xususiyatlari majmuiy bo’lib, ular xarakatning va xarakatga ta’sir ko’rsatuvchi vaqtning tezlik jixatini ifodalab beradi.
Tezlik bu inson fazilatlarining majmuidir. SHunga ko’ra tezlik xislatlarining namayon bo’lishi xaqida gaprilsa to’g’riroq bo’ladi.
Tezlikning vujudga kelish shakllari quyidagicha.
A) xarakatlantiruvchi reaksiyaning yashirin fursati.
B) yolg’iz xarakatning tezligi.
V) tezlik xislatlarining tez namayon bo’lishi.
G) xarakat sur’ati.
Sportning ko’pchilik turlari tezlik layoqatining butun kompleksini talab qiladi, lekin bu talab bir xil darajada bo’lmaydi. Balki turlicha munosabatda va shakllarda yuz beradi. Bundan sportning turlari namayondalarida tezlik layoqatini qay yo’sinda rivojlantirish mumkinligiga kelib chiqadi.(62)
Tabiiy tarzda rivojlangan tezlik bilan mashqlar vositasida erishilgan tezlik o’rtasidagi farq uncha katta emas - bu farq atiga 20% ni tashkil qiladi.
Tezlik asosan asab jarayonining xarakatchanligi tezlik quvvati, mushaklarning cho’zilishi layoqati vujudga keladi. SHuningdek, tezlikning vujudga kelishida mushaklarning egiluvchanlik va bo’shashish layoqati sport texnikasining sifati sportchidagi zafarga intilish irodasining shiddatliligi va texnik xarakatini ta’minlovchi biokimyoviy mexanizmlar xam muxim rol o’ynaydilar.
Mushakning cho’zilishi – mushakning cho’zilishi oqibatida o’z shaklini o’zgartirish (deformatsiya) layoqati.
Tezlik va quvvat – bular nisbatan deyarli bir xil xislatga ega.
YUgurish tezligi ko’proq sportchining gavda tuzilishiga emas, balki uning qay darajada tayyorgarlik ko’rganiga va ayniqsa uning tezlik kuchlanish imkoniyatiga bog’liq bo’lsa kerak.
Xarakatlantiruvchi reaksiya tezligini rivojlantirish.
Xarakatlantiruvchi oddiy reaksiya – bu oldindan ma’lum bo’lgan signalga odindan belgilangan xarakat pistoletdan otish, xushtak, qarsak va boshqalar bilan javob qilishdir.
Xarakatlantiruvchi reaksiya tezligini oshirish – g’oyatda murrakab vazifa, zero shu reaksiya kezi kelganda, bir soniyaning o’ndan yo yuzdan bir xissasicha yutuqqa erishishni ta’minlashi mumkin.
Oddiy reaksiyani rivojlantirishda quyidagi usullardan foydalaniladi.
1. Takrorlash usuli – bu signalga qilinadigan javobni qayta – qayta takrorlashdan iborat.
2. Parchalash usuli – bu usulda vaqtni xis qilish reaksiyasi bilan undan keyingi xarakatlar reaksiyasi aloxida aloxida mashq qilinadi.
3. Xis qilish usuli boshqacha qilib aytganda tashqi ta’surotni qabul qilib olib taxlil qilish usuli, bu usul xis qilish tezligi bilan oraliq vaqtning o’ndan va yuzdan bir soniyasiga farq qila olish qobiliyati orasidagi uzviy bog’liqlikka asoslangan.
Bu usul bo’yicha bajariladigan mashq uch boqichda o’tkaziladi.
A) Sportchi tezlik xarakatlarini bajaradi, trenir unga sarflangan vaqtni aytadi.
B) SHu xarkatning o’zi bajariladi. Lekin trenir qancha vaqt sarflaganini O’quvchidan so’raydi, vaqtning eng qisqa muddatini xis qilish chiniqtiriladi.
V) SHug’ullanuvchi trenirning topshirig’i bo’yicha o’zi bajargan mashqqa qancha vaqt ketganligi aniqlash kerak.
Tezlikni talab qiluvchi barcha mashg’ulotlar jadal xarakatlar zamirida rivojlanadi, bunday xolda, toliqish xolati vujudga kelmasligi uchun biroz takroriy mashqlardan foydalanish lozim bo’ladi. Toliqish payitida tezlik rivojlantrilmaydi. Tezlikni talab qiluvchi mashg’ulotlar kislarod taqchilligining vujudga kelishi bilan bog’liq bo’lgani sababli mashq oralig’idagi xordiqqa mumkin qadar ko’proq vaqt ajratish lozim bo’ladi. Bunday xordiq vaqtining qancha uzun bo’lishi organizmni kislarod bilan qanchalik ta’minlanganligiga markaziy asab sistemasining qanchalik xayajonlanganligiga bog’liq. Masalan 200 metrlik masofa yugurib o’tilgach, oradan 8 daqiqa o’tgandan keyin, sportchining ishga layoqatligi 95% ga tiklanadi, shuning uchun markaziy asab sitemasida vujudga kelgan xayajon xolatining susayishini kutib o’tirmay, navbatdagi ishni boshlab yuborish maqsadga muvofiq bo’ladi. Odat bo’yicha, xordiq paytini faol xarakatlar, sekin yugurish, odimlab yugurish, shoshmasdan suvda suzish va xakazo mashqlar bilan ishg’ol qilish mumkin.
Tezlikni rivojlantirish uchun amaliy faoliyatga kuchlantiruvchi mashg’ulotlardan juda keng foydalanish kerak bo’ladi.
Biroq kuchlantiruvchi mashg’ulotlar, tezlikni talab qiluvchi mashg’ulotlarga ta’sir etishga yo’naltirilgan chog’dagina va og’irlashgan mushaklar tezlikni talab qiluvchi u yoki bu mashqning jadallashgan rejimini bajarayotgan chog’idagina ijobiy samara berish mumkin.(6, 14, 21, 37, 48, 53.)
Ko’pchilik mualliflarning ta’kidlashicha, 9-10 yoshdan to 13-14 yoshgacha bo’lgan bolalarda tezlik xarakatini rivojlantirish eng maqbul davr xisoblanar ekan. Bola 15-16 yoshga borganda, unda tezlikning rivojlanishi susayadi. YUgurishning eng past sur’ati 16 yoshli bolalarda kuzatiladi.(13, 14, 16, 17, 27, 28.)
G.L. Drandrovning ta’kidlashicha 14-16 yoshli sportchilarda tezkolik-kuch siflarini oshirish ularning nerv sistemalariga uzviy bog’liqdir.(21)
B.A. Vyatkinning ta’kidlashicha, kuchli nerv sistemasiga ega bo’lgan sportchilarni tarbiyalash jarayonida sportchining organizmiga psixalogik ta’sirlar, diqqatni oshirish va optimal usullardan foydalanish kiradi.
Pisixafizikaviy mexanizmlar tezlik reaksiyasining xarakterini turlicha namayon bo’lishiga sababchi bo’ladi. Tezlik namayon bo’lishning bunday xarakterini qisqa masofada yugurishida aniq ko’rishimiz mumkin. Startni (vaqt xarakteristikasiga ko’ra) tez olish mumkin, lekin tezlikni masofada uzoq ushlab tura olmasligiga guvox bo’lishimiz mumkin.(10,11.)
YUgurish tezligi xarakatni ko’rsatilgan xarakteristikasi bilan nisbiy bog’liq xalos. Tezlikni namayon bo’lishida yuguruvchi qadamining uzunligi, uning oyog’i uzunligiga, o’z navbatida, yuguruvchi oyoq muskullarining yerga tiranish kuchiga bog’liqdir.
SHuning uchun xarakat reaksiyasining vaqt davomida namayon bo’lishiga qarab o’quvchining sprintda o’zini qanday namayon qilishini bashorat qilishimiz g’oyatda mushkul.
Tezkor sifatini bir mashqdan ikkinchi mashqqa “ko’chirish” qoidada kuzatilmagan uning ko’chishi mashqlarini bir-biriga kordinatsiya nuqtasi nazardan yaqin o’xshashligi bo’lganligi namayon bo’lgan, qolaversa indevitning mashqlanganligi (shug’ullanganligi) qancha yuqori bo’lsa bu ko’chish shunchalik past darajada bo’ladi.(23,24,25.)
SHunga ko’ra tezkorlik sifati xaqida gapirilganda, bu sifatni tarbiyalash xaqida gapirmay inson xarakatidagi aniq tezlik xususitlarini rivojlantirish xaqida gapirish lozim.
YAkka xarakat tezligini xarakat aktni biomexanik bo’laklarga (qismlarga) ajratib chegaralangan xolda tavsiflashimiz mumkin. (Masalan: depsinish tezligini aniqlash kerak bo’lib qolsa, yugurishda sonni tez ko’tarib chiqa olish orqali aniqlanadi.) Ayrim sport mashqlari turlarida (Masalan: uloqtirishlarda) xarakat tezligi muskullar kuchining namayon bo’lishi bilan umumiylashib (qo’shilib) ketadi va bu bilan tezlikni kompleksli xususiyatini – keskin xarakatni vujudga keltiradi. SHuning uchun tezkorlik-kuch talab qiladigan sport turlarida xarakat tezligini rivojlantrish ayniqsa, tashqi qarshiligi yuqori bo’lgan mashqlar muskul kuchini rivojlantiruvchi vosita sifatida rol o’ynaydi.
Sof, tez bajariladigan mashqlar evaziga tezkorlikni rivojlantirish juda qiyin bo’lib kuch talab qiladigan mashqlar orqaligina muskul qo’zg’alishi tezligini oshishi amaliyotda isbotlangan.
Kuch imkoniyatlarini oshirish vazifasi esa judda sodda xal qilinladi. Kuchni rivojlantirish tez xarakatlar sharoitida o’tishi lozim. Buning uchun denamik zo’riqish uslubidan foydalaniladilar, maksimal kuch bilan zo’riqish xarakatni to’la ampilatudada, eng yuqori tezlikda, shug’ullanuvchi uchun me’yoridan oz vazminlikda yuk bilan yuzaga keltiradi.
Siklik xarakatlar xarakat chastotasini ifodalaydi. qo’llarini maksimal xarakati chastotasi oyoqlarnikidan yuqori oyoq qo’l bo’g’inlarining xarakati chastotasi tananing boshqa a’zolari va boshqa bo’laklaridan yuqori darajada bo’lishi mumkin.
Xarakat chasotasini o’lchash qoida sifatida vaqtning qisqa intervali orqali olib boriladi. Spirint yuguruvchining 100 metrga yugurishdagi xarakat chastotasi bir sekuntda bajaradigan qadamlar sonini sanash orqali aniqlanadi.
Xarakat chasotasi va ish bilan birga siklli xarakatlar tezligini rivojlantirish maksimal tezlikda bajariladigan mashqlarni bajarish orqali amalga oshirilida.(12, 14, 54.)
V.P Filinning fikricha, sport trinirofkasaning boshlarida katta yo’nalishdagi mashqlar bilan tezlikni rivojlantirish salbiy oqibatlarga olib kelar ekan. Bu metod bilan natija spirinda 1-1,5 sekundgina yaxshilanadi xalos.
Boshlanishidan umum insoniy tayyorgarlikni oshirib tor yo’nalishdagi tezlik sifatlarini rivojlantirish ijobiy natija beradi. YUqorida qoidaga rioya qilish bilan cheklanib qolinsa, tor yo’nalishdagi tezlik uchun berilgan mashqlar tezlik to’sig’ining paydo bo’lishiga olib keladi. Ana shu tezlikka organizmda reflekis vujudga keladi, bu esa tezlikning stabillashuvi demakdir.
Xarakat chastotasi va xarakat tezligini rivojlantishi uchun takroriy oshirib borish va o’zgaruvchan mashq qilish metodlaridan foydalaniladi. Bunday metodlarni qo’llashda yugurish masofasi shunday tanlanadiki, uning oxirida va yuguruvchining takroriy ko’rinishlaridan ham tezlik pasaymasligi kerak.
Maksimal intensivlikda bajariladigan ish anaerob sharotida o’tadi, shuning uchun dam olish intervali urinishlari orasida kislarodga muxtojlikni qondira oladigan darajada belgilanishi (o’rnatilishi) lozim.
Ularni oralig’ini signal yugurish, osayishta yurish va boshqalar bilan to’ldirish tavsiya etiladi.(57, 56, 58.)
Kuch va uni rivojlantirish uslubiyati.
Xar qaysi indevid tashqi ta’sir yoki qarshilikni yengish uchun o’z jismidagi ma’lum sifatni namayon qiladi. Tashqi ta’sirga qarshi muskul zo’riqishi orqali xarakat faoliyati shaxsning kuchi, uning kuch qobiliyati deb atash qabul qilingan. SHug’ullanuvchi mashg’ulot paytida o’z tanasi tinch turgan xoldan sport snariyadiga (uloqtirishda) o’z tanasini xarakatlantirish maqsadida (gimnastika mashqlari va boshqalar) aylantirish, siljitish, ko’tarishga intilsa, ayrim xolda uning teskarisi, tananing o’zi, yoki uni bilagiga tashqi kuch ta’sir etishi bilan uning statik xolatini buzib o’z gavdasini oldinga (dastlabki xolatini ushlab turishga) urinadi.
Ilmiy tushincha tarzida kuch imkoniyati boricha o’zining aniq tarafiga ega bo’lishi va farqlanishi lozim:
1. Xarakatning mexanik xarakteristikasi sifatidagi kuch (“Tanaga M” massasidagi “F” kuchining ta’siri”).
2. Inson jismidagi jismoniy sifat tarzidagi kuch (“masalan, yoshning ulg’ayishi bilan kuchning rivojlanishi: sportchi kuchini sport bilan shug’ullanmaydiganlarga nisbatan ko’p bo’lishi” va xokazo).
Bu sifatning pisixofizik mixanizimi muskul zo’riqishining boshqarilishi (regulyatsiyasi) va ularning ish tartibi (rejimi) aloqadir. Muskulning taranglashishi insoning kuchini namayon bo’lishiga olib keladi.
Ruxiy oziqa olishi va xarakatni ma’lum tizimda bajarish markaziy xamda periferik nerv sistemasi, xususan, nerv markazlaridan muskullarga kelayotgan signallarga va muskullarning o’z xizmati xolatiga bog’liq. Umuman, muskul tarangligi – zo’riqishi (kuch namoyon qila olishi) quyidagilarga qarab aniqlanadi:

  1. Markazdan muskullarga kelayotgan qo’zg’alishlarning chastotasiga (chastota qancha katta bo’lsa, muskul shunchalik zo’r darajada o’zining tarangligini oshiradi) ko’ra:

  2. Zo’riqishga qo’shilgan xarakat birligining soni bilan:

  3. Muskulning qo’zg’aluvchanligi va undagi quvvatning man’bai miqdoriga qarab.(8, 11.)

Kuch qobiliyatlarining turlari muskul zo’riqishi tartibining kombinatsiyalashtira olish xarakteriga qarab farqlanadi. Statik rejimida va sekinlashtirilgan xarakatlarda namayon bo’ladigan shaxsiy kuch qobiliyatlari va tezlik–kuchi xisobiga sodir bo’ladigan kuch (dinamik kuch) tez bajariladigan xarakatlarda qo’llaniladi. Boshqachasiga shiddat (portlash) kuchi deb ataladi. Bunga qisqa vaqt ichida eng ko’p darajada kuch namayon qila olish qobiliyati deb qaraladi.
Portlash kuchi sakrashlarda depsinish orqali sakrovchanlik tarzida namayon bo’ladi. Past start olishda tananing og’ishi 54 va 72 gradusli burchak xosil qilgandan so’ng startdan chiqishning samarasi turlicha bo’ladi. Xisoblashlar shuni ko’rsatmoqdaki, ikkala oyoqdan 180 kg kuch bilan depsinish 72 gradusdan start olganda kuchning gorizantal yo’nalishi samaradorligi 55-62 dan oshmas ekan. Agar start 54 gradusda bajarilsa, depsinish kuchi samaradorligi 105-80 kg bo’lishi mumkin.
Xarakat tezligini oshirish gavdaga tezlanish berish uchun unga anchagina kuch ta’sir etilishi lozim. U qanchalik kuchli bo’lsa, tananing fazoda tezlanishi shunchalik qisqa vaqt ichida tez vujudga keladi. Lekin tezlik birdaniga oshmaydi.
Buning uchun kuch anchagina vaqt ichida ta’sir etib turishi zarur. Maksimal tezlik olish uchun esa uzoqroq masofa lozim va katta kuch bilan ta’sir etish foydalidir.
Kuchning ta’sir etish vaqti qanchalik oz bo’lsa, xarakat tezligi shuncha yuqori bo’ladi. Gavda qiya chiziq bo’ylab tezlik oladigan bo’lsa shuncha ko’p ta’sir kuchi kerak bo’ladi.(35, 62.)
Kuch oshirilishining uzluksizligi va birin ketinligi.
Bu qoida Nyutonning ikkita (inersiya va tezlanish) qonunidan kelib chiqadi. Eng katta kuch xarakatni boshlash uchun, tinch (turg’un) enersiyani yengish uchun kerak bo’ladi.
Maboda yadro turtishning qaysidir joyida xarakatning ozgina sekinlashtirilishi yoki ushlanishiga yo’l qo’yilsa, oldingi xarakatning foydali efektidan maxrum bo’lib qolishi mumkin. Xarakatlarning uzluksizligi va davomiyligi texnik tayyorgarligi yuqori bo’lgan sportchilarda, ayniqsa uloqtirish, sakrash, suzishning barcha turlarida yaqqol ko’zga tashlanadi va xarakat samarasiga ta’sir qiladi.(14, 56.)
Kuchni rivojlantirish metodikasi va vositalari.
Kuchni rivojlantirish uchun yuqori qarshilik bilan bajariladigan mashqlardan foydalaniladi. Ular ikki guruxdan iborat.
1. Tashqi qarshilik bilan bajariladigan mashqlar. qarshilik sifatida jismlar vazni (Girlar, toshlar, shtanga va boshqalar) raqibining qarshiligidan, o’ziga–o’zining qarshiligi, boshqa jismlar qarshiligiga (purjinali ekspanderlar, rezinali bind, maxsus moslama stanoklar) tashqi muxit qarshiligi (qumli yo’lkada, qalin qorda yugurish va boshqalar)dan foydalaniladi.
2. Indivedning o’z tanasi og’irligini yengish bilan bajariladigan mashqlar (tayanib yotib qo’llarini tirsakdan bukish). Kuch bilan bajariladigan xar qanday mashqlar o’zining ijobiy va salbiy tomonlariga ega. Og’irlik bilan bajariladigan mashqlarning qulay tamoni shundaki, ular yordamida xam yirik, xam mayda muskullar guruxiga ta’sir etish oson va ularni dozalash qulay. Salbiy tomoni shundaki tezlik kuch talab qiladigan xarakterdagi xarakatlar tartibi tez buziladi. (ayniqsa og’irlashtirib, vazminlikni orttirib, malol kelishi tezlashadigan mashqlarda), dastlabki xolatda muskul tarangligi bir xil (statik xolat) ushlanadigan mashqlarda, mashqning tashkillanishi qiyinligi (maxsus jixozning kerakligi, metal jixozning shovqini va boshqalar) ko’zga tashlanadi.(19, 35.)
YUqori malakali sportchilar tayyorlashga qaratilgan ko’p yillik mashg’ulot jarayonini boshqarish samaradorligi to’g’ridan to’g’ri pedagogik nazorat, tayyorgarlik darajasini maqsadga muvofiq testlar yordamida baxolash masalalari bilan bog’liqdir. Ushbu jarayonni sifatli va samarali tashkil qilish pedagogik nazoratni uslubiy va texnologik jixatlardan to’g’ri, muayyan sport turi xususiyatiga mos keluvchi testlarni tanlash ulardan to’g’ri foydalanish, olingan natijalarni aniq xisoblash va ob’ektiv baxolashga asoslanadi.
Tayyorgarlik jarayonini boshqarish uch pog’onadan iborat bo’ladi.

  • boshqarish ob’ekti va ob’ekt faoliyat ko’rsatadigan muxit xaqida axborot to’plash;

  • yig’ilgan axborotlarni taxlil qilish;

  • qaror qabul qilish va rejalashtirish.

Bu pog’onalar tugallangan siklni xosil qiladi. Boshqarishning maqsadli dasturi to’liq amalga oshirulgunga qadar qayta takrorlanaveradi. (17, 49.)
Mashg’ulot jarayonini samarali boshqarish uchun sportchini yaxshiroq baxolaydigan nazorat testlarini tanlash bajariladigan mashg’ulot vazifalari va mashqlanganlik xolatini o’zgarishi o’rtasidagi bog’liqtikni aniqlash zarur.
Xozirgi paytgacha sportchilar tayyorgarligini turli tomonlarini baxolash uchun ko’pgina testlar ishlab chiqilgan. Ayniqsa ularning ko’pchiligi xarakat sifatlari xamda texnik maxoratini nazorat qilish uchun mo’ljallangan.( V.M. Zatsiorskiy, M.A. Godik.)
M.A. Godik va mualliflarning fikricha testlash muvoffaqiyati kamida ikkita vazifaning xal etilishiga bog’liq. Jismoniy tayyorgarlik darajasini baxolash uchun qanday va qancha testlar tanlab olinishi kerak.
Ular testlash o’tkazilayotgan sharoitlarni juda muxum deb xisoblaydi.(17, 23.)
Trenerlar amaliy ishida quydagi turdagi xolatlarni xisobga olish lozim, ya’ni turg’un joriy va tezkor. Turg’un xolat nisbatan uzoq vaqt orasida bir necha oygacha saqlanadi. Masalan ko’pgina trenirovka mashg’ulotlari jarayonida xosil qilinadigan sport formasini shunday xolatga kiradi. Turg’un xolatni ifodalovchi ko’rsatgichlar mashg’ulot jarayoni istiqbolini rejalashtirish uchun asos bo’lib xizmat qilishi mumkin.
Joriy xolat–trenirovka mashg’ulotlari seriyalarini bajargan sportchining xolatidir. Bu vaqtda yuzaga keladigan. O’zgarishlarning chuqurligi xamda xususiyati joriy xolatni ifodalaydi va keyingi trenirovka mashg’ulotiga nagruskali rejalashtirish uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
Tezkor xolat shunday xolatki, bunday xolatga sportchining organizmi mashqlarning bitta seriyasini bajargandan so’ng tushadi. Bu bitta mashq yoki bitta trenirovka mashg’uloti davomida sodir bo’ladigan organizmdagi o’zgarishlardir. Uchta turdagi xolatni baxolash uchun amaliyotda uchta turdagi nazoratni: bosqichli, joriy va tezkor nazoratni qo’llash. Bosqichli nazorat testlar yordamida amalga oshiriladi. Test – bu insonni aqliy rivojlanishi, iroda sifatlari xarakat qobilyatlari va boshqa tomonlarini aniqlash uchun qo’llaniladigan standart shakldagi (so’z orqali ifodalangan rasmlar yoki qandaydir, jismoniy mashqlar ko’rinishdagi) vazifadir. Lekin xamma nazorat mashqi xam test bo’lavermaydi. har qanday nazorat mashqi kamida ikkita talabga javob berishi lozim: birinchidan u ishonchli bo’lishi kerak. Ishonchlilik test natijalarining qayta takrorlanish darajasi bilan aniqlanadi, yani voleybolchining me’yorlar bo’yicha natijalari takroriy o’lchashlarda bir xil chiqishi lozim shunda testni ishonchli deb xisoblash mumkin. Ikkinchidan testning eng muxim xususiyati – bu axborotlilikdir. Bu degani shuni xar bir muayyan test aynan biz baxolashni xoxlayotgan sifatni baxolashi lozim. Masalan agar biz voleybolchining tezkorligini baxolash uchun qandaydir testdan foydalansak, shunga ishonch xosil qilishimiz kerak, test orqali kuch yoki chidamlilik emas balki tezkorlik baxolanmoqda.(17, 30.)
Kuchni rivojlantirishda tipik vositalari:
7–9 yoshda jismlar bilan umumiy rivojlantiruvchi mashqlar, qiyshiq o’rnatilgan gimnastika skamekalariga tirmashib chiqish, gimnastika devoridagi mashqlar, sakrashlar, uloqtirishlardir.
10–11 yoshdagilar uchun – katta muskul tarangligi talab qilinadigan jismlarni ko’tarish bilan umumiy rivojlantiruvchi mashqlar (to’ldirma to’plar, gimnastika tayoqlari va xakazo) da 3 usul bilan vertikal arqonga tirmashib, yengil jismlarni uloqtirish va boshqalar:
15-16 yoshda – to’ldirma to’plar, katta og’irlikka ega bo’lmagan gantellar, kanap (arg’amchi) tortishdek kuch talab qiladigan mashqlar, tortilishlar, qo’lda tik turish va boshqalar. To’g’ri o’smirlarda og’irlashtirish maksimal vaznga nisbatan 60-70 % tashkillashi lozim, bundan tashqari, mashqlarni muskul to’la bajara olmay qolgungacha bajarishi bu yoshdagilarda qat’iyan ta’qiqlanadi.
qizlardan 13-14 yoshdan boshlab talab qilanidigan naguriska bolalar uchun talab qilinadigan nagruskaga nisbatan o’z tanasining maksimal vazni atrofida bo’lish, ko’proq lokal xolda muskul guruxlariga kuch mashqlari, tashqi og’irlashtiruvchi sifatida gimnastika predmetlari yoki og’ir bo’lmagan jixozlardan foydalanish tavsiya etiladi.(16, 57.)

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin